Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


Dehqonchilik  maxsulotlari  etishtirishga  ixtisoslashayotgan



Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/130
Sana31.07.2021
Hajmi1,79 Mb.
#134397
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   130
Bog'liq
Ер ҳуқуқи ўқув қўлланма (лотин алифбосида)

Dehqonchilik  maxsulotlari  etishtirishga  ixtisoslashayotgan  fermer 
xo‘jaliklariga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami: 
- paxtachilik va g‘allachilik uchun - kamida 30 gektarni; 
-  bog‘dorchilik,  uzumchilik,  sabzavotchilik  va  boshqa  ekinlar  etishtirish 
uchun - kamida 5 gektarni tashkil qiladi.  
Fermer  xo‘jaligiga  yer  uchastkasi  imkoni  boricha  yagona  mavze  bo‘yicha, 
konturlar yaxlitligi saqlab qolingan holda beriladi, uchastka chegaralari sug‘orish 
tarmoqlari,  qollektorlar,  yo‘llar  va  boshqa  topografik  elementlar  bo‘yicha 
belgilanadi.  Fermer  xo‘jaligiga  berilayotgan  yer  uchastkasi  boshqa  yerdan 
foydalanuvchilarning  yerlardan  foydalanishi  uchun  noqulayliklar  vujudga 
keltirmasligi kerak. 
Fermer  xo‘jaligiga  ijaraga  berilgan  qishloq  xo‘jaligi  yerlari,  ekinlaridan 
qishloq  xo‘jaligi  ekinlari  shartnomasida  nazarda  tutilmagan  belgilangan 
maqsadlardan  boshqa  maqsadlarda  foydalanilishi  yer  to‘g‘risidagi  qonunlarni 
qo‘pol ravishda bo‘zish deb hisoblanadi. 
Fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha matyeriallar 
tuman yer tuzish xizmati organlari tomonidan davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga 
tayyorlanadi.  Yer  uchastkalari  berish,  qoidaga  ko‘ra,  fermer  xo‘jaligini  tashkil 
etish  va  yer  uchastkasini  ijaraga  olish  to‘g‘risidagi  barcha  hujjatlar  qishloq 
xo‘jaligi ekinlari yig‘ishtirib bo‘lingan muddatda rasmiylashtirilgan holda amalga 


111 
 
 
oshiriladi.  Eng  ko‘p  yakuniy  ball  to‘plagan  talabgor  tanlov  g‘olibi  deb  komissiya 
raisi tomonidan e’lon qilinadi.  
Fermer xo‘jaligiga yer berishning keyingi jarayonida tuman yer resurslari va 
davlat  kadastri  bo‘limi  tomonidan  besh  kun  muddatda  yer  uchastkasini  ijaraga 
berish  shartnomasi  tayyorlanadi.  Bu  shartnoma  viloyat  xokimining  ijobiy  qarori 
qabul  qilingandan  keyin  tuman  xokimi  va  fermer  xo‘jaligi  boshlig‘i  tomonidan 
imzolanadi.  Shartnomaga,  uning  ajralmas  qismi  sifatida  fermer  xo‘jaligi  yer 
uchastkasining  xaritasi  ilova  qilinadi.  Yer  uchastkasi  xaritasida  qabul  qilingan 
belgilarga muvofiq barcha holatlar (sug‘orish, qollektor-drenaj va yo‘l tarmoqlari, 
yerlar, konturlarning tartib raqami, fermer xo‘jaligi chegaralari) to‘liq ko‘rsatiladi. 
Yer  uchastkasi  xaritasini  yer  resurslari  bo‘yicha  tuman  xizmati  boshlig‘i,  fermer 
xo‘jaligi  boshlig‘i  va  chegaradosh  yer  egalari,  yerdan  foydalanuvchilar  vakili 
imzolaydi.  Shartnomada  shuningdek  tuproq  bonitetining  o‘rtacha  aniqlangan  bali 
ko‘rsatiladi. 
Fermer xo‘jaligi boshlig‘iga ijaraga beriladigan yer uchastkasi chegaralarini 
ko‘rsatish  yer  resurslari  tuman  xizmati  vakili  tomonidan  chegaradosh  yer  egalari 
va yerdan foydalanuvchilar vakillari ishtirokida, shartnoma tuzilgandan keyin besh 
kun muddatda amalga oshiriladi. Agar chegara suvsiz yerlar bo‘ylab o‘tsa, u holda 
chegara  shudgorlanadi,  burilish  burchaklariga  esa  chegara  belgilari  qo‘yiladi. 
Yerlarni ko‘rsatish dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma yer resurslari 
bo‘yicha tuman xizmati vakili, chegaradosh yer egalari va yerdan foydalanuvchilar 
vakillari hamda fermer xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan imzolanadi. Dalolatnoma ikki 
nusxada tuziladi, ulardan bittasi yer resurslari bo‘yicha tuman xizmatida, ikkinchisi 
fermer xo‘jaligi boshlig‘ida saqlanadi. 
Yerlarni  ijaraga  berishni  rasmiylashtirish  ishlari  tugallangach  yer  tuzish 
yig‘majildi tayyorlanadi, unda quyidagi hujjatlar mavjud bo‘ladi: 
- fuqaroning fermer xo‘jaligi tashkil etish to‘g‘risidagi arizasi; 
-  yer  egasining  yoki  yerdan  foydalanuvchining  yer  uchastkasi  ajratish 
to‘g‘risidagi qarori; 


112 
 
 
- yer uchastkalari berish (sotish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tuman 
komissiyasining  yer  uchastkasini  ijaraga  berishning  maqsadga  muvofiqligi 
to‘g‘risidagi  xulosasi  yoki  mazkur  komissiya  tomonidan  o‘tkazilgan  tanlov 
yakunlari to‘g‘risidagi protoqol; 
-  tuman  va  viloyat  xokimining  fermer  xo‘jaligiga  yer  uchastkasini  ijaraga 
berish to‘g‘risidagi qarori; 
- yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi; 
- fermer xo‘jaligining biznes-rejasi yoki faoliyat dasturi; 
- fermer xo‘jaligining yer uchastkasi chegaralarini ko‘rsatish dalolatnomasi. 
Yig‘majild ikki nusxada tayyorlanadi, ulardan bittasi yer resurslari va davlat 
kadastri  bo‘yicha  tuman  bo‘limida,  ikkinchisi  fermer  xo‘jaligi  boshlig‘ida 
saqlanadi.  Fermer  xo‘jaliklariga  berilgan  yer  uchastkalari  qonun  hujjatlarida 
belgilangan  tartibda  yer  egalari  va  yerdan  foydalanuvchilarning  yer-kadastr  va 
huquqni  belgilovchi  hujjatlariga  tegishli  o‘zgartirishlar  kirtilgan  holda  qishloq 
xo‘jalik  kooperativlari  (shirkat  xo‘jaliklari),  boshqa  qishloq  xo‘jaligi 
korxonalarining balansidan chiqariladi. 
Yer  uchastkasini  uzoq  muddatli  ijraga  berish  shartnomasi  yer  resurslari  va 
davlat  kadastri  bo‘yicha  tuman  bo‘limida  ro‘yxatdan  o‘tkaziladi  va  fermer 
xo‘jaligining  yer  uchastkasini  ijaraga  olganlik  huquqini  tasdiqlovchi  hujjat 
hisoblanadi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Maxkamasi  tomonidan    2014  yil  7 
yanvarda qabul qilingan “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazish  tartibini  takomillashtirish  to‘g‘risida”  1-son  qarori 
13
ga  asosan  fermer 
xo‘jaliklari  o‘zlarining  yerga  bo‘lgan  huquqlarini  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazishlari 
shart. 
Fermer xo‘jaliklarini yer uchastkalariga nisbatan ijaraga olish huquqiga doir 
hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va rasmiylashtirish majburiy xarakat bo‘lib, 
uning  asosida  ularning  yer  uchastkalariga  bo‘lgan  huquqlari  belgilanadi  va 
                                                           
13
 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan  2014 yil 7 yanvarda qabul qilingan “Ko‘chmas mulkka 
bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1-son qarori.
 
 


113 
 
 
ro‘yxatga  olingan  paytdan  boshlab  e’tirof  etiladi.  Yer  uchastkalariga  bo‘lgan 
huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tadbiri fermerning ro‘yxatga olish organi
14
ga 
yozma  ariza  va  huquqni  belgilovchi  hujjat  hamda  yo‘riqnomaga  binoan  boshqa 
zarur hujjatlar bilan murojaat qilishidan boshlanadi. 
Yer  uchastkalariga  bo‘lgan  huquqni  ro‘yxatdan  o‘tkazish  quyidagi 
izchillikda amalga oshiriladi: 
- ariza qabul qilinadi; 
- ariza va unga ilova qilingan hujjatlar va matyeriallar tekshirib ko‘riladi; 
- arizalarni qabul qilish reestrida ariza qayd etiladi; 
- yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar ro‘yxatga olinadi; 
-  yer  uchastkasiga  bo‘lgan  huquqlar  ro‘yxatga  olinganligi  to‘g‘risidagi 
guvoxnoma sub’ektga beriladi. 
Yer  uchastkalariga  bo‘lgan  huquqlarni  ro‘yxatdan  o‘tkazish  ro‘yxatga 
oluvchi organ  arizani  ko‘rib chiqish  uchun qabul qilgan  kundan boshlab o‘n kun 
mobaynida  amalga oshiriladi  hamda  hujjatlar  ro‘yxatga  olish uchun berilgan kun 
va  vaqtda  ro‘yxatga  olingan  deb  hisoblanadi,  bu  xaqda  reestrda  qayd  etiladi. 
Huquq ustunligi ariza reestrda qayd etilgan sanalar bo‘yicha belgilanadi. 
Fermer  xo‘jaligining  yer  uchastkasiga  nisbatan  uzoq  muddatli  ijara  huquqi 
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi, fermer xo‘jaliklarining yerga nisbatan 
huquqlarini yuridik jixatdan tan olinishi deb hisoblanadi. 

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish