Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


IX BOB. QISHLOQ JOYLARDA YASHAYDIGAN FUQAROLARNING



Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/130
Sana31.07.2021
Hajmi1,79 Mb.
#134397
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   130
Bog'liq
Ер ҳуқуқи ўқув қўлланма (лотин алифбосида)

 
IX BOB. QISHLOQ JOYLARDA YASHAYDIGAN FUQAROLARNING 
YERGA EGALIK QILISH VA YERDAN FOYDALANISH HUQUQLARI 
1§. Fuqarolarning dehqon xo‘jaligini yuritish uchun meros qilib 
qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi 
 Dehqon    xo‘jaliklarining  yerdan  foydalanish  huquqi  O‘zbekiston 
Respublikasi  Yer  Kodeksi  (55-modda)  hamda  "Dehqon    xo‘jaligi  to‘g‘risida"gi 
qonunning  2-bobi  bilan  tartibga  solinadi.  "Dehqon    xo‘jaligi  to‘g‘risida"gi 
qonunning 1-moddasiga muvofiq “dehqon  xo‘jaligi oilaviy mayda tovar xo‘jaligi 
bo‘lib,  oila  a’zolarining  shaxsiy  mexnati  asosida,  meros  qilib  qoldiriladigan 
umrbod  egalik  qilish  uchun  oila  boshlig‘iga  berilgan  tomorqa  yer  uchastkasida 
qishloq xo‘jaligi maxsuloti etishtiradi va realizatsiya qiladi. 
Dehqon    xo‘jaligi  ixtiyoriylik  asosida  tuziladi  hamda  u  davlat  ro‘yxatiga 
olingandan va unga belgilangan tartibda yer ucgastkasi berilganidan keyin tashkil 
etilgan hisoblanadi. 


106 
 
 
Qishloq  xo‘jaligi  kooperativi  (shirkat  xo‘jaligi)  xar  bir  a’zosining,  boshqa 
qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari ham da tashkilotlari 
xar bir xodimining oilasiga, shuningdek qishloq joylarda yashovchi o‘qituvchilar, 
shifokorlar va boshqa mutaxassislarning oilalariga dehqon  xo‘jaligi yuritish uchun 
meros  qilib  qoldiriladigan  umrbod  egalik  qilishga  tomorqa  yer  uchastkasi  imorat 
va  xovli  egallagan  maydonni  ham    qo‘shganda  sug‘oriladigan  yerlarda  0,35 
gektargacha  va  sug‘orilmaydigan  (lalmikor)  yerlarda  0,5  gektargacha  o‘lchamda, 
cho‘l  va  sahro  mintaqasida  esa  -  sug‘orilmaydigan  (lalmikor)  yerlarda  1,0 
gektargacha o‘lchamda beriladi. 
Dehqon    xo‘jaligini  yuritish  uchun  beriladigan  yer  uchastkalarining 
o‘lchamlari  yer  resurslarining  mavjudligiga  qarab  belgilanadi.  Dehqon    xo‘jaligi 
yuritish  uchun  yer  uchastkalari  berish  to‘g‘risidagi  qaror  qonun  hujjatlarida 
belgilangan tartibda tuman xokimi tomonidan qabul qilinadi.  
Fuqarolarga dehqon  xo‘jaligi yuritish uchun 0,06 gektar doirasida tomorqa 
yer  uchastkalariga  meros  qilib  qoldiriladigan  umrbod  egalik  qilish  huquqi 
kimoshdi savdosi asosida realizatsiya qilinishi mumkin. 
Dehqon    xo‘jaligini  yuritish  uchun  tomorqa  yer  uchastkalariga  ega 
bo‘lmagan yoki ushbu qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonasi, muassasasi 
ham  da  tashkilotida  belgilanganidan  kam  o‘lchamdagi  tomorqa  yer  uchastkasiga 
ega  bo‘lgan  fuqarolarga  ana  shu  korxonalar,  muassasalar  va  tashkilotlarning 
egaligidagi  yoki  foydalanishidagi  yerlardan  belgilangan  normalar  doirasida  yakka 
tartibdagi polizchilik uchun foydalanishga qo‘shimcha yer uchastkalari beriladi. 
Qishloq  joylarda  yashovchi  va  o‘z  mulkida  chorva  mollari  bo‘lgan 
fuqarolarga  pichan  o‘rish  va  chorva  mollarini  o‘tlatish  uchun  vaqtncha 
foydalanishga yer uchastkalari berilishi mumkin. 
Dehqon    xo‘jaligi  yurituvchi  oilalar  o‘zlari  etishtirgan  maxsulotni  tasarruf 
etishda  mutloq  huquqqa,  shu  jumladan  uni  iste’molchilarga  o‘z  xoxishiga  ko‘ra 
realizatsiya qilish huquqiga ega. 


107 
 
 
Dehqon  xo‘jaligiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi 
asosida  oila  boshlig‘iga  beriladigan  yer  uchastkalari  tomorqa  yer  uchastkasi 
deyiladi.  Yer  qonunchiligida  tomorqa  yer  uchastkasiga  quyidagicha  ta’rif  beradi: 

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish