Mavzu №3: Boshqaruvchi rahbar shaxsiga qoʼyiladigan talablar. Boshqaruvchi rahbar shaxsi va lider tushunchasi. Reja



Download 140,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana02.08.2021
Hajmi140,89 Kb.
#135854
  1   2   3   4   5
Bog'liq
МАВЗУ-3



Mavzu №3: Boshqaruvchi rahbar shaxsiga qoʼyiladigan talablar. 

Boshqaruvchi rahbar shaxsi va lider tushunchasi. 

Reja: 

1. 


Rahbarlik sifatlari.  

2. 


Rahbarning boshqaruv mavqei.  

3. 


Rahbar uchun muloqot turlari va ijtimoiy holatlarni boshqarish 

4.         Lider xususiyatlari xakidagi kontseptsiyalarning talkini va taxlili. 

 

3.1.Rahbarlik sifatlari. Yuqorida aytib otilganidek rahbarda tugma qobiliyat boladi deb ham 



aytib bolmaydi, ikkinchi tomondan, rahbar vaziyatga qarab stixiyali tarzda tarbiyalanib 

ketaveradi, deb ham bolmaydi. Minglab shaxs sifatlari ichida koplari rahbarlik uchun qulay va 

maquldir. A.V. Petrovskiy ana shunday ijobiy sifatlardan bir yarim mingini sanab chiqqan. Lekin 

ularning barchasini umumlashtiradigan, albatta bolishi lozim bolgan ayrim sifat, qobiliyatlar 

borki, ular haqida qisqacha toxtalib otmoq lozim. 

 

Avvalo, har qanday rahbarda intellekt 



— aql-zakovatning malum normasi bolishi kerak. 

Bu norma yaxshi rahbar uchun ortadan yuqori bolmogi maqsadga muvofiqdir, chunki geniy 

darajasidagi intellektga ega bolgan rahbar bilan ishlash xodimlar uchun qator noqulayliklarni 

keltirib chiqarishini, bunday aql-zakovat qolganlarning ijobiy rivojlanishiga psixologik tosiq 

bolishini amaliyot va hayot korsatdi. Rahbardagi ortadan yuqori intellektni qoplab ketadigan 

yana boshqa muhim sifatlar borki, ular boshqarish ishining samarasiga ijobiy tasir korsatadi. 

 

Masalan, rahbarning mustaqil fikrlilik, topqirlik, tashabbuskorlik sifatlari. Chunki, ayrim 



hollarda xato qilsa ham, rahbar original fikrlar aytib, yol-yoriqlar korsata olishi, har bir aytilgan 

fikr, qilingan ishga mustaqil baho bera olishi zarur. 

 

Chunki mustaqillik shaxs qiyofasini belgilovchi muhim psixologik xususiyatdir. 



 

Rahbarda mustaqillik bolsa, unda oziga ishonch ham boladi, bu esa oz navbatida 

rahbardagi subyektiv talablar darajasining yuqori bolishiga olib keladi. Kopincha, rahbarning 

boshqalarga talabchanligi haqida gapiriladi, lekin yaxshi rahbar avvalo oz-oziga nisbatan 

talabchan bolishi kerak. Oz-ozini baholash va shu asosda boshqalarga nisbatan munosabatlar 

tizimini ishlab chiqishi muhim bir omildir. 

 

Har qanday rahbar uchun universal, kerak bolgan hislatlardan yana biri tom manoda 



“ziyoli" bolish yoki, boshqacha qilib aytganda, madaniyatli bolishdir. Boshliq ozidagi 

madaniyatni avvalo muomalada, odamlar bilan boladigan kundalik muloqotlarda namoyon 

etmogi lozim. Muomala madaniyati 

— bu orinli, aniq, qiska, samimiy gapirish sanati va ikkinchi 

tomondan, suhbatdoshni tinglash qobiliyatidir. Chunki, boshliq bilan xodimlar ortasida kelib 

chiqadigan shaxsiy ziddiyatlarning asosida yo tinglay olmaslik yoki gapni togri yosinda gapira 

olmaslik yotadi. Ozganing orniga tura olish, uning his-kechinmalariga sherik bolish, empatiya 



hissining borligi, dialoglarda sabr-toqatlilik va boshqalar muloqot madaniyatining muhim 

tomonlaridir. 

 

Jamoa faoliyatini va oz faoliyatini rejalashtirish qobiliyati rahbar uchun muhim bolgan 



talablardan biridir. Chunki rejalashtirish asosida oz-ozini boshqara olish va boshqalarni tashqi 

faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda boshqara olishni taminlovchi muhim psixologik xususiyat 

yotadi. Rejalashtirish 

— bu oziga xos kelajakni kora olish kobiliyati, kelajak obrazi bolib, bu 

narsa shaxsning qanchalik kamol topganligi va maqsadga intiluvchanligining muhim belgisidir. 

Bu juda murakkab psixologik jarayon bolib, u shaxsning oz diqqatini qanchalik omilona tarzda 

boshqarishi, uni faqat muhim narsalarga qarata olishi, vaqtdan tez foydalana olish, ortiqcha 

ishlardan ozini tiyish, qol ostidagilarga, imkoni boricha, ularning qobiliyatlariga qarab ish 

buyura olish va nihoyat, buyurgan ishni oz vaqtida nazorat qilib, sorab olish imkoniyati bilan 

bogliq. Oz ishini puxta rejalashtirish qobiliyatiga ega bolgan rahbar realistik tafakkurga ega 

bolmogi, yani har qanday sharoitlarda ham osha muammo yoki ishga taalluqli barcha alternativ 

variantlardan eng togrisi va maqsadga muvofiqini tanlay oladigan, ishni togri tashkil eta bilgan

yani eng kam kuch va vaqt sarflab ishni uddalay olgan, noaniq yoki tasodifiy vaziyatlarda ham 

ish taktikasini togri yolga yonaltira oladigan odam bolishi kerak Bundan tashqari, yaxshi rahbar 

uchun oldida turgan ishning har bir alohida detallarigacha tasavvur qilib, uni amalga oshirishning 

barcha bosqichlari va vositalarini oldindan kora bilish qobiliyati ham zarur. Shunday 

taqdirdagina u ishga dadil kirishishi, ozgalarni oz ortidan ergashtirishi va ishlab chiqarishda 

yuksak korsatkichlarga erishishi mumkin. 

 

Yuqorida aytib otilgan rahbarlik sifatlari ichida eng muhimi, tabiiyki, psixologik 



mahoratni talab etgani 

— odamlar bilan ishlash mahoratidir. Jamoa azolari bilan samarali ishlash 

uchun esa boshliq ularning psixologiyasini, har bir azo psixologiyasini va guruh psixologiyasini 

yaxshi bilishi zarur, chunki 

‘‘ozgalar psixologiyasini bilish ular ustidan hukmronlikning yagona 

yolidir", 

— deb yozishgan edi ingliz olimlari. Ijtimoiy psixologiyaning bu borada ham yaxshi 

vositasi 

— ijtimoiy psixologik trening uslubi borki, uning yordamida odamlar bilan ishlovchilar 

jamoani boshqarishning turli usullariga muvaffaqiyatli tarzda tayyorlanmoqdalar. 

 

 


Download 140,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish