2. Somoniylar davri adabiyoti (875-999). Qur’oni karim ilk martaba Ajamda fors tiliga tarjima qilingan. Somoniylar sulolasi
hukmdori Mansur ibn Nuh (961-976) topshirig‘i bilan mashhur tarixchi va muhaddis olim Jarir
Tabariyning “Tafsiri Qur’on” asari mana shunday ilk tarjimadir. 3. Chag‘oniyon adabiy muhiti. Qadimgi Baqtriya (e.a. IX-VIII asrlar) zaminida paydo
bo‘lgan Toxariston (V-VIII) hududlari VI asrga kelib kengaydi, uning tarkibiga hozirgi
318
Surxondaryo zaminidagi Da-mi (Termez) va Chi-o-yan-na (Chag‘oniyon) viloyatlari qo‘shildi.
Dastlab, Toxariston yerlariga sosoniylar (III-V) va Xionit hamda Eftalitlar (V) kirib keldi.