Badiiy gimnastika mashqlari
Badiiy gimnastika mashqlari ayollar tarkibi (kontingenti) bilan
o’tkaziladigan mashg’ulotlarda qo’llaniladi. Ular vazifalariga ko’ra erkin
mashqlarga yaqin turadi, biroq buyumlarsiz (to’lqinlar, muvozanatlar,
burilish, sakrash va h.k.) va buyumlar (halqa, to’p, bulavalar, arg’amchi,
lenta) bilan bajariladigan o’ziga hos (spetsifik) elementlardan tashkil
topadi. Badiiy gimnastika vositalariga, shuningdek, raqs elementlari ham
kiritiladi. Turli hil harakatlar o’quv va sport kompozittsiyalariga
birlashtiriladi. Alohida mashqlar va kombinatsiya-lariga musiqa jo’rligida
bajarilishi harakatlar plastikasini rivojlantirish, ularni ifodaliligi, estetik
hislatlarini tarbiyalashning samarali vositasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |