I bob. Xulq-atvorda shaxs ma’naviyatining namoyon bo’lishi
5
1.1 Xulq-atvor. Shaxs ma’naviy qiyofasida xulq-atvorning o’rni.
O’zbekistonda xalq ma’naviy-axloqiy merosining jamiyat hayotidagi o’rni
masalasiga yangicha qarash jamiyatning tadrijiy rivojlanishi uchun nihoyatda katta
ahamiyatga ega ekanligi tobora ayon bo’lib bormoqda. Qadim davrlardan to
hozirgi zamonamizgacha yaratilib, avlodlarning ezgu ishlariga xizmat qilib kelgan
boy axloqiy, siyosiy, huquqiy merosimizni, milliy qadriyatlarimiz, urf-
odatlarimizni o’rganib, xalqqa yetkazish, kelajak asoslarini yaratishga xizmat
qildirish muhim vazifalardan biri bo’lib, ulug’ allomalarimizning axloq, xulq-odob,
ta’lim-tarbiya masalalariga oid asarlari, dono va ibratli so’zlari, pand-nasihatlari
yosh avlodni barkamol insonlar qilib tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.
“Axloqshunoslik” bir necha ming yillik tarixga ega bo’lgan qadimiy fan. U bizda
“Axloq ilmi”, “Odobnoma” singari nomlar bilan atab kelingan. Yevropada esa
“Etika” nomi bilan mashhur, biz ham yaqin-yaqingacha shu atamani qo’llar edik.
Bu termin dastlab “manzildoshlik”, “yashash joyi”, keyinchalik esa “odat”, “fe’l”,
“fikrlash tarzi” singari ma’nolarni anglatgan yunoncha “ethos” so’zidan olingan
bo’lib, tarixda birinchi marta Aristotelь tomonidan alohida fan nomi sifatida
ishlatilgan.
O’zbek tilida biz ishlatadigan “axloq” so’zi lug’aviy kelib chiqishiga ko’ra
arab tilidagi “xulq” so’zining ko’plik shaklini anglatadi. “Xalaqa” – arab tilida
“yaratmoq”, “paydo qilmoq” ma’nosidagi fe’l bo’lib, shu ma’noda Alloh taolo
“Xalloqi olam” ya’ni butun borliqning yaratuvchisi hisoblanadi. Arab tilida “xoliq”
– “yaratuvchi”, “maxluq” – “yaratilgan” (ya’ni Alloh taolo tomonidan yaratilgan
barcha mavjudotlar, jumladan, inson ham) ma’nolarini bildiradi. “Xulq” esa ana
shu yaratilgan mavjudotlardan har birining o’ziga xos tabiatini (tabiiy
xususiyatlarini) bildiradi. Islom mintaqa madaniyatida axloq ilmi insonlarning
tabiiy xislatlarini yaxshi tomonga o’zgartirib, axloqiy fazilatlarga aylantirish
masalasini birinchi o’ringa qo’yadi.
Ma’lumki, inson va jamiyat hayoti uch asosiy soha –iqtisod, siyosat va
ma’naviyat yo’nalishlarining murakkab chatishuvidan tashkil topadi. SHu
paytgacha jahon ilmida iqtisod va siyosat yo’nalishlari chuqur o’rganilgani holda
ma’naviyat sohasi alohida yaxlit voqelik sifatida yetarlicha tadqiq etilmadi va
alohida fan sifatida shakllanmadi. Bu sohaning muammolari odatda o’zaro
bog’lanmagan, chala-yarim holda “Falsafa”, “Ruxshunoslik”, “Jamiyatshunoslik”,
“Tarbiyashunoslik”, “Dinshunoslik” kabi qator fanlar doirasida tilga olindi. Ushbu
fanlarning barchasi bilan Yevropa ilmida uzoq vaqt ko’proq faylasuflar
shug’ullangani va turli faylasuflar tomonidan Borliq haqiqati turlicha talqin
qilingani tufayli bu fanlarning har biri aslida ma’naviyatga oid muammolarga o’z
asosiy mavzulari nuqtai nazaridan yondoshib, noto’kis xulosalar bilan
cheklanishga majbur bo’lishgan.
Shaxs – o’z ma’naviy kamolot imkoniyatlarini yuzaga chiqara boshlagan
inson (Bu hodisa – o’zlikni anglash deb aytiladi. SHu ma’noda, SHaxs – o’zligini
anglay boshlagan inson, deyish ham mumkin).
Inson - ma’naviy kamolot imkoniyatiga ega bo’lgan moddiy mavjudot (Insonning
6
ijtimoiy mavjudot ekanligi ham uning ma’naviy kamolot imkoniga ega ekanligidan
kelib chiqadi).
Ma’naviyat nuqtai nazaridan shaxs tushunchasiga yondoshuvimizda ikki
holatni ko’zda tutish lozim:
1) Biz har bir o’zga insonni shaxs sifatida qabul qilmog’imiz joiz, chunki
unga yaratilishdan bu imkoniyat Xalloqi olam tomonidan berilgan. O’zga inson
dilidagini biz bilmaymiz, shu sababli zohiriy ko’z bilan undan xatolar izlashimiz,
unda ma’naviy noqislik ko’rishimiz Inson odobiga, ma’naviyat talablariga xilofdir.
2) Har bir inson o’zini shaxs sifatida anglar ekan, tinimsiz ma’naviy
kamolot imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, ya’ni o’zligini anglash jarayonida
bo’lmog’i joiz sanaladi. Bu jarayon to’xtagan onidan uning SHaxs sifatidagi
tanazzuli boshlanadi.Hozirgi davrda O’zbekistonda amalga oshirilayotgan tub
o’zgarishlar va islohotlar natijasida, jahon tsivilizatsiyasi talablariga mos keladigan
hamda
milliy ma’naviyatimiz an’analariga asoslangan, yangicha yashash
tamoyillari ustuvorligini ta’minlash vazifalari hal qilinmoqda. Respublikamiz
jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi sifatida o’z taraqqiyot yo’lini mustaqil
belgilab oldi. O’tgan davrning sinfiy-partiyaviy mezonlari va hukmron mustabidlik
mafkurasining tamoyillari o’tmishga aylandi. Ularning o’rniga yangicha jamiyatni,
ya’ni demokratik tamoyillarga asoslangan fuqarolik jamiyatini qurish, jamiyat
a’zolarining maqsad-muddaolari, orzu-intilishlari va kelajak niyatlarini ifodalovchi
ma’naviy-axloqiy rivojlanish strukturasi va uning omillari shakllanmoqda. Bugun
bu omillarning samaradorligini oshirishga mazkur jarayonlar asnosidagi turli
muammolarni hal qilish, turli vazifalarni yechish bilan bog’liq bo’lgan masalalar
dolzarbligi bilan ajralib turibdi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq
xalqimiz ma’naviy-axloqiy merosini qayta tiklash va undan jamiyatni ma’naviy
yangalashda unumli foydalanish zarurati tug’ildi. CHunki, “jamiyat taraqqiyotidagi
har qanday o’zgarishlar, yangiliklar, ayniqsa, insoniyat rivojiga turtki beradigan
jarayonlar, kashfiyotlar o’z-o’zidan yuz bermaydi. Buning uchun avvalo asriy
an’analar, tegishli shart-sharoit, tafakkur maktabi, madaniy-ma’rifiy muhit mavjud
bo’lmog’i kerak. Millatning tabiatida, qonida, nasl-nasabida ezgulik va ma’rifat
sari intilish mafkurasi va qonuniyati jo’sh urishi lozim.”
1
Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov, – “har bir kishi, millat, xalq o’z
tarixini bilishni istaydi, shuning uchun olimlarimiz o’zbek xalqining tarixiy
o’tmishi, o’zligi, ma’naviyati va madaniyati to’g’risida ilmiy yaxlit kontseptsiya
yaratishlari zarur,”
2
– deb ta’kidlaydi. “Biz xalqni nomi bilan emas, balki
madaniyati,
ma’naviyati orqali bilamiz, tarixining tag-tomirigacha nazar
tashlaymiz.”
3
Yurtboshimizning fundamental ahamiyatga ega ushbu ko’rsatmalari
o’tmish ajdodlarimiz yaratgan ma’naviy- axloqiy merosni chuqur o’rganish va bu
masalalarga ziyolilarimiz e’tiborini qaratish orqali yosh avlod tarbiyasida va
1
Karimov I.A. “Jamiyat mafkurasi xalqni-xalq, millatni millat qilishga xizmat qilsin”. Toshkent. “O’zbekiston”,
1998 y.
2
Karimov I.A. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”. Toshkent. “O’zbekiston”, 1998 y.
3
Karimov I.A. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”. Toshkent. “O’zbekiston”, 1998 y.
7
yangi jamiyat asoslarini yaratishda ulardan unumli va o’rinli foydalanishga zamin
yaratadi.
I.A.Karimov O’zbekiston Prezidenti lavozimiga saylangan dastlabki
kunlardan beri millatning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga birinchi darajali e’tibor
qaratib kelmoqda. Hali sho’rolar tuzumi mavjud paytidayoq - 1990 yil 24 mart
Oliy Kengash sessiyasida O’zbekistonda birinchi marta prezident lavozimi joriy
etilib, Islom Abdug’aniyevich Karimov ushbu lavozimga munosib topilgach,
O’zbekiston Prezidenti “xalqni ma’naviy yuksaltirish, insonni axloqiy va ma’naviy
yuksaltirish” masalasi davlat rahbarining eng muhim vazifalaridan ekanligi alohida
ta’kidlab o’tgan edi.
4
“Ma’naviyat” so’zini yuqori doiralarda ishlatish mutlaqo urf
bo’lmagan o’sha zamonlarda bu mutlaqo yangicha yondoshuv, o’sha paytlar
respublika rahbari uchun katta jasorat edi.
O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning milliy mustaqilligimiz ikkinchi
yilida e’lon qilingan “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” risolasida
alohida
bob
“Mustaqil O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy
negizlari” deb nomlandi va unda ilk bor xalq ma’naviyati va axloqining o’zaro
bog’liqligi ta’kidlanib ularni rivojlantirish masalalari batafsil tahlil etildi.
5
Prezident I.A.Karimov doimo iqtisod, siyosat va ma’naviyat va axloqning
uyg’un rivojlanishi zarurligini ta’kidlab keladi: “Davlat qurilishi, iqtisodiy
rivojlanish jarayonlari ma’naviy kamolot, yuksak axloqiylik bilan to’la uyg’un
bo’lmog’i kerak.»
6
Chunki mustaqilligimizning uch tayanchi - mustaqil milliy
siyosat, iqtisodiy qudrat va xalq ma’naviyati bir-biri bilan chambarchas bog’liq.
Agar siyosiy mustaqillik bo’lmasa, millat asta-sekin o’zligini yo’qota boradi,
iqtisodiy mustaqillik bo’lmasa, siyosiy mustaqillikning zamini mo’rt bo’ladi.
Ammo ma’naviy mustaqillik bo’lmasa, millatning o’zi bo’lmaydi. Faqat ularning
o’zaro uyg’un rivoji ta’min etilsagina, O’zbekiston ulug’ yurt sifatida jahon
hamjamiyatida o’z munosib o’rnini egallay oladi.
Insonga faqat atrof-voqelik haqida, odobu axloq qoidalari haqida bilim
berishning o’zi uning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi uchun yetarli bo’lmaydi. Unda
iroda qudrati, mas’uliyat tuyg’usini shakllantirish, ko’nglida atrof-tabiatga,
mehnatga, kasbga, ilmga, o’zga insonlarga mehr uyg’otish, dilida ulug’ maqsadlar
tug’ilishiga erishish lozim. Masalan, tan olib aytish kerakki, Vatan yoki Adolat
tuyg’usi haqida kitoblarda yozilganlarni o’qib chiqqan odam darhol Vatanning
qadriga yetadigan, yoki Adolatga xiyonat qilmaydigan bo’lib qoladi, deb tasavvur
qilish o’ta soddalik bo’lur edi. Har bir inson Vatan, Millat, Adolat timsol-
tushunchalarining o’z ruhidagi poydor ma’naviy qadriyatlarga aylanishi uchun
o’zgalar ibratida sinashi, bu yo’lda riyozat chekishi, ularga nisbatan ko’nglida
mehr uyg’onishi zarur. Bunga turli yo’llar, turli vositalar bilan, birinchi navbatda
yosh avlod tarbiyasiga samimiy (chin ko’ngildan) va izchil yondoshuv, tinimsiz
izlanishlar bilan erishiladi.
“Bizning ulug’ ajdodlarimiz, - deb yozadi Prezident, - o’z davrida komil
inson haqida butun bir axloqiy mezonlar majmuini, zamonaviy til bilan aytganda,
4
I.Karimov. Istiqlol va ma’naviyat. T.-«O’zbekiston»-1994, s. 65
5
I. Karimov. Asarlar. 1-jild, s. 76-85
6
Islom Karimov.Asarlar. 3-jild, s. 354
8
sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanliklarini eslash o’rinli deb bilaman.”
7
Shu gapga kichik bir misol:
Ma’lumki, imon-e’tiqod ma’naviyatning umurtqa pog’onasi hisoblanadi.
Xalqimizda birovni “imonsiz” deb atash eng og’ir haqoratdir. Biz dinimiz islom
deymiz, Qur’oni karimda yozilishicha, Alloh bani basharni o’ziga ibodat qilish
uchun yaratgan. Lekin ko’pchilik islomiy ibodatlar deganda, namoz, ro’za, zakot,
haj amallarini ko’z oldiga keltiradi. Buyuk tasavvuf piri Bahouddin Naqshband esa
Rasululloh (sav)ning quyidagi hadisini keltiradi: “Ibodat o’n qismdir, uning o’ndan
to’qqizi halol rizq topish harakati, qolgan barcha ibodatlar o’ndan birini tashkil
etadi.” Ahmad Yassaviy va Abduxoliq G’ijduvoniylarning piri murshidi
hisoblangan
shayx
Yusuf
Hamadoniyning
“Hayot
mezoni”
asarida
Payg’ambarimizning
yana
bir
hadislari
keltiriladi:
“Musulmon
bo’lmagunlaringizcha jannatga kirmaysizlar, bir-birlaringizga samimiy mehr
qo’ymagunlaringizcha musulmon bo’lmaysizlar.” SHu sababli biz
farzandlarimizga imonning asosiy sharti halollik, adolat va insonga, tabiatga mehr
deb uqdirishimiz, nafaqat uqdirishimiz, balki shu yo’lda o’zimiz ibrat bo’lishimiz
shart.
8
Prezident kitobida “inson ma’naviy olamining yuksalishi” deganda nimani
tushunish kerak, degan savolga aniq va lo’nda javob berilgan: “Ollohning o’zi
bizga buyurgan komil inson bo’lish, halollik va adolat bilan hayot kechirish”
9
.
Ammo muallif yana ta’kidlaydiki, ushbu qoidani tushunish va e’tirof etishning o’zi
kifoya emas, balki ayni shu e’tiqodga amal qilib yashash – “odamzotning
ma’naviy boyligini belgilab beradigan asosiy mezon”dir.
“Takror aytishga to’g’ri keladi – ota-onalar, ustoz-murabbiylar bu masalada
hushyorlikni yo’qotmasligimiz, yoshlar tarbiyasida aslo beparvo bo’lmasligimiz
zarur.”
10
Prezidentning hushyorlikni yo’qotmaslik, beparvo bo’lmaslik xususidagi
uqdirishlarini to’g’ri tushunadigan bo’lsak, bu degani yosh avlodga to’g’ri ta’lim
berish bilan birga, har bir aytgan so’zimizga avvalo o’zimiz rioya qilishimiz kerak
bo’ladi. Masalan, “ilm ol” dedikmi, o’zimiz umr bo’yi ilmimizni oshirib, puxtalab
borishdan to’xtamasligimiz kerak; “halol va adolatli bo’l” dedikmi, o’zimiz
farzandlarimizni halol luqma bilan boqayotganimizga, o’z foydamizni ko’zlab
birovga zulm bo’ladigan xatti-harakatdan saqlanishga qat’iy urinmog’imiz lozim
bo’ladi. Ana shundagina bolalarimiz kelajagidan xotirjam bo’lishimiz mumkin.
“O’z-o’zidan ravshanki, bugungi zamon voqelikka ochiq ko’z bilan, real va
hushyor qarashni, jahonda va yon atrofimizda mavjud bo’lgan, tobora kuchayib
borayotgan ma’naviy tahdid va xatarlarni to’g’ri baholab, ulardan tegishli xulosa
va saboqlar chiqarib yashashni talab etmoqda.”
11
Albatta, barcha muammolarni bir kunda, bir hamla bilan yechib bo’lmaydi.
Ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash bir umrlik ish. Mustaqilligimiz bu sa’y-
harakatlarimiz samarali bo’lishining ishonchli kafolatidir. Ammo har bir ishda
7
SHu asar, s.118.
9
Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch, s.25.
10
SHu asar, s.15.
11
SHu asar, s.118-119.
9
yolg’on qadamlardan, oson yechimlar qidirishdan ehtiyot bo’lmog’imiz juda
muhim. Har bir ishda qiyinchilikni bo’yniga olgan odam haqiqiy yutuqqa erishadi.
Ayniqsa, biz ziyolilar, yosh avlod tarbiyachilari o’z vazifamizga mas’uliyat bilan
yondoshsak, “farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-
bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash”
12
dan, shu yo’l bilan
ular ongida “mafkuraviy immunitet” hosil qilishga urinishdan charchamasak,
millatimiz yana buyuk millat bo’ladi, avlodlarimiz ajdodlarimizga munosib qudrat
kasb etadi. Muallimning mehnati samarasi uzoq kelajakka ulanib ketadigan ezgu
mehnat. Keling, avlodni boqiylikka eltuvchi mehnatdan erinmaylik, toki
Prezidentimizning, xalqimizning yorug’ orzulari ushalsin, “yoshlarimiz milliy
o’zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam
tashlaydigan insonlar bo’lib yetishsin”.
Ma’naviyat sohasi Hinduston va Xitoyda ko’proq imon-e’tiqod va falsafa
bilan bog’liq holda talqin etilgan bo’lsa, Yevropa ilmida asosan “Etika” fani
tarkibida o’z aksini topdi. Masalan, inson baxti, uning hayotdan maqsadi, umuman,
inson hayotining ma’nosi masalalari aslida ma’naviyatga oid muammolar bo’lib,
ular haqida ko’p o’rinda “Axloqshunoslik” (Etika) fani tarkibida bahs olib
borildi.
Axloq – mohiyatan ma’naviyatning insonlar aro munosabatlarda namoyon
bo’lishidir. Inson ilmi va imoni, dunyoqarashi va idroki uning xulqida o’ziga xos
tarzda aks etib, ma’naviyati axloqiy fazilatlar sifatida zohir bo’ladi. Ma’naviyat –
botiniy qudrat bo’lsa, har bir shaxsning axloqi o’zgalarga nisbatan munosabatida
bevosita ko’rinib turadi. SHu sababli axloq insof va adolat tuyg’usi, imon va
halollik kabi ma’naviyatning o’zak tushunchalarini inson amaliy faoliyatida
yuzaga chiqaruvchi hodisadir. Ma’naviyat - o’zlikni anglash, deymiz. O’zligini
anglab yetgan inson - ma’naviy yetuk shaxs hisoblanadi. Uning bizga zohir
bo’luvchi barcha insoniy fazilatlari qalbidagi ma’naviyat nurining jilolaridir.
Axloqiy qusurlar esa - insonning ko’ngil ko’zgusidagi zang va chirklarning
o’zgalar nigohiga namoyon bo’lishi. Bir jumla bilan ifodalaganda ma’naviyat
shaxsning o’zi uchun, o’z qalbiga qaratilgan, dil ko’zini yorituvchi nur, axloq
ushbu ma’naviyatning mazhari, o’zgalar nazdida namoyon bo’luvchi qirralari
majmui, desak bo’ladi.
13
Axloqshunoslik fani o’z mohiyatiga ko’ra insonga tashqaridan baho beradi,
unga mana bu -qusur, mana bu - fazilat deb insonning mavjud xislatlarini tahlil
qilib ko’rsatadi. Bu fan mavjud dalillarni qiyosiy o’rganib, ularga jamiyatda qabul
qilingan me’yorlardan kelib chiqib baho beradi. Ma’naviyat baho bermaydi, u
imkoniyatlardan so’zlaydi. “Ma’naviyat asoslari” fani insonga uning ichki
imkoniyatlarini ko’rsatadi, unga botiniy qudrat kasb etish yo’llarini o’rgatadi. Bu
fan inson qusurlarini qoralash bilan shug’ullanmaydi, balki fazilatlarning manbaini
qidiradi, ularni qanday hosil qilishni o’rgatadi. Ma’naviyat nuqtai nazaridan
qaraganda qoralash yoki oqlash qozilik, sud ishi, ilm bu bilan shug’ullanmagani
12
SHu asar, s.119.
13
Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish
ostonasida, T.: «O’zbekiton»,2011 yil.342 b
Abu Nasr Forobiy «Fozil odamlar shahri» T.: «G’afur G’ulom», 1993. 56 b
10
ma’qul. Axloqshunoslik inson xislatlarini boricha olib tahlil qiladi, “Ma’naviyat
asoslari” ularning hosil bo’lish asoslarini qidiradi.
“Ruhshunoslik” bugungi rivoji darajasida ijtimoiy fanlardan ko’ra tabiiy
fanlarga yaqinroq tursa, “Axloqshunoslik” sof ijtimoiy fan sifatida shakllandi.
Unda tarixiy-ijtimoiy yondoshuv yuqori, an’anaga ko’ra unda alohida inson axloqi
jamiyatda qabul qilingan axloq me’yorlariga nisbatan baholanishi keng tarqalgan.
Bu etikadagi normativlik xususiyati deyiladi. Ma’naviyat esa inson kamoloti uchun
imkon qidiradi, uni normativlash, ma’lum me’yorlarga bo’ysundirish yo’lidan
bormaydi.
Ma’naviyat insonning Borliq haqiqati bilan nisbatiga asos e’tiborini qaratadi.
Ma’naviyat insonni fanodan baqoga eltuvchi yagona yo’ldir. Asli falsafa ham,
barcha o’zga fanlar ham Borliq haqiqatini izlaydi, ammo “Milliy ma’naviyat
asoslari” fani o’z izlanishlarini, birinchidan, milliy ma’naviyatimizning teran
tomirlari bilan, ajdodlarimiz bizga qoldirgan bebaho ma’naviy meros bilan
bog’laydi, ya’ni muayyan insonlar qo’lga kiritgan tarixiy tajribaga tayanadi, uning
asosida xulosalar qiladi. Ikkinchidan, faqat mantiqiy, ilmiy tafakkurga tayanib
qolmay, o’zga tafakkur yo’nalishlarga ham keng e’tibor qaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |