134
2002 yil 30 may – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada
rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi
PF-3080–sonli Farmoni
2002 yil 6 iyun – Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada
rivojlantirish va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 200–sonli
qarori
2003 yil 11 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Axborotlashtirish
to‘g‘risida”gi qonuni
2006 yil 3 avgust – O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining “2006-2007 o‘quv
yilini “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda
pedagog kadrlar
salohiyatini oshirish o‘quv yili” deb nomlash to‘g‘risida”gi 6/5-HB–sonli buyrug‘i
Axborotlashgan jamiyatda na faqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi ham
o‘zgaradi. Bu jamiyatni sanoat jamiyatdan farqi shunday bo‘ladi, axborotlashgan jamiyatda
intellekt, bilimlar ishlab chiqiladi va iste’mol etiladi. Shuning uchun bu jamiyatda aqliy
mexnat darajasi ko‘payadi. Insondan ijodiyotga qobiliyat talab etiladi, bilimlarga ehtiyoj
oshadi.
Axborotlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizini kompyuter texnikasi va
kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli
xil tizimlar tashkil etadi.
Informatikaning inson faoliyatining mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqishi birinchi
navbatda kompьyuter texnikasining rivojlanishi bilan bog‘liq.Bunda asosiy xizmat
mikroprotsessor texnikasiga uning paydo bo‘lishi 70-yillar o‘rtalarida ikkinchi elektron
inqilobini boshlab berdi.Shu davrdan boshlab hisoblash mashinalarining element negizini
integral chizma va mikroprotsessorlar tashkil etdi. Informatika atamasi na faqat kompyuter
texnikasi yutuqlarini aks ettirish va foydalanish, balki axborotni uzatish va qayta ishlash
jarayonlari bilan ham bo‘linadi.
Informatika axborotni qayta ishlash, ularni qo‘llash va ijtimoiy amaliyotning turli
sohalariga
ta’sirini
EHM
tizimlariga
asoslangan
holda
ishlab
chiqish,
loyi’alash,yaratish,baholash,ishlashning
turli
jihatlarini
o‘rganuvchi
kompleksi
lmiyvamuxandislikfanisohasidir.
Informatika keng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida, asosan,
kompyuterlar va telekommunikatsiya aloqa vositalari yordamida axborotni qayta ishlashi bilan
bog‘liq fan, texnika va ishlab chiqarishning xilma-xil tarmoqlari birligini o‘zida namoyon
etadi.
Informatikani tor ma’noda o‘zaro aloqador uch qism – texnik vositalar (hardware),
dasturiy vositalar (software) va algoritmli vositalar (brainware) sifatida tasavvur etish
mumkin. O‘z navbatida informatikani, umuman, hamma qismlari bo‘yicha turli jihatlardan:
xalq xo‘jaligi tarmog‘i, fundamental fan, amaliy fan sohasi sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: