O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


energetika  salohiyatini



Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/386
Sana29.12.2021
Hajmi3,8 Mb.
#137437
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   386
Bog'liq
milliy va jahon iqtisodiyoti

energetika 
salohiyatini 
yanada 
rivojlantirish, 
resurslarni 
tejaydigan 
texnologiyalarni  joriy  etish,  iste’molchilarni  energiya  bilan  ishonchli  va  sifatli  ta’minlash, 
energiya  quvvatlaridan  foydalanish  samaradorligini  oshirishga  qaratilgan  o’nlab  investitsiya 
loyihalari  amalga  oshiriladi.  Ushbu  chora-tadbirlarning  amalga  oshirilishi  natijasida  2015  yilga 
borib  sanoatda sarflanadigan  energiya  ulushini  kamida   30 foiz   kamaytirish  mo’ljallanmoqda. 
  Kimyo  mahsulotlari  ishlab  chiqarishda  raqobat  qila  olish  ustunliklariga,  jumladan,  tabiiy 
resurslarning  ulkan  salohiyatiga,  qudratli  ishlab  chiqarish  va  texnik  baza  hamda  yuqori  malakali 
kadrlarga  ega  bo’lgan  kimyo  sanoati  investitsiyalar  va  yangi  loyihalarni  amalga  oshirish  uchun 
jalb  etuvchan  yo’nalish  hisoblanadi.    Bu    sohada    2011  –  2015    yillarda    kimyo    ishlab 
chiqarishini  jadal  rivojlantirish,  materiallar  va  tayyor  mahsulotlarning  printsipial  yangi  turlarini 
ishlab  chiqarishni  o’zlashtirishga  qaratilgan  30  dan  ortiq  investitsiya  loyihasi  amalga  oshiriladi 
va kimyo  mahsulotlarini  ishlab  chiqarish  hajmi  1,6 barobar oshiriladi. 
  2011  –  2015  yillarda  mashinasozlik  sohasida  ye ngil  avtomobillar    ishlab    chiqarishni  
1,2  barobar,  zamonaviy    avtobuslar  ishlab  chiqarishni  1,3  barobar,  sovutgich  va  muzlatgichlar 
ishlab  chiqarishni   4  barobar  hamda   televizorlar   ishlab   chiqarishni 
5,1    barobar    oshirishga    qaratilgan    80    dan    ortiq    investitsiya  loyihasini  amalga  oshirish 
ko’zda tutilmoqda. 
  Xususan,  2011  yilda  «Jeneral  Motors»  kompaniyasi  bilan  hamkorlikda  avtomobillarning 
kuchlanish  agregatlarini  ishlab  chiqaradigan  korxonaning  foydalanishga  topshirilishi  nafaqat 
ichki  ehtiyojlarni  to’liq  ta’minlash  yoki  mahalliy  avtomobillarni  mahalliylashtirish  darajasini 
oshirish,  balki  avtomobilь  dvigatellarini  tashqi  bozorlarga  eksport  qilish  imkonini  ham  yaratadi. 
Samarqand  viloyatida  katta  hajmda  yuk  tashiydigan  «MAN»  rusumidagi  avtotransport 
vositalarini  ishlab  chiqaradigan  va  ularga  xizmat  ko’rsatadigan  majmuaning  tashkil  etilishi  ham 
yuk  avtomobillariga  butlovchi  qismlar  ishlab  chiqarish  bo’yicha  kooperatsiya  aloqalarining 
rivojlanishi  uchun  asos bo’ladi. 
Vertikal  integratsiyalashgan  yangi  zamonaviy  to’qimachilik  majmualarining  qurilishi  paxta 
tolasini  yurtimizda  qayta  ishlash  hajmining  2  barobardan  ziyod  oshishini  ta’minlaydi.  Bu,  o’z 
navbatida,  2011 –  2015  yillarda  kalava  ishlab  chiqarishni  2,6  barobar,  tayyor  trikotaj  va  tikuvchilik 
buyumlari  tayyorlashni  3,2  va  2,6  barobar  hamda  to’qimachilik  sanoati  mahsulotlari  eksportini  1,7 
barobar oshirish  imkonini  beradi. 
  Dasturning  ustuvor  yo’nalishlaridan  biri  farmatsevtika  sanoatini    rivojlantirishdir.  
Ushbu    yo’nalishda    farmatsevtika  korxonalarini  tashkil  etish  va  modernizatsiya  qilish  orqali 
150  dan  ortiq  zamonaviy  dori  preparatlarining  yangi  turlarini  o’zlashtirish,  shu  orqali  dori-
darmonlar  iste’moli  tarkibida  yurtimizda  ishlab  chiqarilgan  dori-darmonlar  ulushini  3  barobardan 
ziyod  oshirish  nazarda  tutilgan. 
  Kelgusida  «Navoiy»  erkin  industrial-iqtisodiy  zonasi  salohiyatidan  to’liq  foydalanishga 
katta  e’tibor  qaratilmoqda.  Mazkur  zonada  yetakchi  xorijiy  korxonalar  bilan  hamkorlikda 
avtomobilь  sanoati  uchun  butlovchi  qismlar,  eng  yangi  isitish  moslamalari,  kimyo  va  neftь-
kimyo  mahsulotlari,  maishiy  elektronika    va    aloqa    vositalari    ishlab    chiqarish    bo’yicha    o’nlab 
yuqori  texnologiyaga  asoslangan  yangi  zamonaviy  ishlab  chiqarish  quvvatlarini  tashkil  etish 
ko’zda tutilmoqda. 


 
69 
  Mamlakatimizdagi  xomashyo  va  tabiiy  resurslarni  chuqur  qayta  ishlash  asosida  yuqori 
qo’shilgan  qiymatga  ega  bo’lgan  sanoat  mahsulotlarini  ishlab  chiqarish  bo’yicha  loyihalarni  jadal 
amalga  oshirish  sanoat  tarkibida  qayta  ishlash  tarmoqlarining  ulushini  oshirib,  2010  yildagi  41 
foizdan  2015 yilda  49 foizga  yetkazish  imkonini  beradi. 
  Dasturni  amalga  oshirish  2011  –  2015  yillarda  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarish 
hajmi  ortib,  yalpi  ichki  mahsulotda  sanoatning  ulushi  2010  yildagi  24  foizdan  2015  yilda  28 
foizga  yetkazilishi,  shuningdek,  yurtimizda  ishlab  chiqarilgan  mah-  sulotlar  eksportining  oshishini 
ta’minlaydi.  Bunda  umumiy  eksport hajmida  sanoat mahsulotlarining  ulushi  1,4 barobar ortadi. 

Download 3,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   386




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish