Ozbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Download 1,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/234
Sana04.08.2021
Hajmi1,59 Mb.
#137703
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   234
Bog'liq
boshlangich talim oquv fanlarining nazariyasi va oqitish metodikasi boyicha maruza matnlari va amaliy mashgulotlar majmuasi (1)

I-bosqich.     Tashkiliy qism – 2 daqiqa.  
a) Salomlashish. b) Davomatni tekshirish. v) Darsni belgilangan talablar asosida tashkil etish. 
II-bosqich.   Yangi mavzuga doir tinglovchilar bilimini aniqlash – 5 daqiqa. 
Yangi  mavzu bo‘yicha tinglovchilar bilimini  aniqlash  maqsadida ularga      BBB  texnologiyasi 
taklif  etiladi.  Tinglovchilar  kichik  guruhlarda  quyidagi  jadvalning  “Bilaman”  va 
“Bilmoqchiman” qismini  to‘ldiradilar.  
 
Bilaman 
Bilmoqchiman 
Bilib oldim 
 
 
 
 So‘ng ishlarini taqdim etgan holda sinf doskasiga iladilar. 
III-bosqich.   Mavzuga doir suhbat rejasi va matni (1-ilova)–40daqiqa.  


 
 
 
45 
Ma’ruzachi tinglovchilarning fikrlarini hisobga olgan holda tinglovchilarga nazariy ma’lumot 
beradi. 

 
Test haqida ma’lumot.  

  Testlarni tayyorlash va ularni o‘tkazishga qo‘yilgan asosiy talablar. 

 
Test tuzish jarayonida nimalarga e’tibor berish lozim. 

 
Test haqida ba’zi mulohazalar 
     IV-bosqich
 Siniq chiziq (Nozik arra yoki   6x6x6) 20 daqiqa. 
 Tinglovchilar  yangi  mavzuni  o‘zlashtirishlari  uchun  ma’ruzachi  6x6x6  texnologiyasidan 
foydalanadi. Bunda tinglovchilar yangi mavzuni guruhlarda o‘zlashtiradilar, ma’ruzachi savol-
javob orqali tinglovchilar egallagan bilimlarini aniqlaydi. 
    V-bosqich.  Guruhlarda test va ijodiy topshiriq namunalarini tayyorlash va ular taqdimotini 
o‘tkazish–30 daqiqa. (2-ilova) 
Tinglovchilar 5-6 kishilik kichik guruhlarga bo‘linib, nazariy ma’lumotlarga asoslanib, test va 
ijodiy  topshiriq  namunalarini  tayyorlaydilar  (1-4  sinf  mavzulari  misolida,  kamida  16  ta  test, 
1ta ijodiy topshiriq namunasi).  
Belgilangan vaqtdan so‘ng bajarilgan ish yuzasidan guruhlar taqdimot o‘tkazadilar.   

  Guruhlar  o‘z  ishlari  taqdimotini  o‘tkazadilar.  Ma’ruzachi  kerak  joyda  guruhlarning 
ishini to‘ldirishi va tuzatishlar kiritishi mumkin. 

  Kichik  guruhlar  BBB  texnologiyasi  asosida  bajargan  dastlabki  ishlaridagi  3  ustunni, 
ya’ni “Bilib oldim” ustunini to‘ldiradilar.  
Ma’ruzachi fikrlarni umumlashtiradi. 
  VI-bosqich. Darsga yakun yasash – 3 daqiqa. 
O‘qituvchi  va  tinglovchilar  hamkorligidagi  xulosa:  test  uslubining  afzallik  tomonlaridan 
biri  shundaki,  o‘quvchi  o‘z  bilimini  va  dunyoqarashini  to‘laroq  namoyon  qiladi,  o‘quvchilar 
bilimini  baholashda  shubhaga  o‘rin  qoldirmaydi  va  tez  fikrlaydigan  iqtidorli  o‘quvchilarni 
saralab  olishni  ancha  osonlashtiradi.  Maktab  boshlang‘ich  sinf  o‘qituvchilari  oldida  turgan 
navbatdagi vazifa  ona  tili,  o‘qish, matematika, atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik  fanlaridan 
test  uslubi  asosida  savollar  tuzishni  puxta  o‘zlashtirish  va  o‘quvchilarda  ham  test  uslubi 
bo‘yicha tuzilgan savollarga qisqa vaqtda o‘ylagan va fikrlagan holda javob berishga o‘rgatish 
bilan birga, yengil mavzular bo‘yicha test savollari va ularga javoblar tayyorlash borasida ham 
ilk  bor  ko‘nikmalar  hosil  qilishdan  iborat  bo‘ladi.  Boshlang‘ich  ta’lim  o‘quv  fanlaridan  test 
savol-javoblarini  tuzish  –  o‘quvchilar  ma’naviyatini  shakllantirish,  mustaqil  fikrlashga 
o‘rgatish,  boshlang‘ich  ta’lim  sohasida  bo‘layotgan  yangiliklarga  ongli  yondoshish, 
mamlakatimizda  boshlang‘ich  ta’limning  rivojlanishiga  hissa  qo‘shayotgan  o‘zbek 
olimlarining  ijodiy  faoliyatlari  bilan  tanishtirish,  o‘zligini  anglash,  Vatanga  mehr-muhabbatli 
bo‘lishga  tayyorlashdan  iboratdir.  Ijodiy  topshiriqlar  esa,  o‘quvchilarning  fanlarga 
qiziqishlarini  orttirishga,  mavzu  doirasida  chuqurroq  fikr  yuritishga,  mantiqiy  mushohada 
etishga o‘rgatadi.  
Uyga  vazifa: boshlang‘ich  sinf  darslari  uchun nazorat  test topshiriqlari  , ijodiy  topshiriqlarni 
tayyorlash, keyingi o‘tiladigan dars mavzusiga tayyorlanish. Mavzuga   doir adabiyotlar bilan 
tanishish.  

Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish