SHaxsiy-insoniy omil – bu mehnat qilish qobiliyatidan iborat bo’lmish ishchi
kuchi va uning faoliyat qilishidir. SHaxsiy insoniy omil mehnatga layoqatli aholi,
uning jismoniy va aqliy qobiliyati, bilim va saviyasi, malaka va mahoratidir. 2011
yilda O’zbekistonda mazkur mehnatga layoqatli aholi soni 17,2 mln kishini tashkil
kiladi.
Moddiy ashyoviy omil - bu ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan barcha moddiy
shakldagi vositalardir. Uning tarkibiga tabiiy boyliklar, ulardan olingan xom
ashyolar, mashina-mexanizm, asbob-uskuna, qurilmagan inshootlar kiradi. Ular
ishlab chiqarish vositalari, (fondlari) deb ham yuritiladi. Ular ma’lum narxda
hisoblanib, pulga chaqilgan shakli, ya’ni qiymat-pul shakli MDH mamlakatlarida
Do'stlaringiz bilan baham: |