Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
74
Samandarning fe’lini yaxshi bilgan kishi «bu malla odamni tashqariga sochilmay, ichiga 
yutilgan dardlari sarg‘aytirib yuborgan», degan xulosaga keluvi tayin edi. 
Samandar indamay qo‘ya qolgani bilan qaynotasi jim turmadi: qizi Nafisani obdon 
siquvga oldi. Otasining gaplari ta’sir qildimi yoki sog‘inch dardi qarib, kuchdan qoldimi, 
harholda Nafisaning eriga bo‘lgan munosabati yaxshi tomonga o‘zgardi. Ikkovlari 
chinakam er-xotin martabasiga yetishganday edilar. Samandar uchun kutilmaganda 
Nafisa bu yerga kelish ixtiyorini bildirib, sog‘inganini ma’lum qildi. 
Ertalab nonushtada Samandar vertolet uchuvchisiga «tayyorlan, shaharga tushib, 
yangangni olib kelasan», deb tayinladi. Vertolet uchishga ulgurmay uning o‘zini markaz 
chaqirtirdi. Buyruq qisqa, ayni choqda tushunarsiz edi: «So‘nggi ma’lumotlar masalasida 
tezda Moskvaga yetib keling». 
Vertolet harbiy aerodromdagi o‘z maydonchasiga qo‘ngach, novvotrang «Volga» 
yonida turgan polkovnik uni qarshilab, o‘zini tanishtirdi-da, «Sizni kuzatib borish menga 
topshirilgan», deb vazifasini bayon qildi. So‘ng markazni nima qiziqtirayotganini aytdi. 
— Men uyga kirib-chiqishim kerak, ba’zi hisob-kitoblarim uyda, — dedi Samandar. 
Polkovnik avvaliga norozi bo‘ldi. Samandar bu qog‘ozlarsiz Moskvaga borish foydasiz 
ekanini aytgach, noiloj ko‘ndi. 
Samandar uyga kirdi-yu, nima uchun kelganini unutdi. 
Abduqayum yanglishmagan edi: 
... yarim soatcha qolib ketdi... 
To‘g‘ri, buning orasida tashqariga bir chiqdi. O‘sha onda qo‘shni ayolga yo‘liqdi. 
Zinadan pastga tushayotib, nima uchun kelganini esladi-da, iziga qaytdi. Uning bu 
harakatini kuzatgan qo‘shni ayol «jinni-pinni bo‘lib qolganmi yo mastmi?» deb o‘yladi. 
Ziyrak nigohi «bu telbaning» panjalari qon ekanini ham il-g‘adi. «Bir balo bo‘ldi» dedi-
yu, o‘zini tezda ichkariga oldi. 
Samandar uyiga qaytib, garangsigan bir ahvolda xonasiga kirdi-da, po‘lat javondan 
kerakli qog‘ozlarini oldi. Qo‘lidagi qon yuqini yuvib tashlash xayoliga ham kelmadi. Faqat 
mashinaga o‘tirganida polkovnik «qo‘lingizga nima qildi?» deb so‘ragach, panjalariga 
qarab ajablandi. Beixtiyor ravishda «shisha tilib ketdi», dedi. Yaxshiki polkovnik 
«qanaqa shisha? Qanday tarzda?» deb ezmalanmadi. Buning o‘rniga haydovchidan 
«aptechkang bormi?» deb so‘radi. Rad javobini olgach, cho‘ntagidan ro‘molcha chiqarib, 
Samandarga uzatdi-da, «Bog‘lab oling, samolyotda aptechka bo‘lishi kerak», dedi. 
Samandar ro‘molchani qon tekkan panjalari ustiga tashlab, holsizlanayotganini his 
qildi. Ko‘ngli aynidi. O‘rindiqqa suyanib, ko‘zlarini yumdi. Ko‘z oldini qoplagan qora parda 
birdan qizil rang oldi. Samandar go‘yo qon girdobida qolganday bo‘ldi. Bu qon girdobi 
orasidan behisob qonli panjalar ko‘tarilib uni bo‘g‘a boshladi. Nafasi qaytib, baqirib 
yuboray dedi. Shoshilib ko‘zlarini ochdi. 
Uchoqqa chiqqunlaricha ko‘ngli behuzur bo‘lib ancha toqatsizlandi. Uchoq o‘rnidan 
qo‘zg‘olmay turib polkovnik ensiz doka, dori ko‘tarib kelib, «yarangizni bog‘lab qo‘yay», 
dedi. Garang bo‘lib o‘tirgan Samandar «qanaqa yara?» deb yuborishiga sal qoldi. 
Yaxshiki qo‘lini «shisha tilib yuborgani» esiga tushdi. «O‘zim yuvib, bog‘layman», deb 
doka, dorini olib hojatxonaga o‘tdi, Qo‘lini yuvdi. Uchoq chayqala boshlagach, o‘zini 
tutolmay qayt qildi. So‘ng yuzlarini yuvib, ko‘zguga qaradi. Ko‘zguda uning aksi emas, 
Nafisaning «gunohim nima?» deb baqraygan ko‘zlarini ko‘rib, qo‘rqib ketdi. Beixtiyor 
orqasiga tisarildi. Ko‘zgudagi baqraygan nigoh yo‘qolib, o‘zining aksi ko‘rindi. Malla rangi 
oqarib o‘lik tusini olganday tuyuldi o‘ziga. Yuzlariga asta shapatiladi. So‘ng panjasini 
doka bilan betartib ravishda bog‘lab joyiga qaytdi. Polkovnik uning bog‘langan qo‘liga 
ajablanib qaradi-yu, «adashdim shekilli», deb o‘ylab indamadi. Yo‘q, polkovnik 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish