Bozor iqtisodiyoti tizimi. Bu bozordagi talabni qondirishga qaratilgan,
bozor orqali hamkorlikni taqozo etuvchi erkin va demokratik tizim. U xususiy
mulkchilik, bozor uchun ishlash, cheklanmagan iqtisodiy tanlov, naf ko’rish va
raqobat
kabi
tamoyillarga
asoslanadi. Bozor tizimida daromad topish
chegaralanmaydi, boy bo’lish ta’qiqlanmaydi, o’ziga to’q, farovon yashovchi
odamlarning moddiy tengsizligi mavjud bo’ladi. Bozor tizimi asosida tovar ishlab
chiqarish, pul yotadi. Bozor tizimi dunyoning barcha mamlakatlarida bor, lekin
uning rivojlanish darajasi bir xil emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |