11
Prezident I.A.Karimov bu buyuk siymolar shaxsiyatiga nega bunchalik
ahamiyat qaratayotganligini shunday izohlaydi: “Bizning o’z oldimizga qo’ygan
maqsadimiz bunday ulug’ zotlarning hayot yo’li va qoldirgan merosini to’liq
tasvirlash emas, balki ularning eng buyuk namoyandalari timsolida ma’rifat, ilmu
fan, madaniyat, din kabi sohalarning barchasini o’zida uyg’unlashtirgan
xalqimizning ma’naviy olami naqadar boy va rang-barang ekanligini isbotlab
berishdan iboratdir. Bunday noyob va bebaho boylikni har tomonlama chuqur
o’rganish,
uning
ma’no-mazmunini farzandlarimizga yetkazish masalasi
barchamiz, birinchi galda, ziyolilarimiz, butun jamoatchiligimiz uchun ham qarz,
ham farz bo’lishi shart, deb hisoblayman”.
14
Prezidentimizning Alisher Navoiy siymosi va badiiy-ma’naviy merosiga
cheksiz ehtiromi ushbu kitobda yanada yorqin aks etgan:“O’zbek xalqi ma’naviy
dunyosining shakllanishiga g’oyat kuchli va samarali ta’sir ko’rsatgan ulug’
zotlardan yana biri – bu Alisher Navoiy bobomizdir... Alisher Navoiy
xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil
etadigan
buyuk
shaxs,
milliy
adabiyotimizning
tengsiz
namoyandasi,
millatimizning g’ururi, sha’nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o’lmas so’z
san’atkoridir... Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi,
mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning
sultonidir”
15
. Muallif buyuk ajdodimizning bebaho merosidan “xalqimizni, ayniqsa,
yoshlarimizni
qanchalik
ko’p bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni
yuksaltirishda,
jamiyatimizda
ezgu
insoniy
fazilatlarni
kamol
toptirishda
shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo’lamiz” deb qat’iy ishonch bildiradi.
Prezident o’z asarida XX asr boshlarida el-yurt manfaati uchun jonlarini tikkan
ma’rifatparvarlarimiz Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy,
Ishoqxon Ibrat, Abdurrauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid CHo’lpon, Usmon
Nosir kabi yuzlab fidoiy insonlarning ma’naviy jasoratini, ulardan keyin xalq
orasida nom qozongan Qori Niyoziy, Toshmuhammad Sarimsoqov, Habib
Abdullaev, Sa’di Sirojiddinov, Obid Sodiqov, Yahyo G’ulomov, Ozod
SHarafiddinov kabi ilm-fan arboblari, Oybek, G’afur G’ulom, Abdulla Qahhor,
Zulfiya, Said Ahmad singari shoir va adiblar, Lutfixonim Sarimsoqova, Halima
Nosirova, Olim Xo’jaev, Razzoq Hamroev va boshqa atoqli san’atkorlarning
xizmatlarini minnatdorlik bilan eslab o’tadi. SHu bilan birga Yangi Davr, ya’ni
XVII – XX asrlarda ona zaminimiz – Turkistonda yuz bergan siyosiy
parokandalik, hukmron kuchlarning uzoqni ko’rolmasligi va ma’naviy zaifligi,
bularning oqibatida xalq boshiga tushgan baloyu kulfatlarni ham taassuf bilan qayd
etishni unutmaydi.
“Ma’naviyat” keng qamrovli hodisa. Ma’naviyatning moddiy voqelikdagi
izlari madaniyat deyiladi. Madaniyat tarkibiga din, ilm-fan, axloq, san’at-adabiyot
kabi voqeiy hodisalar kiradi. SHu ma’noda, axloq – madaniyatning tarkibiy
qismidir. SHaxs ma’naviyatining asosiy jihatlari – imon, ilm, mas’uliyat, mehr deb
14
I.Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch, S.44.
15
SHu kitob, s. 47.
12
ko’rsatgan edik. Bulardan imon-e’tiqod masalasi ko’proq din tarkibida ko’rilsa,
ilmga intilish tuyg’usi ilm-fanda, mehr san’at va adabiyotda namoyon bo’ladi.
Mas’uliyat tuyg’usi esa birinchi navbatda axloqqa tegishlidir. SHaxs ma’naviyati
faqat imon-e’tiqod, ilmga intilish, mehr tuyg’usi bilan mukammallik kasb
etmaydi, unda birinchi navbatda o’z imoni, ilmi, mehri oldida jiddiy mas’uliyat
hissi ham bo’lishi kerak, busiz oldingilar hammasi bekor bo’lib qoladi.
Ajdodlarimiz ezgu niyat, ezgu so’z, ezgu amal uyg’unligini ta’kidlashlari ham
behuda emas edi. SHu ma’noda axloq shaxs ma’naviyatining amalda namoyon
bo’lishidir. “Axloq –ma’naviyatning o’zagi” degan iboraning mohiyati ham
shunda.
Ammo imonsiz kishi axloqli bo’ladimi? Imon ham turlicha bo’ladi – taqlidiy
imon, tahliliy imon. Taqlidiy imon egasining ma’naviyati ham, axloqi ham o’ziga
yarasha bo’ladi. Tahliliy imon egalari esa, afsuski, hayotda ko’p uchrayvermaydi.
“O’zligingni anglab yet yoxud Axloqshunoslik” (Poznay samogo sebya ili Etika)
asarining muallifi, xristian faylasufi va axloqshunosi Pьer Abelyar (!079-1142)
diniy aqidalarni aqlga tayangan holda mantiqan tushunib yetib qabul qilishni
yoqlab chiqqani uchun katolik cherkovi tomonidan uning ta’limoti qoralangan edi.
Ilm va imon birlashmagan joyda aqidaparastlik va fanatizm avj olishi tarixda ko’p
marta isbotlangan. Dilida samimiy mehr tuyg’usi bo’lmagan odamning ham
yuksak axloq egasi deyish juda qiyin. Mehr-shafqat, hilm odamgarchilikning
asosiy belgilaridan ekanligi azaldan ma’lum.
Biz bolaga odob o’rgatamiz. “Qani amakingga bir salom bergin”, deymiz.
Odob ma’naviyatimizning libosidir. Ba’zi holatlarda libosga qattiq e’tibor beriladi.
Masalan, diplomatiya odobining o’z qonun-qoidalari bor. Ba’zan esa ma’naviyat
fidoyilari umuman libosga e’tibor bermaydilar. Tasavvufning malomatiya tariqida
hatto ichki kibrni yengish, riyo (ikkiyuzlamachilik, munofiqlik)dan qochish uchun
tashqi odobga zid ishlar qilganlar. Notanish inson birinchi bo’lib, qaddi-qomati,
husni, kiyinishi va odobi bilan diqqatimizni tortadi. “Voy, anovi kishining
qo’polligini, kiygan kiyimi ham bir ahvol ekan”, deyishadi rasida qizlar bir-biriga
shivirlashib. Yoki navqiron yigitlar o’tib ketayotgan go’zal chehraga mahliyo
bo’lishadi. Uning sarv qomati, did bilan kiyinishi, lola yuz, sunbul sochlari, xumor
ko’zu quyuq kiprik, hilol qoshlari nigohimizni yashnatadi. Agar bunga hayo va
andisha ham qo’shilsa, ko’ngilni tamom zabt etdi, deyavering.
Ma’naviyatni tadqiq etish oson ish emas, bu hozirgi kunda ushbu ilmni
rivojlantirishga urinishlar o’ta qiyinchilik bilan samara berayotganida ham
sezilmoqda. Ammo baribir uni «tutib bo’lmaydigan» o’ta mavhum narsa deb
qaramaslik kerak. Ahli bashar ma’naviyatsiz bo’lmaydi, chunki aslida inson
mohiyati moddiyat va ma’naviyatning tutashuvidadir. Har bir shaxs, har bir
ijtimoiy guruh yoki toifa, har bir elat, millat va mintaqa xalqlari o’z tabiati bilan
yaratilgan
16
. Demak, har birining o’ziga xos ma’naviy olami mavjud. Ushbu
ma’naviy olamlar doimo bir xil saqlanmaydi, zamon va makonda o’zgarib, goh
kamolot sari yuksalib, goh qashshoqlashib turadi. Bularning barchasini alohida
16
Prezidentimiz bu haqda shunday fikr bildiradi: “O’ylaymanki, yer yuzida qancha inson, qancha taqdir
Do'stlaringiz bilan baham: