O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


yo‘nalishdagi adabiyotlar sirasiga kiradi



Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet467/599
Sana02.08.2021
Hajmi4,74 Mb.
#136721
1   ...   463   464   465   466   467   468   469   470   ...   599
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi (2)

yo‘nalishdagi adabiyotlar sirasiga kiradi. 
Markaziy Osiyoda tasavvuf tariqatlari X-XI  asrlardan boshlab shakllanish davriga kirgan 
bo‘lib,  umuman  tasavvufning  tarqalishi  va  taraqqiyoti  Xoja  Yusuf  Hamadoniy  nomi  bilan 
bog‘liq. Xoja Yusuf tahsil munosabati bilan Buxoroga kelgan  


 
317 
va  shu  yerda  muqim  qolib,  xonaqoh  qurdirib  faoliyatini  davom  ettirgan.  Shayxning 
Buxorodagi  xonaqohi  Xuroson  ka’basi  nomini  olgan  va  bizga  qadar  "Rutbatu-l-hayot"  ("Hayot 
martabasi") asosiy asari yetib kelgan.  
Aytishlaricha,  Shayx  Xamadoniyning  4  xalifasi  uning  faoliyatini  davom  ettirgan.  Ular: 
Xoja  Abdulloh  Barraxiy,  Xoja  Hasan  Andohiy,  Xoja  Ahmad  Yassaviy,  Xoja  Abduxoliq 
G‘ijduvoniy. 
Markaziy  Osiyoda  tasavvuf  tariqatlarining  vujudga  kelishi  Xoja  Ahmad  Yassaviy  va 
Abduxoliq G‘ijdivoniy faoliyati bilan bog‘liq. Yusuf Xamadoniy ta’limotida tariqatlanish keskin 
aks  etmaydi.  Faqatgina  Xoja  Ahmad  Yassaviy  bilan  Abdulxoliq  G‘ijdivoniyning  turli 
hududlardagi  faoliyati  va  mana  shu  hududlar  sharoitidan  kelib  chiqib  ish  ko‘rishi  natijasida 
yassaviylik va xojagon tariqatlari shakllangan. 
Yassaviylik tariqati Xoja Ahmad Yassaviy nomi bilan bog‘liq bo‘lib, u jahriylik deb ham 
yuritiladi.  Chunki  tariqatning  asosida  oshkora  tantanali  ibodat  va  jahr  majlislari  asosida  tariqat 
kengaygan. Bu tariqatning nazariy manbalari sifatida muallifi ma’lum bo‘lmagan "Faqrnoma" va 
"Maslaku-l-orifin"  kabi  asarlar  turadi  yoki  keltiriladi.  Ularda  yassaviylik  yo‘li,  tariqat  odobi, 
shakllanish  maqomlari,  pir-murid  munosabati  tariqat  maskanlari  kabi  masalalar  aks  etgan. 
Tariqat  maskani  sifatida  xonaqoh  va  zoviya  belgilangan  va  ma’lum  bo‘lishicha  Sultoni  Orifin 
tomonidan  o‘z  davrida  xonaqoh  qurdirgan.  Keyinroq  bu  xonaqoh  XIV  asrda  Amir  Temurning 
yassiya ziyorati tufayli kengaytirilib ta’minlangan. 
Xoja  Ahmad  Yassaviy  tariqat  sohibi  sifatida  xorijdayam  mashhur  bo‘lgan  yassaviylik 
asosida, keyinroq bektoshiylik, abdorlik kabi silsila va tariqatlar vujudga kelgan. 
Yassaviylik tariqati  XX asr boshlariga qadar Markaziy Osiyoda mavjud bo‘lgan, xorijda 
esa Sharqiy Trukiston (hozirgi Turkiya) hududlarida shu kunda ham amalda ekanini tasdiqlovchi 
manbalar  bor.  Yassaviylik  nafaqat  tariqat  sifatida,  balki  adabiy  maktab  sifatida  ham  taraqqiy 
etgan.  Bu  yo‘nalishda  o‘nlab  ijodkorlarni,  hikmat  mualliflarini  keltirish  mumkin:  Hakim 
Sulaymon  ota,  Qul  Ubaydiy,  Azim  Xo‘ja  Eshon  devoni  hikmat  sohiblari  sifatida  adabiyotdan 
o‘rin olgan. 
Xoja Ahmad Yassaviy ijodi dastlab uning shogirdlari tomonidan davom ettirilgan bo‘lsa, 
XVI asr boshlariga kelib Yassaviy maktabi shoirlari saroyga qadar ko‘tariladi. 
XX  asr  boshlarida  esa  mustaqil  adabiy  maktab  sohiblari  sifatida  o‘z  faoliyatini  davom 
ettirmoqda  edilar.  Bu  haqda  bizga  yassaviylikdan  tarixiy  manbalar  bo‘lgan.  "Maslaku-l-orifin", 
"Javohiru-l-abror", "Samirotu-l-mashoiq" singari manbalarida xabar berilgan. 
XX asr boshlarida Xoja Ahmad Yassaviy ijodi tariqat yo‘lini ilmiy jihatdan asoslanishga 
qaratilgan. Fuod Ko‘prulu, Abdurauf Fitrat, Abdurahmon Sa’diy singari olimlardan tadqiqot va 
maqolalari e’lon qilingan. 
Fitrat fikricha, 3 ta maktab yaratilgan: 
5.  Yassaviylik maktabi. 
6.  Navoiy maktabi. 
7.  Amir Umarxon maktabi. 
Adabiyotlarda  hikmat  janrning  paydo  bo‘lishini  Yassaviy  nomi  bilan  bog‘lash  mumkin. 
Hikmatlar  4  baytli  bo‘lgan.  Ba’zilarda  1,2,3-misralari  qofiyalangan,  ba’zilarida  4  misra  ham 
qofiyalangan bo‘ladi. Yassaviy 4 misrani tanlagan, chunki xalqqa yetishi oson bo‘lgan. Yassaviy 
ibodat adabiyoti yaratadi. "Maslaku-l-orifin" Yassaviy haqida ma’lumot beruvchi yagona manba. 
"Devoni hikmat" muallifi Yassaviy ekanligi to‘liq ma’noda to‘g‘ri emas. 
Fitratning  "Yassaviy  maktabi  shoirlari  to‘g‘risida  tekshirishlar"  nomli  maqolasi  bor. 
Yassaviylik to‘g‘risida so‘nggi manba hisoblanadi. 

Download 4,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   463   464   465   466   467   468   469   470   ...   599




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish