Birinchi prezidenti, buyuk davlat va siyosat


ISLOM ABDUG’ANIYEVICH KARIMOVNING MAMLAKATIMIZ



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/41
Sana23.02.2022
Hajmi1,33 Mb.
#136694
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
Islom Karimov Mustaqil Uzbekiston davlati asoschisi (1)

 
ISLOM ABDUG’ANIYEVICH KARIMOVNING MAMLAKATIMIZ 
TARQQIYOTIDAGI ROLI 
Eshboyeva S., 
SamDChTI talabasi 
Bizga ma’lumki, har bir xalq, har bir millat o’zining uzoq tarixiga ega. Shu 
bilan bir qatorda, bizning betakror yurtimiz ham qanchadan-qancha dovonlarni 
oshib, ming-ming asrlarga yuzlanib, ushbu kunga yetib kelgan. O’tgan asrlar 
davomida millatimiz, xalqimiz orasidan shunchalik buyuk insonlar yetishib 
chiqqanki, ularning xizmatlari butun dunyo tarix zarvaraqlarida bir umrga 
muxrlanib qolgan. Shunday oliy maqomga ega bo’lgan kishilar orasida 
vatanimizning, butun xalqning mustaqil, erkin, ozod bo’lishi uchun qo’llaridan 
kelgancha harakat qilgan, hattoki, jonini fido qilgan faxrli ota-bobolarimizni yodga 
olish biz uchun ham farz, ham qarzdir. 


120 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, Urganchni dushmanlardan mudofa qilish 
yo’lida bayrog’ini qo’lida mahkam tutib yovlarga bo’yin egmagan buyuk 
Najmiddin Kubroning qahramonligi, bosqinchi Chingizxon hujumiga qarshi bir 
necha yillar jang olib borgan Jaloliddin Manguberdining yuksak jasorati; buyuk 
sarkarda, davlat boshlig’i, yuksak aql-idrok egasi sohibqiron Amir Temur 
bobomizning ushbu zamin uchun butun umrini baxshida etganligi har birimizga 
tarixdan ma’lum. Bundan tashqari, yaqin o’tmishimizga nazar soladigan bo’lsak, 
A.Avloniy, M. Abdurashidxonov, A. Fitrat, A. Cho’lpon, M.Behbudiy kabi 
jadidchilarimiz ham o’zining bor kuchi va imkoniyati, qalb qo’ri bilan millatni 
uyg’onishga, erkinlik uchun kurashishga chorlagan yo’lboshchilar bo’lishgan.
Yillar o’tgani sari xalqimiz ko’p qiyinchiliklarga duch keldi va sobiq sovet 
tizimiga kiruvchi O’rta Osiyo markazida joylashgan davlatdan yana bir buyuk 
yo’lboshchi- Islom Abdug’aniyevich Karimov xalqni va mamlakatni bu 
qaramlikdan ozod qilish uchun maydonga chiqdi. Birinchi Prezidentimiz xalqi 
uchun bor mehrini bergan va eng muqaddas boylik “Mustaqillik”ni qo’lga 
kiritishda yetakchilik qilib, sobiq sho’ro davridan keyin vujudga kelgan tahlikali, 
notinch 
vaziyatda 
O’zbekistonda tinchlik, o’zbekistonliklarda ishonchni 
shakllantira olgan shaxsdir.
Islom Karimov shu davrlardagi qiyinchiliklarni yengib o’tishda bosh bo’lib, 
dunyo xaritasida “O’zbekiston” so’zini zarhal harflar bilan muhrlanishiga sababchi 
bo’lgan insondir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 
I.A.Karimovga bo’lgan yuksak ehtiromini shunday ifodalaydi: “Birinchi 
Prezidentimiz o’tgan asrning 90-yillarida keskin muammolar, millatlararo 
mojarolar girdobiga tushib qolgan yurtimizni o’zining yuksak rahbarlik salohiyati, 
jasorat va matonati bilan mudhish fojialardan omon saqlab qolgan, Vatanimizni 
katta taraqqiyot yo’liga olib chiqqan. Bu yo’lda o’zining kuch-g’ayrati, aql-
zakovati, bilim va tajribasini ayamagan”
[1]
.
1991 yil mustaqillik e’lon qilinganidan so’ng I.A.Karimov xalqning 
manfaatlari, ijtimoiy ahvolidan kelib chiqqan holda jahon talablari va barcha 
mezonlarga to’liq javob bera oladigan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini 


121 
ishlab chiqdi. Mana shu qonunlar majmuasi orqali O’zbekison fuqarolari uchun bir 
qancha talablar va majburiyatlar bilan birgalikda imkoniyatlar eshigini ham ochib 
berdi. Xalqimiz tarixidan xabar beruvchi Avestoning asosiy shiori bo’lgan “Ezgu 
fikr, ezgu so’z, ezgu amal”ga rioya qilib , butun xalqiga so’z erkinligi hamda fikr 
erkinligini ushbu konstitutsiyaning 29-moddasida belgilab berdi. Bu orqali 
vatanimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirish, rivojlanayotgan davlatlar orasida o’z 
o’rniga ega bo’lgan davlat barpo qilishni ko’zda tutgan edi. 
Qisqa muddat ichida O’zbekiston Respublikasi butun jahon sahnasida o’z 
o’rniga ega bo’la oldi. Biz hech shubhasiz shuni ayta olamizki, bizning xalqimiz 
ham 
ma’naviy ham madaniy jihatdan boydir. Milliy urf-odatlarimiz 
qadriyatlarimizning tiklanishi, tarixiy obidalarimizning rekonstruksiya qilinishi 
natijasida bizning tariximiz naqadar boy hamda ota-bobolarimiz qanchalik buyuk 
shaxslar bo’lganliklarini isbotlay oldik. Bu ishlar butun jahon nazaridan chetda 
qolmaganligini 1991 yilda betakror Xiva shahridagi Ichanqal’a qo’riqxonasi, 1993 
yilda Buxoro shahri, 2000 yilda esa Shahrisabz shahri tarixiy inshootlari 
Yuneskoning “Umumjahon madaniy merosi” ro’yxatiga olinganidan bilib olsak 
bo’ladi. 
Odil yurtboshi “Islohot- islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning 
farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak” deya, olg’a qadam bosib, yurtimizda 
ko’plab rivojlanish hamda yuksalishlarni iqtisodiy-siyosiy, madaniy va ijtimoiy 
sohalarda ham amalga oshirdi. Buyuk bobokalonimiz Amir Temurning “ Agar 
bizning kuch-qudratimizni bilmoqchi bo’lsang, biz qurgan imoratlarga boq” degan 
purma’no hikmatiga tayangan holda mamlakatning shahar va qishloq hududlarida 
ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirdi. 25 yil davomida qurilgan mingdan 
ziyod namunali uylar, mamlakatimizning har bir hududidagi shifoxona, litsey- 
kollej, sport inshootlari, konsert zallar, 100dan ortiq ko’priklar 50 ga yaqin 
favvoralar hamda jahon standartlariga javob bera oladigan boshqa inshootlar 
yurtimizning qay darajada shaharsozlik salohiyatiga ega ekanini va jonkuyar 
yurtboshining butun xalqi uchun bor imkoniyatini ishga solib barcha qulayliklarni 
yaratib berganini anglab olishimiz mumkin. 


122 
Prezidentimiz I.Karimov beqiyos qalb sohibi, mehribon, oqko’ngil, 
bag’rikeng inson bo’lganligi bilan hammaning xotirasida muhrlanib qolgan. 
Jamiyatning har bir qatlami, xoh yosh bo’lsin, xoh qari yoki millati , tili va dini 
boshqa bo’lsin, lekin mana shu yurt hududida yashayotgan insonlar uning cheksiz 
muhabbati va g’amxo’riligidan chetda qolgan emas. Har bir fuqarosini ulug’lab, 
ularga hech tortinmasdan va ikkilanishlarsiz ko’nglidagi iliq fikrlarini bildirish 
bilan birgalikda bunday so’zlarni o’z asarlarida ham muhrlagan. 
Inson qadr –qimmati barcha narsadan ustun qo’yilgan, ulug’langan yurtda 
yashayotgan keksa nuroniy otaxonlarimiz “xudoning nazari tushgan shu yurtda” 
yashayotganliliga shukronalar aytib, yurtboshining vatan uchun qilgan xizmatlari, 
ularga alohida ehtirom ko’rsatganligi va hattoki 2002 yilga “Qariyalarni qadrlash 
yili” deb nom berib, o’sha yilda keksalar uchun yodda qolarli islohotlarni amalga 
oshirganligidan I.A.Karimovning yana bir bor “Qarisi bor uyning parisi bor” degan 
ota-bobolarimizning fiklariga ham tayangan holda ish ko’rganligini tushinib olish 
qiyin emas . 
I.A.Karimov har bir ishni boshlashdan uni puxta rejalashtirib, har bir masalada 
kimlarga ishonch bildirish haqida chuqur mulohaza yuritib ish ko’rgan. Shu
sababli ham chorak asrda yurtimiz sezilarli darajada yutuqlarga erishdi. Muhtaram 
prezidentimiz mustaqillikning 25 yilligini qarshilashdan biroz oldin Vatanimiz 
bayrog’ini ko’klarga ko’targan sharafli sportchi yoshlarimiz –F.G’oyibnazarov, 
Sh.G’iyosov, H.Do’stmatov, X.Tojiboyevning 2016-yil Yozgi Olimpiada 
o’yinlarida sovrinli o’rinni egallaganliklaridan faxrlanib, boshi ko’kka 
yetganligidan ularning yosh farzandlariga ishonchi kuchliligi, doim qo’llab-
quvvatlashga tayyorligi bizday yosh avlodni yana olg’a intilish uchun muhim 
ahamiyat kasb etdi deb qo’rqmasdan ayta olamiz. 
Shu sababli ham I.A.Karimov xotirasini abadiylashtirish uchun O’zbekiston 
Respublikasi prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2017 yil 25 yanvardagi qaroriga 
asosan I.Karimov nomidagi xayriya fondi tuzildi hamda Samarqand shahridagi 
I.Karimov dafn etilgan joyda yodgorlik majmuasini bunyod etish va Samarqand 


123 
bilan Toshkent shahrida birinchi prezidentimiz haykallarini o’rnatish kabi yana bir 
qancha ishlar amalga oshirildi.
Islom Karimov bobomizning aytgan har bir ma’noli o’gitlarini, ayniqsa bizga 
qarata aytgan quyidagi “Mana shunday yorug’ osmon, mana shunday yigitlar, mana 
shunday qizlar, mana shunday qariyalar - bu zamonni kim bir vaqtlar havas qilgan 
edi. Xalqimiz havas qilgan edi va shunday havasga kim bizlarni yetkazyapti, faqat 
yaratganimiz. Yaratganimizdan doim ertalab pok bo’lib so’rasak, albatta, bizlarni 
yo’limizni ochib beradi va hech qachon hech kim mana shu yurtda kam bo’lmaydi, 
bolalarim” degan gaplarini qalbimizda ularga bo’lgan hurmat va ehtiromimizni bir 
umrga saqlab qolamiz. 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish