O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/386
Sana29.12.2021
Hajmi3,8 Mb.
#137437
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   386
Bog'liq
milliy va jahon iqtisodiyoti

   
 
 


 
66 
11-jadval 
Sanoat tarmoqlari  ishlab  chiqarish  sur’atining  o’sishi 
(foiz  hisobida)   
Ko’rsatkichlar
 
2011 yil
 
(2010 yilga nisbatan % 
hisobida)
 
Sanoat – jami
 
106,3
 
Elektro-energetika
 
101,0 
Yoqilg’i sanoati
 
100,3 
Qora  me tallurgiya
 
106,3 
Rangli metallurgiya
 
102,4 
Kimyo va neftь-kimyo sanoati
 
107,9 
Mashinasozlik  va  me tallni  qayta ishlash sanoati
 
112,2 
O’rmon,   yog’ochni   qayta   ishlash   va tsellyuloza-
qog’oz sanoati
 
107,1 
Qurilish materiallari sanoati
 
111,9 
Engil sanoat
 
104,7 
Oziq-ovqat sanoati
 
113,1 
Boshqa sohalar
 
111,0 
 
Manba:  O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  statistika qo’mitasi.  Toshkent  O’zbekiston  2011 yil. 
     
  Sanoatning  o’sish  sur’atlari  va  tarmoq  tarkibi.  Sobiq  sovet  xo’jalik  yuritish 
tizimining    barham  topish  davridagi    bir    oz  pasayishdan    so’ng    yurtimizda    1996    yildan 
boshlab  sanoat  ishlab  chiqarishi  hajmi  izchil  o’sib  bormoqda.  2012  yilda  snaot  ishlab  chiqarish 
hajmi  7,7% ga  o’sdi. 
  Mustaqillik 
yillarida 
yurtimizda 
avtomobilsozlik, 
neft-gaz  kimyo  sanoati,  neft-gaz 
mashinasozligi, 
zamonaviy  qurilish  materiallari  sanoati,  temir  yo’l  mashinasozligi,  maishiy 
elektrotexnika,    farmatsevtika, 
zamonaviy  oziq-ovqat  sanoati  va  yengil  sanoatning  ayrim 
sohalari  kabi bir qator  mutlaqo  yangi sanoat tarmoqlari  yaratildi. 
  Mamlakatimiz  iqtisodiyotida  avtomobilsozlik  sanoati  alohida  o’rin  egallamoqda.  Bu 
tarmoq  Asaka  shahrida  AQSHning  «Jeneral  Motors»  kompaniyasi      bilan  hamkorlikda  y e ngil 
avtomobillar 
ishlab 
chiqaradigan, 
Toshkent 
shahrida 
Germaniyaning 
dunyoga 
mashhur 
«Daymler  Bents»  va  Samarqand  shahrida  Yaponiyaning  «Isuzu»  kompaniyalari  bilan 
hamkorlikda  avtobuslar  ishlab  chiqaradigan    hamda  Samarqand    shahrida  Germaniyaning 
«MAN»  kompaniyasi  bilan  tashkil  etilgan  yuk  avtomobillari    ishlab    chiqaradigan    yangi   
zavodlarni    o’z  ichiga  oladi.  Ana  shunday  o’zgarishlar  natijasida  mashinasozlik  va  metallni 
qayta  ishlash  sanoatida  mahsulot  ishlab  chiqarish  hajmi  1990 – 2010 yillarda  11,6 barobar  o’sdi. 
  Faqat  oxirgi  10  yilning  o’zida  yengil  avtomobillar  ishlab  chiqarish  7,1  barobar, 
avtobuslar  – 2,6 barobar  va yuk  avtomobillari  tayyorlash    – 12,9 barobar oshdi. 
Neftь    qazib    chiqarish    va    neftni    qayta    ishlash    sanoatining  yaratilishi 
mamlakatimizning    energetik  xavfsizligini  ta’minladi.  Neftь  va  gaz  kondensati  qazib  olish  1990 
yilga  nisbatan  1,4  barobar  o’sdi.  Tabiiy  gaz  ishlab  chiqarish  sur’ati  1990  –  2010  yillar 
davomida  1,6  barobar,  suyultirilgan  gaz  ishlab  chiqarish  hajmi    esa  15,2  barobar  ko’paydi. 
Muborak  gazni  qayta  ishlash  zavodini  birinchi  navbati  ishga  tushirildi.  SHo’rtanneftgaz 
korxonasida  suyultirilgan  gaz  ishlab  chiqardigan  qurilma  o’rnatildi  va h.k. 
  Energetika  mustaqilligini  ta’minlash  hamda  neftь  va  gazni  qayta  ishlash  tarmoqlarini 
rivojlantirish  dasturi  doirasida,  istiqlol  yillarida  eng  zamonaviy  texnologiyalarga  ega  bo’lgan 
chet  el  kompaniyalari  bilan  hamkorlikda  Buxoro  neftni  qayta  ishlash  zavodi  («Teknip», 
Frantsiya)  va  SHo’rtan  gazkimyo  majmuasi  («ABB»)  barpo  etildi,  Farg’ona  neftni  qayta  ishlash 


 
67 
zavodi  to’liq  rekonstruktsiya    qilindi.    Gaz-kimyo    tarmog’ining  tashkil  etilishi  tabiiy  gazni 
qayta  ishlashni  chuqurlashtirish  va  turdosh  tarmoqlarda    yangi  ishlab  chiqarish  quvvatlarini 
rivojlantirish  imkonini  yaratdi. 
Qo’ng’irot    soda      zavodida    2006  yildan    boshlab    kalьtsiyli  soda,  Samarqand  kimyo 
zavodida  nitrokalьtsiyfosfat  o’g’iti  ishlab  chiqarish  yo’lga  qo’yildi,  2010  yilda  mintaqamizda 
yagona  bo’lgan  Dehqonobod  kaliyli  o’g’itlar  zavodi  ishga  tushirildi.  Uning  2  navbatining 
qurish  ishlari  boshlab  yuborildi. 
  Yog’ochni  qayta  ishlash  va  tsellyuloza-qog’oz  sanoatida  ishlab  chiqarish  hajmi  13,4 
barobar,  oziq-ovqat  sanoatida  – 5,7 barobar,  yengil  sanoatda  – 3,8 barobar  o’sdi. 
  Ip-kalava  ishlab  chiqarish  2,2  barobar  ko’paydi.  Gilam  va  gilam  mahsulotlari  ishlab 
chiqarish  hajmi  21  million   kvadrat  metrdan   ziyod  bo’ldi. 
  O’tish  davrining  murakkab  sharoitida  makroiqtisodiy  barqarorlikni    mustahkamlash  
maqsadida    iqtisodiyotning    bazaviy  tarmoqlari,  xususan,  neftь,  gaz,  oltin  qazib  olish,  rangli 
metallurgiya,  kimyo  va  neftь-kimyo  sanoatini  jadal  rivoj-  lantirish  uchun  davlat  barcha  shart-
sharoitlarni  yaratib  berdi.  Natijada  chuqur  sifat  o’zgarishlari  ro’y  berdi  va  O’zbekiston 
sanoatining  tarmoq  tarkibi  ancha  diversifikatsiya  qilindi  va mutanosiblashdi. 

Download 3,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   386




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish