O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Kapital  qo’yilmalarning  tarmoq  tarkibi



Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/386
Sana29.12.2021
Hajmi3,8 Mb.
#137437
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   386
Bog'liq
milliy va jahon iqtisodiyoti

Kapital  qo’yilmalarning  tarmoq  tarkibi  iqtisodiyotning  tarmoqlari  va  sohalarida 
foydalanilayotgan  kapital  investitsiyalar  salmog’ini  va  hajmini  ifodalaydi.   
Tarmoq  tarkibi,  eng  avvalo,  mablag’larni  ishlab  chiqarish  va  noishlab  chiqarish  ob’ktlari 
bo’yicha  taqsimlanishini,  undan  so’ng  tarmoq  sohalari,  ya’ni  sanoat,  qishloq  xo’jaligi,  transport 
va  aloqa,  uy-joy  va  hokazolar  bo’yicha  tao’simlanishini  konkretlashtiradi.  Investitsiyalarni 
tarmoqlararo  tarkibi  ma’lum  davrda  hal  qilinadigan  vazifalarni  xarakteridan  va  ularning 
ustuvorligidan  kelib  chiqqan  holda  aniqlanadi.   
Iqtisodiyot  tarmoqlarini  isloh  qilishning  boshlanish  davrida  investitsiya  mablag’lari  ishlab 
chiqarish  sohalariga  ko’proq ajratilgan. 
Keyingi  yillarda  kapital  mablag’larning  tarmoqlari  bo’yicha  taqsimlanishida  noishlab 
chiqarish  sohalariga,  xususan,  uy-joy,  kommunal  tarmoqlariga,  ta’lim  va  sog’liqni  saqlash 
sohalariga  ham  e’tibor  kuchayib  borayapti.  2012  yilda  iqtisodiyotimizga  11  mlrd.  700  mln.dollar 
miqdorida  ichki  va xorijiy  investitsiyalar  jalb  etildi  yoki  2011 yilga  nisbatan  14%ga  o’sdi. 
CHet  el  investitsiyalari  ko’paydi.  Masalan,  2012  yilda  ularning  salmog’i  2  mlrd.  500 
mln.dollarni  tashkil  qilib,  kapital  qo’yilmalarning  tarkibida  22%  dan  ko’prog’ini  tashkil  qildi.  Bu 
o’z  navbatida  ishlab  chiqarish  ob’ektlarini  rekonstruktsiya  qilishni  va  texnik  jihatdan  qayta 
qurollantirishni  kengaytirish  uchun  qulay  imkoniyat  yaratildi.  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturiga 
asosan  akademik  litsey,  professional  kollejlar  qurish  uchun  markazlashtirilgan  investitsiyalarning 
salmog’i  sezilarli  darajada ko’paydi. 
Kapital  qurilmalarning  hududiy  tarkibi  kapital  qo’yilmalarning  tumanlar,  viloyatlar  va 
iqtisodiy  regionlar  bo’yicha  taqsimlanishini  bildiradi.  Bu  masalani  hal  qilishda  iqtisodiyot 
hududiy  tarkibini  takomillashtirish  vazifalari  asosida  hal  qilinadi. 
Ishlab  chiqarish  va  noishlab  chiqarish  fondlarini  ishga  tushirish  hisob-kitoblari  kapital 
qo’yilmalarning  taqsimlanishi  bilan  chambarchas  bog’liq  bo’lishi  ksrak.  Kapital  qo’yilmalarga 
bo’lgan  talab  zarur  bo’lgan  ishlab  chiqarish  quvvatlari,  asosiy  fondlarni  ishga  tushirish  asosida 
aniqlanadi. 
Talab  ishlab  chiqarish  va  noishlab  chiqarish  sarflari  bo’yicha  alohida  aniqlanadi.  Ishlab 
chiqarish  sohasida  kapital  qo’yilmalarga  bo’lgan  talab  alohida.  Bir  xil  mahsulot  ishlab 
chiqaradigan  tarmoqlarda  va nomenklaturasi  keng  bo’lgan  tarmoqlardl  hisoblanadi. 
Bir  xil  mahsulot  ishlab  chiqaradigan  tarmoqlarda  kapital  qo’yilmalar  hajmi  quyidagi 
formula  bilan  aniqlanadi: 
K=K
ud
 ∆K, 


 
84 
bu yerda:         K- kapital  qo’yilmalar; 
K
ud
-  kapital  qo’yilmalarning  salmog’i  (ya’ni  bir  birlik  quvvatni  o’sishini  ta’minlovchi 
kapital  qo’yilmalar); 
∆K-  Yangi  qurilish  va  kengaytirish  hisobiga  quvvatlarning  o’sishi,  ya’ni  quvvatlarga 
bo’lgan  qo’shimcha  ehtiyoj. 
 
Kapital  qo’yilmalar  hajmiga  bo’lgan  umumiy  talab  harakatdagi  quvvatlarni  ishga 
tushirishga,  texnik  jihatdan  qayta  qurollanishiga,  yangi  ishlab  turgan  korxonalarni  kengaytirish, 
prognozlashtirish  davrda  kiritilgan  hamda  avval  ishga  tushirilgan  obьektlar  ishlarini  tamomlash 
va  prognozlashtirish  yilinish  oxirida  qurilish  zadelini  tashkil  etish  uchun  kapital  qo’yilmalarni 
summasi  sifatida  aniqlanadi. 
Noishlab  chiqarish  sohasidagi  tarmoqlarda  kapital  qo’yilmalarga  bo’lgan  talab  shu  soha 
korxonalari  sonini  kengaytirish  va  kapital  qo’yilmalar  salmog’iga  bo’lgan  talab  asosida 
aniqlanadi.  Masalan,  savdoda  savdo  maydonining  o’sishi  va  kapital  qo’yilmalar  salmog’i 
asosida,  tabobatda  kasalxonalardagi  o’rinlar  sonining  o’sishi  va  kapital  qo’yilmalar  salmog’i 
asosida  va hokazo. 
Kapital 
qo’yilmalarning  asosiy  manbai  milliy  daromadning  jamg’arma  fondi 

Download 3,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   386




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish