81
resurslaridan
beton
uchun
sun’iy
yengil
to’ldiruvchilar (keramzit, alikopol, agloporit),
issiqlik
izolyatsiyasi
materiallari
ishlab
chiqarish
yo’lga qo’yilgan. Qurilishda polimer
materiallar,
plastmassa
mahsulotlari,
linoleum,
polietilen
quvurlar,
sintetik
smolalar
asosidagi lak va buyoqlar tobora ko’proq qo’llanilmoqda.
Qurilish industriyasida yig’ma temir-beton konstruktsiyalari va detallaridan ko’proq
foydalanilmoqda. Bino va inshootlarning yirik qismlarini, uy poydevorlari, devor panellari,
zinapoyalar va boshqalarni zavod usulida tayyorlaydigan yangi tarmoqlar paydo bo’ldi.
Binolarning
zilzilabardoshligi
ta’minlangan.
Qishloq
joylarida
loyihalash-qurilish
tamoyillari
o’zgardi. Imoratlarni tiklashda yengil konstruktsiyalar ko’proq qo’llanilmoqda, xo’jaliklar
qo’rg’onlarini qurishda uy-joylar bilan bir paytda madaniy-maishiy muassasalar, ishlab
chiqarish binolari kompleks foydalanishga topshirilayapti.
O’zbekistonda qudratli iqtisodiy salohiyatni barpo etishdagi muvaffaqiyatlar bevosita
qurilish bilan bog’liq.
Respublika mustaqillikka erishganidan keyin kapital qurilishi yangi dastur asosida
davom ettirildi. Respublika iqtisodiyoti uchun muhim bo’lgan avtomobilь, oltin qazib olish,
neftь va boshqa sanoat tarmoqlarida yangi korxonalarni qurish boshlandi. Barcha viloyatlarda
sanoat korxonalari, uy-joylar, madaniy-maishiy binolar, bozor va savdo rastalari, hammom,
choyxona, kasalxona, mahalla markazlari, masjidlar qurildi, o’nlab me’moriy komplekslar,
tarixiy
yodgorliklar,
madrasalar,
masjidlar
ta’mirlandi.
Toshkentda
«Turkiston» saroyi,
«Milliy bank» binosi, «Navro’z» restorani, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek haykallari va
xiyobonlari, Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog’, Andijonda Bobur bog’i va muzeyi,
Farg’onada «Ramziy darvoza» barpo etildi, Samarqand viloyatining Urgut shahrida keng
ko’lamda qurilish ishlari olib borildi; Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Toshkent traktor
zavodi, Parkent «Quyosh» majmuasi (Toshkent viloyati), Toshkent «Zenit» zavodi, Angren
rezina-texnika
buyumlari
zavodi,
respublika
banklari
asotsiatsiyasining
binosi,
Asaka
avtomobilь zavodi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Uchqo’rg’on - Namangan suv
quvuri, G’azalkent oyna zavodi va boshqa ko’pgina ob’ektlar qurildi.
Qurilish sohasida
xalqaro hamkorlik yaxshi samara bermoqda. Xorijiy firmalar
bilan
hamkorlikda
Toshkent,
Samarqand,
Buxoro
shaharlarida
xalqaro
klassdagi
mehmonxonalar qurilishi, xususan SHeraton mexmonxonasi hamda, Rossiya, Do’stlik va
boshqa mehmonxonalarni qayta ta’mirlash ishlari olib borildi. Respublika tarixida birinchi
marta kapital qurilishi sohasida chet el investitsiyalari jalb etildi.
Respublika
Prezidentining
1996
yil
31 yanvardagi ―Toshkent shahridagi uy-joy
qurilishini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish to’g’risida‖ Farmoniga ko’ra
aholining turar joy sharoitlarini yaxshilash maqsadlarda Toshkent davlat-aktsiyadorlik uy-joy
jamg’arma banki (―Toshkent uyjoyjamg’arma-bank‖) tashkil etildi.
Bu bank Toshkent shahrida aholini uy-joy bilan ta’minlashda juda katta rolь o’ynadi.
SHuni e’tiborga olib bu tashkilotni
respublika ahamiyatiga molik bank deb tan olindi va
barcha viloyatlarda shunday viloyat banklari tashkil qilindi.
Qurilish majmui strategik ahamiyatga ega bo’lib quyidagi juda muhim
sotsial-iqtisodiy
Do'stlaringiz bilan baham: