144
O‘zbekiston Respublikasi hukumatning qarori bilan 2001 yilda «Avesto»ning 2700 yilligi
nishonlandi. «Avesto» vatani Xorazmda bog‘ barpo qilindi, asarning o‘zbek tilidagi tarjimalari
chop etildi, u haqda yangi tadqiqotlar yuzaga chiqdi.
Nashr qilingan manbalar:
1.Avesto. O‘zbekchaga tarjima (Asqar Mahkam tarj.) –T.:
2001. 2. “Avesto”dan (tarj. M.Ishoqov). “O‘zbek tili va adabiyoti» jurn. 1999, № 2–4. 3.
“Avesto” (per.A.Maxkama). – T.: 2001.
Ilmiy adabiyot: 1.
3. A.Qayumov . Qadimiyat obidalari. — T.: 1971; 4. H.Homidov.
«Avesto» fayzlari. – T.: 2001; 5. N.Rahmonov. “Avesto”ning paydo bo‘lishi. — “O‘zbekiston
ovozi” gaz., 2001, 26 may. 6. N.Rahmonov. “Avesto”: Zamin, vatan demakdir. — “O‘zbekiston
ovozi” gaz., 2001, 25 sentabr.
3. «O‘rxun-Enasoy obidalari» (V-VIII asrlar). O‘rxun–Enasoy obidalari V-VII asrlarda
qadimgi turk tilidagi va yozuvidagi tarixiy yodgorlik sifatida qadrli. Mo‘g‘ulistondagi O‘rxun va
Janubiy Sibirdagi Enasoy daryolari sohillarida topilgani uchun ham shunday nomlangan.
Mo‘g‘ulistondan Shimoliy dengizlargacha, Uraldan Saxalinga qadar davom etgan hududda shu
yozuvdagi yodnomalar uchraydi. Shimoliy Kavkazda XU asrda ham O‘rxun yozuvidan
foydalanilgan. O‘zbekiston hududida (Farg‘ona,Surxondaryo v.b. joylar)dan 20 dan ortiq turkiy–
run yozuvi yodgorliklari topilgan.
Yirik O‘rxun bitiklari Kultigin, Bilga xoqon, To‘nyuquq va boshqa bu yozuvdagi
yodnomalar (mas. Irq bitigi) adabiy manba sifatida qahramonlik qissa va dostonlariga mazmunan
yaqin keladi. Kultigin bitiktoshi 732 y. Turk xoqonligi(551–745)ning lashkarboshisi sharafiga
o‘rnatilgan. Bitiktosh ikki qismdan: Kichik va Ulug‘ bitikdan (muallifi Yo‘llig tigin) iborat.
Vatan manfaati yo‘lida xizmat qilish, mamlakatning mustahkam, osoyishta bo‘lishi uchun kurash
bitiktoshlarda bosh maqsad ekani aytiladi.Asarda Tabg‘ach, Tibet, Sug‘d, Turgash, Qirg‘iz kabi
joy nomlari tilga olingan. Enasoy bitiklari marsiya va madhiya janrlarining qadimgi turk
adabiyotidagi ildizlari haqida tasavvur beradi.
Bitiktoshlar XIX asr oxirlarida topilib, U.Tomsen tomonidan o‘qilgan va ilmiy
muomalaga kiritilgan. Ba’zi yodgorliklar deshifrovka qilingan emas. AQSh, Polsha, Vengriya,
Finlyandiya va Turkiyada ham o‘rganilgan. Rossiyada V.Radlov, S.Malov, I.Stebleva ishlari
ma’lum. O‘zbekistonda Fitrat, A.Qayumov, N.Rahmonov v.b. asardan namunalar va tadqiqot
ishlarini chop qildirgan.
Yozma manbalar orasida O‘rxun-Enasoy obidalari islomgacha yaratilgan turk nasrining
tengsiz yodgorligi ekanini rus olimlari V.Jirmunskiy, A.Shcherbak tan olib yozishgan.
Toshbitiklardagi «Yo‘q chiqan buduniq ko‘p ko‘bartdim, chiqan buduniq bay qildim, az buduniq
o‘kush qildim» (Mazmuni: yo‘qolib borayotgan xalqning sonini orttirdim, qashshoq xalqni boy
qildim, ozchilikni ko‘p xalq qildim») so‘zlari mardona turk nasrining so‘nmas ovozi sifatida
yangraydi. Bu obidalar tarkibidagi «Bilka Qoon», «Kultekin» va «To‘nyuquq» bitiklari qadimgi
turk bahodirlarining shavkati va turk yerining mustaqilligi uchun olib borgan janglarni badiiy
lavhalarda aks etganidir. Toshbitiklardan boshqa runiy yozuvida qog‘ozga bitilgan qadimgi
manba «Irq bitigi» («Ta’birnoma»)da ham ilk turk yozma nasrining belgilarini ko‘rish mumkin.
Nashr qilingan manbalar
: 1. Eng eski turk adabiyoti namunalari (Tuzuvchi prof. Fitrat). -
T.: 1927; Qayta nashri: Fitrat. Eng eski turk adabiyoti namunalari (nashrga tayyorlovchi
O.Hamroeva; mas’ul muharrir H.Boltaboev). – T.: MUMTOZ SO’Z, 2009. 2. Yeniseyskaya
pismennost tyurkov. – M.,L.: 1952; 3. Qadimgi hikmatlar. - T.: 1987.
Ilmiy adabiyot:
1. Qayumov A. Qadimiyat obidalari. - T.: 1971. 2. Rahmonov N. Inson
ruhining sadosi. - T.: 1986; 3. Rahmonov N. Ko‘hna bitigtoshlar. — T.: 1990; .Rahmonov. Turk
xoqonligi. — T.: 1993.
Do'stlaringiz bilan baham: