bo’lsa, har birining o’z ma’naviy olami bor.”( Yuqoridagi kitob, s. 29).
13
olib o’rganish mumkin. Ammo bugun biz uchun eng muhimi, tadqiq va tahlil
uchun eng qulayi - ikkita: shaxs ma’naviyati va millat ma’naviyati. CHunki,
birinchidan, ma’naviyatning asosiy namoyon bo’lishi shaxs ma’naviyati va millat
ma’naviyati shaklidadir. Qolaversa, ijtimoiy guruh va toifalar millatning uzviy
tarkibiga kirgani sababli, millat ma’naviyatini yaxshi tasavvur qilmay turib, undagi
turli toifalarning alohida ma’naviy qiyofalarini gavdalantirishga urinish ishonchli
xulosalar berishi mushkul.
Ma’naviyat - Inson ruhidagi Borliq haqiqati bilan uyg’unlik der ekanmiz, bu
bilan bir narsa aniq bo’ladiki, ushbu hodisaning yuz berish makoni va voqean
mavjud bo’ladigan yagona zamini inson ruhiyati ekan. SHu sababli masalaga
yuzakiroq
qaragan
moddiyunchilar
ba’zan ma’naviyatni ruhiyat bilan
adashtiradilar. Buning sababi har ikkisi ham g’ayri moddiy bo’lganligidan hodisani
uning sodir bo’lish makoni bilan farq qilmaslikdan kelib chiqadi. Inson ma’naviy
kamolot imkoniga ega bo’lgan biz bilgan yagona moddiy mavjudot. SHaxs
o’zidagi ma’naviy kamolot imkonini yuzaga chiqara boshlagan inson. Demak,
SHaxs ma’naviyati ushbu sohani o’rganishda asosiy ob’ekt ekanligi o’z-o’zidan
ravshanlashadi.
SHaxs ma’naviyatini o’rganish ikki yo’nalishda bo’lishi mumkin. Birinchisi,
muayyan shaxs ma’naviyatini o’rganish, ikkinchisi, ushbu hodisaning umumiy
jihatlarini tasnif va tadqiq etish. Imkon nuqtai nazaridan, birinchi yo’nalishda faqat
ayrim hodisalarni, masalan, o’tmish va bugunning umummilliy ahamiyatga ega
bo’lgan buyuk shaxslari ma’naviy dunyosini o’rganish mumkin bo’lib, mohiyatan
bu ish millat ma’naviyatining tarkibiy qismlarini o’rganish demakdir. CHunki
Millat ma’naviyati, tom ma’noda olganda, ushbu millatga qaysidir bir tarzda
aloqador hisoblanuvchi o’tmish, bugun va kelajakdagi barcha shaxslar
ma’naviyatining majmuidan iborat.
Har bir shaxs, o’zi buni chuqur idrok qiladimi, yo’qmi - qat’i nazar, biror
elat yo millatga mansub bo’lmay iloji yo’q, hech bir inson eldan butkul ajralib
yashamaydi. Prezidentning g’oyatda hikmatli iborasi bilan aytganda, har bir inson
“o’zini xalqining bir zarrasi deb sezgandagina, u haqda o’ylab, mehnat qilib
yashagandagina ma’naviyat bilan tutashadi”
17
. Buning ma’nosi, shaxs ma’naviyati
voqelikda millat ma’naviyatidan ayru, undan tashqarida bo’lmaydi. SHunday ekan,
mavjud ahvolni to’g’ri idrok etadigan bo’lsak, millat ma’naviyati haqida muayyan
tasavvurga ega bo’lmay turib, alohida shaxs ma’naviyatini ham o’rganish
imkondan tashqari.
Bilim - cheksiz. CHunki voqelik – cheksiz. Inson ruhiyati cheksiz jilolarga
ega, Borliq haqiqati asli behudud. Demakki, har bir shaxs ma’naviyati ikki karra
bepoyon va cheksizdir(agarchi mantiqiy jihatdan cheksizlikning karrasi bo’lmasa
ham). Millat ma’naviyati ushbu millatga qaysidir bir tarzda aloqador o’tmishda
yashab o’tgan, bugun yashab turgan va kelajakda yashaydigan hududsiz bir
miqdordagi shaxslar ma’naviyatining majmui bo’lgani sababidan 3 karra
cheksizlik darajasidagi hodisa sifatida tasavvur etiladi.
18
17
Karimov I.A. Asarlar. 1-jild, s. 81.
18
Karimov I. A. «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilishga xizmat etsin» T.: «O’zbekiston», 1998.
Karimov I.A. «M illiy istiqlol mafkurasi xalq e’tiqodi va buyuk kelajagiga ishonchdir» T.: «O’zbekiston», 2000.
14
Insonni tanish odobdan boshlansa, u bilan muloqot davomida axloqiy xislatlarini
bila borasiz. Va’daga vafo qiladimi, do’stga sadoqati qanday, himmati va sahovati,
jur’ati va shijoati, o’ktamligi va oriyati - barcha axloqiy fazilatlari birma-bir ko’z
oldingizda namoyon bo’la boradi. Bu fazilatlar majmui zamirida esa yaxlit shaxs
ma’naviyati nurlanadi.
Axloq ma’naviyatga nisbatan surat, tashqi jihat bo’lsa, odob o’z navbatida
axloqiy fazilatlarning yuzaga chiqishidir. SHu sababli insonni anglab yetish
odobdan axloqqa, axloqdan ma’naviyatga qarab teranlashib boradi. Ammo shu
bilan birga axloq odobga nisbatan, ma’naviyat esa axloqqa nisbatan keng qamrovli
mohiyatlardir. Inson odobi uning barcha axloqiy fazilatlarini namoyon eta
olmaganidek, shaxsning barcha axloqiy sifatlarini bir yerga jam etganda ham
baribir, uning ma’naviy dunyosini to’liq qamrab olgan bo’lmaysiz. Asli ma’naviyat
Haq nurining ko’ngil ko’zgusida aks etishi bo’lganligidan muayyan ma’noda
ko’ngil egasining o’ziga ham oxirigacha ma’lum emasdir, g’aybga tutashdir.
Allomalar inson ko’nglini tilsim ataydilar. Ko’ngil ko’zgusidagi ma’naviyat nuri
tufayli har bir inson o’zi sehrli tilsimga aylanadi, mohiyatan cheksizlik kasb etadi.
Demak, inson ko’ngli irfon xazinasi, Haq sirini o’zida yashirgan tilsim ekan.
Inson shu sababli buyukdir. Irfon Haq sirini qalb bilan anglab yetish bo’lib, unga
erishgan shaxs Orif deyiladi. Haq siri Tavhid ma’rifatidir. Bu oliy haqiqatni butun
ko’lami va teranligi bilan tushunib yetish oson emas. Buning uchun inson atrof-
voqelik, tabiatga, o’zga insonlar, bashariyatga, Vatan va millatga, ota-ona, farzand,
do’stga nisbatan huquq va burchlarini mukammal anglab yetmog’i, o’zining ichki
qudrati va salohiyati, ruhiyati, iroda va himmatini qalban his qilmog’i zarur. Har
bir inson bu yorug’ olamga, bu sinov maydoniga bir oliy vazifa bilan kelgan. O’sha
asl vazifasi nima ekanini topa bilmasa, tushunib yetmasa, bu dunyodan notamom
o’tib ketmog’i mumkin.
Ruh tarbiyasi va uning irsiyatga ta’siri haqida ajdodlarimiz ko’p ibratli
kitoblar qoldirganlar. Jumladan, XIII asrda yashab o’tgan SHayx Najmiddin
Kubroning iste’dodli muridi Najmiddin Doya qalamiga mansub “Mirsod ul-ibod
min al-mabda ilal-maod” (Alloh bandalarining boshlang’ichdan tugallanishgacha
bo’lgan hayot yo’li) risolasida ruhshunoslik va inson ma’naviy takomili haqida
mufassal tahlil va mulohazalar mavjud. Bu kitobning millat ma’naviy takomiliga
ta’sirini bilgan Xorazm xoni Muhammad Rahimxon Soniy (Feruz) XIX asrda
maxsus topshiriq berib uni fors tilidan o’zbekchaga o’girtirgan va kitobat ettirgan.
Risolaning birinchi bobi - debocha, 5 fasldan iborat ikkinchi bobi esa inson
ruhining tabiati, ruh va tan nisbati kabi masalalarga oid bo’lib, mohiyatan
ruhshunoslikka muqaddimadir. Kitobning eng asosiy qismi - uchinchi bob - 20
faslni o’z ichiga oladi. Unda inson tarbiyasining asosiy masalalari qamrab olingan.
Olimning fikriga ko’ra, eng avvalo, inson tanasini to’g’ri tarbiyalamog’i lozim.
Muallif tanani ruhning g’ilofi (qolipi) deb hisoblaydi. Uni pok tutmoq, halol
mehnatga, to’g’ri turmush tarziga odatlantirmoq lozim. Ikkinchi navbatda,
ruhiyatni(ko’ngilni) poklamoq talab etiladi. Ushbu birinchi bosqich, Doyaning
O’zbekiston Respublikasining Ta’lim to’g’risidagi qonuni -// O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997
yil, 9-son.
15
tasavvuriga ko’ra, shariat bosqichidir. Uni temir ma’dani (rudasi) dan sof temir
moddasini ajratib olish jarayoniga qiyoslash mumkin. Ikkinchi bosqich, ya’ni
po’lat eritish, undan ko’zgu yasash, toblash va sayqallash ishlari mohir ustalarning
zukko mahoratini talab etadi. SHu sababli o’tmishda bu yumushlar tariqat
suluklarida, ulug’ shayxlar nazoratida amalga oshirilgan. Tariqat, ya’ni ma’naviy
kamolot yo’li, inson nafsiga qayta ishlov berib, uni avval mumdek yumshatib,
ko’ngil (dil) oynasini bunyod etuvchi olovli ko’raga o’xshatiladi. Ko’ngil
ko’zgusiga shunday sayqal berish lozimki, u o’zida ilohiy nurni akslantirib, oy
singari o’zi ham atrofga nur tarata boshlasin. Albatta, har bir inson mustaqil va
samimiy ravishda butun vujudi bilan Borliq haqiqati sari intilmas ekan, hech
qanday ma’naviy kamolotga erishib bo’lmaydi. Ma’rifat jarayoni ruhiyatda
kechadi, tashqi vositalar bir ko’mak, xolos.
“Axloqshunoslik” fani inson xulqining yaxshilanish jarayonlari qanday
kechishini tadqiq etadi, ya’ni turli xulqiy xislatlarning o’zaro nisbati, ularning
shaxs ma’naviy kamoloti bilan bog’liq ravishda qanday qilib axloqiy fazilatlarga
aylanib borishi, axloqiy qusurlarning kelib chiqishi kabi masalalarni o’rganadi.
SHundan kelib chiqib akademik Erkin Yusupov axloqni: “ijtimoiy munosabatlar
zaminida alohida shaxs sifatida mavjud bo’lgan insonlarning o’z-o’zini idora qilish
shakllari va me’yori, o’zaro muloqot va munosabatlarda ularga xos bo’lgan
ma’naviy kamolot darajasining namoyon bo’lishidir” – deb ta’riflagan edi.
Axloq alohida insonning o’zgalarga munosabati sifatida siyosat sohasiga
aloqadordir. Agar siyosatni keng ma’noda, har bir insonning o’zga insonlarga
munosabati deb oladigan bo’lsak, bu soha shartli ravishda ikki qatlamdan iborat:
huquq qatlami va axloq qatlami. Huquq qatlami qonunga tayanadi, axloq qatlami
esa ma’naviy qadriyatlar asosida quriladi. Aksariyat holatlarda insonlar aro
muomalalar axloqiy meyorlar asosida olib boriladi. Qachonki, kimdir yoki
kimlardir axloqiy meyorlarni ochiqdan-ochiq va qo’pol ravishda buzsa,
mensimasa, shundagina qonunlar ishga tushadi, axloqni jamoa qabul qilgan
meyorlarni tan olmagan inson yoki insonlarni qonuniy asosda ko’pchilik qabul
qilgan qoidalarga bo’ysunishga kuch ishlatib majbur qiladi. Davlatning paydo
bo’lishi va birinchi navbatdagi vazifasi ham ayni shunga ya’ni ijtimoiy meyorlarni
nazoratda tutib, jamiyat osoyishtaligini saqlashga qaratilgan. SHu nuqtai nazardan
qaraganda, har bir jamoada insonlar ma’naviyati qancha yuqori bo’lsa, davlatning
kuch ishlatib osoyishtalikni saqlash ehtiyoji ham shuncha kam bo’ladi. Forobiy
nazarda tutgan “fozil shahar aholisi” ayni shu aksar aholisi yuksak ma’naviyat va,
demak, yuksak axloq egasi bo’lgan jamiyat bo’lib, zamonaviy tilda biz buni
“fuqarolar jamyati” (grajdanskoe obщestvo) deb atamoqdamiz.
Vatanimiz azaldan bashariyat tafakkur xazinasiga unutilmas hissa qo’shib
kelgan, asrlar mobaynida xalqimizning yuksak ma’naviyat, imon-e’tiqod,
adolatparvarlik, ma’rifatsevarlik kabi ezgu fazilatlarni targ’ib etgan ma’naviy-
axloqiy masalalarga oid asarlari, ularda ko’tarilgan chuqur falsafiy-tarbiyaviy
g’oyalar bilan haqli ravishda faxrlansa arziydi.
19
19
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” to’g’risida//Barkamol avlod –O’zbekiston taraqqiyotining
poydevori.-T.: SHarq, 1997 yil.
16
Ammo o’tmishimiz qancha buyuk bo’lmasin, kelajagimizning ulug’vorligi
millatning har bir a’zosi, O’zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi ushbu
kelajakda Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, inson baxti to’kis ta’minlanishi uchun
qay darajada faollik ko’rsata bilishi va bu faolligining samaralari, unumi bilan
belgilanadi. Buning uchun esa imon va ilm, iqtidor va iste’dod, iroda qudrati va
maqsad yo’lida fidoiylik, keng dunyoqarash va erkin fikr kerak. Agar qaysi millat
o’ziga mansub har bir insonnnig barcha ichki imkoniyatlari, iste’dodi ro’yobga
chiqishiga sharoit yaratmas ekan, har bir shaxsning tashabbusi qadr topmas ekan,
har bir yosh qalbida bilimga, tafakkurga, faol yaratuvchilikka intilish ishtiyoqi
alanga olmas ekan, millat kamoli, mamlakat qudratining yuksalishi haqidagi gaplar
og’izda qolib keta beradi.
O’zbekiston xalqi eski tuzum asoratlaridan, milliy tabiatimizga yot bo’lgan
mafkuraviy qarashlardan voz kechib, yangi hayot, demokratik jamiyat qurish,
uning huquqiy asoslari va tamoyillarini belgilab, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik
jamiyati sari puxta huquqiy asos - O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga,
milliy-axloqiy va ma’naviy, umummilliy, umumbashariy qadriyatlarga, demokratik
va huquqiy davlat tamoyillariga, fuqarolik jamiyati asoslariga tayangan holda
kelajak sari shahdam qadamlar bilan odimlamoqda.
Bu yo’lda, albatta, ajdodlarimiz qoldirgan buyuk ma’naviy meros biz uchun
mayoq bo’lib doimo yo’limizni yoritib turadi. Ammo o’zbek xalqi hechqachon
milliy biqiqlik, faqat o’z millati erishgan yutuqlar bilan cheklanish tamoyilini
tutgan emas. Qadimdan ajdodlarimiz jahon ilmi va madaniyati yutuqlari bilan
qiziqib, ularni o’rganib, vaqti kelsa, ularga o’z ulushini qo’shib kelgan. SHu bilan
birga xalqimiz hechqachon begona qadriyatlarni ko’r-ko’rona o’zlashtirish
yo’lidan borgan emas. Faqat o’tgan asrning 70 yili davomidagi dunyoqarash va
mafkura masalasida marksizmning totalitar taziyqi ma’naviy-axloqiy jihatdan ham
millatimiz ongida og’ir asoratlar qoldirdi. Bu narsa ayniqsa ziyoli toifasining
bugungi kayfiyatida sezilib qolmoqda.
Yuqorida ta’kidlanganidek, jahon ilmida ma’naviyat sohasi yaxlit holida
tadqiq mavzusi (ob’ekti) bo’lmaganligi uchun uning turli jihatlari turli fanlar
tarkibida o’rganildi. Bular ichida, ayniqsa, falsafa va uning tarkibiy qismi
hisoblangan etika (axloqshunoslik) fani asosiy o’rin tutadi. SHu sababli biz jahon
ilmi rivojida axloq va ma’naviyat nisbatini ko’proq ushbu fanlar doirasida
kuzatishga harakat qilamiz.
Ma’lumki, bugungacha bashariyat juda uzoq tarixiy jarayonni boshdan
kechirgan, buyuk ma’naviy kamolot yo’lini bosib o’tgan. Xo’sh, ushbu ma’naviy-
axloqiy kamolotning sababi, manbai nima, nega yer yuzida tarqalgan minglab tirik
jonzotlar ichida ma’naviy-axloqiy kamolot faqat inson zotiga nasib etdi, boshqa
bir biologik mavjudotga emas? Bu masalaning talqinida ikki xil yondoshuvni
kuzatish mumkin. Moddiyunchilar insonning ruhiy (aqliy va ma’naviy-axloqiy)
kamolotini, boshqa biologik mavjudotlardan farqlanishini ming yillar davomida
Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar(qo’llanma). T.: «Yangi asr avlodi», 2001 yil.
Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar.(darslik) T.: «O’zbekiston faylasuflari milliy
jamiyati», 2003 yil.45 b
17
yuz bergan uzoq muddatli takomil jarayoni sifatida tasavvur qiladilar. Bu
jarayonda inson zoti qachondan boshlab, o’zga jonivorlardan aniq farq qila
boshlagani, asl mohiyatiga ko’ra inson va hayvon orasidagi chegara masalasi
muammoga aylanadi. Agar ilohiy kitoblar mazmuniga e’tibor qiladigan bo’lsak,
inson yaratilishidan o’zga mavjudotlardan farq qiladi. Bu farq birinchi navbatda
bani bashar mohiyatida ma’naviy kamolot imkoni mavjudligidadir, uning axloqiy
fazilatlar kasb eta olishi ham shu bilan bog’liq. Bu ma’naviy kamolot imkoni o’z-
o’zidan yuzaga chiqmaydi. Buning uchun muallimlar, tarbiyachilar, ya’ni ziyo
ahli lozim. Alloh taolo insoniyatni Haq yo’liga da’vat qilish uchun ilk ziyolilar –
payg’ambarlarni mas’ul qilgan. Insoniyat tarixida Odam atodan boshlab necha
ming payg’ambarlar o’tgan. Ular o’zlariga bevosita vahiy tarzida nuzul etgan Oliy
haqiqat sirlarini o’z qavmlariga yetkazib borganlar.
Bizning nazarimizda, insonning hayvondan farqi, yaqin-yaqinlargacha
marksistlar da’vo qilganidek, mehnat tufayli emas (ko’plab uy hayvonlarini Inson
mehnat qilishga majbur qiladi), balki nikohning tartibga solinishi bilan
boshlangan. Tarixchi olimlar bashariyat tarixining boshlanishi haqida yozganda
ibtidoiy gala va urug’ jamoani o’zaro farq qiladilar. Ularning tasavvurlariga ko’ra,
ilk odamsimon mavjudotlar ibtidoiy gala sifatida umr kechirganlar, keyinroq urug’
jamoa shakllangan. Ushbu ikki guruhning asosiy farqi shundaki, ibtidoiy galada
barcha hayvon galalari kabi erkak va urg’ochi orasidagi munosabatlar muayyan
tartibga solinmagan, urug’ jamoada esa muayyan nikoh qoidalariga qat’iy rioya
qilingan. Ma’lumki, insondan o’zga mavjudotlarda ushbu qoidalarga rioya qilish
urf bo’lgan emas. Biologik jihatdan buning qat’iy zarurati ham yo’q. Demak, bu
farqlanish asosan ma’naviy-axloqiy xususiyatga ega. Bunday tartibni ibtidoiy
inson o’z aqli bilan o’ylab topishiga bovar qilib bo’lmaydi. SHunday ekan,
bunday tartib ilohiy vahiy asosida payhambarlar tomonidan joriy qilingani
ehtimolga yaqinroq. Har holda bashariyat tarixi, ma’naviyat nuqtai nazaridan
qaraganda,
ibtidoiy
galadan
emas,
urug’ jamoa(rodovaya obщina)ning
shakllanishidan boshlanadi, desak durust bo’ladi.
Yevropa
qadimshunoslari
insoniyatning
ijtimoiy
rivojini
mehnat
qurollarining takomillashuvi bilan bog’lab, ilk tarixiy bosqichni tosh asri deb
ataydilar. XIV asr arab tarixchisi Ibn Xaldun bu davr ijtimoiy munosabatlarini
ibtidoiy jamoa ( “badaviya” jamoasi) deb ta’riflagan. Bu davrda inson va tabiat
orasidagi munosabat nihoyatda yaqin bo’lgan. «Avesto»ning bizgacha saqlanib
yetib kelgan to’rt qismidan biri «Vendidad» kitobining ikkinchi bobida Jamshid
(asli Yima vaxishta - go’zal Yima) haqidagi asotir (mif) bayon qilinadi. Ushbu
asotir mazmuni quyidagicha:
Butun olamlar parvardigoridan Zardushtga payg’ambarlik rutbasi inoyat
bo’lgach, u tangriga murojaat qilib so’raydi: «Ey, butun dunyoning yaratuvchisi,
muqaddas zot Axura Mazda (Oliy bilimlar egasi)! Sen mendan ilgari insonlardan
qay biri bilan suhbat qilgansan, kimga ilk bor Axura Mazdaning muqaddas dinidan
ta’lim bergansan!»
Oliy bilimlar egasi bo’lmish yagona tangri unga shunday javob qiladi:
«Ey, Haq bandasi Zardusht! Sendan ilgari men ilk bor insonlardan Yima
(Jamshid)ga, chorva va yilqi podalari egasi o’shal go’zal insonga xabar yo’lladim.
18
Men unga: «Ey, Vivaxvanta o’g’li go’zal Yima! Sen mening dinimni o’rganib, uni
himoya etishga tayyorgarlik ko’rgin», dedim. Ammo, ey, Zardusht, ul go’zal Yima
shunday javob qildi: «Men bunday vazifa uchun yaratilmagan bo’lsam, o’qimagan
bo’lsam, men din-e’tiqodni chuqur o’zlashtirish va himoya qilishga qodir
emasman». SHunda, ey, Zardusht, Men - Axura Mazda - unga buyurdim: «Agar
sen, ey, Yima, mening dinimni o’zlashtirish va himoya qilishga tayyor bo’lmasang,
unda men yaratgan dunyoni obod qil, kengaytir. Sen ushbu yer yuzini himoya
qilishga, ehtiyotlashga va boshqarib turishga mas’ul bo’l!» Va, ey, Zardusht, ul
go’zal Yima menga javob qildi: «Men sen yaratgan dunyoni obod qilaman, uni
kengaytiraman, uni himoya qilishga, ehtiyotlashga, boshqarib borishga men
tayyorman.»
20
SHundan so’ng 900 yil davomida Yima (Jamshid) yer yuzini obod
qilib, turli hunarlarni joriy qildi. Boy moddiy madaniyat bunyod etildi. Ammo
umrining oxirida Jamshid yutuqlardan g’ururlanib ketib, kibrga berildi. O’zini
«yaratuvchi» e’lon qilib, butun xalqdan o’ziga sajda qilish, sig’inishni talab qila
boshladi. SHungacha, rivoyat qilishlaricha, o’lim ham, kasallik ham, sovuq ham,
ochlik ham bo’lmagan ekan. Jamshid o’zini «xudo» deb e’lon qilgach, yer yuziga
o’lat tarqaydi, ochlik va qahraton sovuq boshlanadi va shundan keyin dahshatli
yovuz kuch - Aji Dahaka yurtga bostirib kirib, o’z hukmronligini o’rnatgan va
ming yil yurtni zulmat qoplagan ekan.
«Avesto» kitobida insonning aqliy takomilidagi asotir tafakkur bosqichi o’z
ifodasini topgan. SHu sababli undagi voqealar bayoni ham asotir (mif) shaklida
bo’lib, tarixiy voqelik o’ziga xos talqin etiladi. Masalan, Qadimgi dunyodagi
hukmdorlar shaxsining ilohiylashtirish an’anasi (Misrda fir’avnlar shaxsiga
sig’inish, Vavilon va Ashshurdagi, hatto Rim imperiyasidagi shunday tamoyillar)
yuqoridagi asotirda muayyan darajada o’z aksini topgan. Qanday bo’lganda ham
«Avesto»da tasvirlangan Jamshid davri shartli ravishda insoniyat ma’naviy
kamolotining birinchi bosqichi - tosh asriga ishora, deb qabul qilish mumkin. Bu
davr qancha muddat davom etgani haqida hozir fanda turli bahslar ketmoqda, lekin
bir necha ming yillar davom etgani shubhasiz. Bu davrda inson turli tosh qurollar
yasash va ulardan foydalanishni o’rgandi, kamon va o’q yoy, ibtidoiy sopol
idishlar kashf etildi, ibtidoiy chorvadorlik va dehqonchilik shakllandi, ilk uy
hayvonlari va madaniy o’simliklar paydo bo’la boshladi. Bu davrda bani bashar ilk
bor tabiat va inson aro uyg’unlik mavjudligini his eta boshladi, yaratuvchilik
mehnatining samarasini ko’rdi. Inson ruhida uning hayoti uchun muhim bo’lgan
Ona tabiatga mehr, yer, suv, olovni e’zozlash, yaratuvchilik mehnatini qadrlash
kabi ma’naviy fazilatlar paydo bo’ldi.Insonga faqat atrof-voqelik haqida, odobu
axloq qoidalari haqida bilim berishning o’zi uning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi
uchun yetarli bo’lmaydi. Unda iroda qudrati, mas’uliyat tuyg’usini shakllantirish,
ko’nglida atrof-tabiatga, mehnatga, kasbga, ilmga, o’zga insonlarga mehr
uyg’otish, dilida ulug’ maqsadlar tug’ilishiga erishish lozim. Masalan, tan olib
aytish kerakki, Vatan yoki Adolat tuyg’usi haqida kitoblarda yozilganlarni o’qib
chiqqan odam darhol Vatanning qadriga yetadigan, yoki Adolatga xiyonat
20
Braginskiy I. S. Iz istorii tadjikskoy i persidskoy literatur. M.-«Nauka»-1972, s. 50-51
19
qilmaydigan bo’lib qoladi, deb tasavvur qilish o’ta soddalik bo’lur edi. Har bir
inson Vatan, Millat, Adolat timsol-tushunchalarining o’z ruhidagi poydor
ma’naviy qadriyatlarga aylanishi uchun o’zgalar ibratida sinashi, bu yo’lda riyozat
chekishi, ularga nisbatan ko’nglida mehr uyg’onishi zarur. Bunga turli yo’llar, turli
vositalar bilan, birinchi navbatda yosh avlod tarbiyasiga samimiy (chin ko’ngildan)
va izchil yondoshuv, tinimsiz izlanishlar bilan erishiladi.
Mustaqil
O’zbekistonda milliy ta’lim tizimini jahon meyorlariga
moslashtirish bo’yicha salmoqli islohotlar amalga oshirildi va bugungi kunda
ularning dastlabki samaralari ko’zga tashlanmoqda. Ammo bu sohada ajdodlarimiz
bizga meros qoldirgan beqiyos boylik juda katta imkoniyatlarni o’z xazinasida
asrab kelmoqda-ki, ularni to’liq ishga solish nafaqat millat tarbiyasiga, balki jahon
pedagogika ilmi rivojiga ham o’z sezilarli ulushimizni qo’shishga sabab bo’lishi
mumkin.
Yan Amos Komenskiy (1592-1670) “Buyuk didaktika”ni orzu qilganda
zamon butkul boshqacha edi. Bu ulug’ muallim va uning izdoshlari jahon ta’lim-
tarbiya tizimida amalga oshirgan inqilob XX asrning birinchi yarmiga kelib,
nafaqat Yevropada, balki yer yuzining deyarli barcha mamlakatlarida keng joriy
etildi va insoniyat taraqqiyotida katta burilish yasadi. Bu tizim asosan ilm
ma’rifati (ilm tarbiyasi) tamoyilini bosh yo’nalish qilib olgan edi va, darhaqiqat,
jahon ilmining yuksak taraqqiyotini ta’minlashga hal qiluvchi hissa qo’shdi.
21
Ammo bugungi kunga kelib ilm-fan shunday taraqqiy etdi-ki, endi,
birinchidan, “barchaga barcha narsani o’rgatish”(“uchitь vsex vsemu”) printsipini
astoydil amalga oshirish mohiyatan mumkin bo’lmay va kerak bo’lmay qoldi.
Ikkinchidan, yosh avlod tarbiyasida XVII-XVIII asr Yevropa ma’rifatchilari
tasavvur ham qilmagan muammolar birinchi darajali ahamiyat kasb eta boshladi.
SHunday qilib, XXI asr boshlanishida ta’lim-tarbiya tizimini yana tubdan
yangilash ehtiyoji kun tartibiga qo’yildi.
Avvalo, ta’lim, ya’ni yoshlarga ilm berishning ahamiyatini aslo kamsitmagan
holda, ta’kid etish lozimki, bugungi sharoitda asos urg’uni tarbiya masalasiga
qaratmoq payti keldi. Endi “ta’lim-tarbiya” haqida emas, balki tarbiya va ta’lim
haqida gapirganimiz ma’qulroq bo’lib qoldi, ya’ni tarbiya masalasini oldingi
o’ringa o’tkazish davr taqozosiga aylandi. Nafaqat XVII-XVIII asr Yevropa
ma’rifatchilari, balki XX asr boshlaridagi o’zimizning ma’rifatchilarimiz ham
agar bolaga xolis bilim berilsa, yosh avlod to’g’ri yo’lni o’z aqli bilan topib oladi,
degan aqidaga qattiq ishonar edilar. Vaholanki, hayot murakkab ekan, bolaga
xolis bilim berishning o’zi bo’lmas ekan, “xolis bilim” niqobi ostida yosh avlod
ongiga turli buzg’unchi mafkuralar ham ta’sir va taziyq ko’rsatishi mumkin ekan.
Tarixning oxirgi 70 yillik achchiq saboqlari buni isbot qildi. Qolaversa, Yevropa
ma’rifatchilari ko’zda tutgan xolis bilim faqat aniq va tabiiy fanlarga nisbatan
birmuncha to’g’ri bo’lib chiqdi, ularning terminologiyasi bilan ifodalaganda,
“ijtimoiy-gumanitar fanlar” tizimida, bizning ajdodlarimiz merosiga tayangan
holda bugungi kun qarashlarimizga binoan olsak, “ma’naviyat sohasiga oid fanlar”
tizimida
bunday
xolislik
va umumjahoniy meyorlar hanuz qoniqarli
21
N.Jo’raev. SH. Azizov. «Ijtimoiyot asoslari».T.: «Ma’rifat-Madadkor», 2003.76 b
20
mukammallikka ega emas ekan.
Bugungi kunda milliy tarbiya masalasi borgan sari dolzarblashib bormoqda.
Biz endi bu sohada Yevropa ilmi erishgan yutuqlarni nazardan qochirmagan holda
o’z milliy ma’naviy merosimiz an’analariga muvofiq mustaqil tarbiya tizimini
ishlab chiqishimiz birinchi darajali vazifaga aylanmog’i kerak. Buning uchun,
birinchidan, yuqorida tilga olingan (bugungi kunda Yevropa pedagogikasining
asosini tashkil qiluvchi) “ilm ma’rifati” tamoyiliga qo’shimcha ravishda qadimdan
milliy tarbiyamizga xos bo’lgan “mehr ma’rifati”, “riyozat ma’rifati”, “ibrat
ma’rifati” tamoyillarini ham tarbiya nazariyasiga kiritish va ongli va to’laqonli
ravishda tarbiya amaliyotiga tatbiq etish lozim bo’ladi. Demakki, ushbu
tamoyillarni qachon (qaysi yoshda) va qanday usullar bilan tarbiya jarayonida
qo’llash tartib-qoidalarini puxta ishlab chiqish, ya’ni farzandlarimiz tarbiya
jarayonining turli davrlariga (oilada bola dunyoga kelmasidan ilgari bo’lg’usi ota-
ona, ya’ni kelin-kuyovlarni oila qurish va bola tarbiyasiga tayyorlashdan boshlab,
yangi tug’ilgan bolaga munosabat, bog’cha tarbiyasi, boshlang’ich maktab,
tayanch maktab, ya’ni 5-9 sinflar, kollej va litseylar, oliy maktab, oliy toifali
mutaxassislar tayyorlash, ya’ni magistratura, aspirantura, doktoranturagacha) xos
bo’lgan barcha inson jismidagi anatomik, fiziologik va uning ruhiyatidagi
o’zgarishlarni hisobga oluvchi mukammal tizim yaratish va uni hayotga joriy qilish
yo’llarini aniqlash taqozo etiladi.
Ikkinchidan, yosh avlodda o’z hayotiga, oila a’zolariga nisbatan, Vatan va
millat oldidagi, balki atrof-tabiat, butun kurrai zamin va jami bashariyat oldidagi
mas’uliyat tuyg’usini shakllantirish bugungi kun pedagogikasining eng muhim
masalasi ekanligini barcha qiyinchiliklari bilan ro’yi-rost ko’ra bilish va shunga
yarasha choralar tizimini ishlab chiqish kerak bo’ladi. Bu muammoni to’g’ri
yechimiga erishish uchun pedagogik ta’lim sohasida nimalarga e’tibor qaratish va
qanday o’zgarishlarni amalga oshirish lozimligini aniqlab, uni hayotga joriy etish
ham talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |