Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


§. Qishloq xo‘jaligiga moljallangan yerlarni berish tartibi



Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/130
Sana31.07.2021
Hajmi1,79 Mb.
#134397
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   130
Bog'liq
Ер ҳуқуқи ўқув қўлланма (лотин алифбосида)

2§. Qishloq xo‘jaligiga moljallangan yerlarni berish tartibi 
Qishloq  xo‘jaligiga  mo‘ljallangan  yerlar  avvalo,  qishloq  xo‘jaligi 
korxonalariga  beriladi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Yer  Kodeksida  belgilanishicha, 
qishloq  xo‘jaligiga  mo‘ljallangan  yerlar  qishloq  xo‘jaligini  yuritish  uchun  zarur 
bo‘lgan  qishloq  xo‘jaligi  yerlari  va  daraxtzorlar,  ichki  xo‘jalik  yo‘llari, 
kommunikatsiyalar,  o‘rmonlar,  yopiq  suv  xavzalari,  binolar,  imoratlar  va 
inshootlar  egallangan  yerlarga  ajraladi  (EK  43-modda). Shuningdek xaydaladigan 
yerlar, nichanzorlar, yaylovlar, tashlandiq yerlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar (bog‘lar, 
tokzorlar,  tutzorlar,  mevali  daraxt  kuchatzorlari,  mevazorlar  va  boshqalar) 
egallagan yerlar ham  qishloq xo‘jaligi yerlari jumlasiga kiradi. 
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ichida sug‘oriladigan yerlar muxim  
o‘rinni  egallaydi.  Sug‘orish  uchun  yaroqli  bo‘lgan,  suv  resurslari  shu  yerlarni 
sug‘orishni  ta’minlay  oladigan  sug‘orish  manbai  bilan  bog‘langan  doimiy  yoki 
muvakkat sug‘orish tarmog‘iga ega bo‘lgan yerlar sug‘oriladigan yerlar jumlasiga 
kiradi. 
Yer  uchastkalaridan  foydalanish  maqsadiga  qarab  qishloq  xo‘jalik 
korxonalari  yerlari  tovar  qishloq  xo‘jaligi  maxsuloti  etishtirishga  mo‘ljallangan 
hamda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarga (uy-joylar, binolar, inshootlar, 
yo‘llar  va  x.k..)  bo‘linadi.  Suv  bilan  ta’minlanganlik  darajasiga  qarab  qishloq 
xo‘jaligi korxonalari yerlari sug‘oriladigan  yerlar ham da lalmi  yerlari toifalariga 
bo‘linadi.  Yuqoridagilardan  tashqari,  qishloq  xo‘jalik  korxonalarning  yerlari 
xo‘jalik  yuritish  shakliga  qarab  jamoa  fondi  yerlari  va  dehqon    xo‘jaligi  yuritish 
uchun  ajratilgan  yerlar  toifalariga  bo‘linadi.  Ma’lumki  barcha  qishloq  xo‘jaligi 
uchun  mo‘ljallangan  yerlar  kimning  foydalanishida  bo‘lishidan  qat’iy  nazar, 
foydalanish  maqsadlari  hamda  qonunda  belgilangan  huquqiy  holatlariga  ko‘ra 
ma’lum  umumiy  o‘xshashlikka  ega.  Bunday  yerlardan,  ya’ni  qishloq  xo‘jaligi 


100 
 
 
uchun  mo‘ljallangan  yerlardan  foydalanish  huquqining  sub’ektlari  jismoniy  va 
yuridik shaxslar bo‘lishlari mumkin. Amaldagi yer qonunchiligiga binoan yerdan 
foydalanuvchilar ularga berilgan yerdan faqat qonunda ko‘rsatilgan maqsaddagina  
foydalanishlari  mumkin.  Masalan,  fermer  xo‘jaligi o‘ziga berilgan  yerdan  asosan 
qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadidagina foydalanishga xaqli. 
Yuqorida keltirilganidek, qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘zlariga biriktirilgan 
yerlarda  birinchi  navbatda  qishloq  xo‘jalik  ishlab  chiqarishini  amalga  oshirsalar, 
ikkinchi  tomondan  ular  yerdan  ishlab  chiqarish  binolari  qurish,  yordamchi 
xo‘jaliklar  barpo  etish,  qurilish  matyeriallarini  ishlab  chiqarish,  turar-joy  va 
ma’muriy binolar, madaniy-maishiy binolar qurish uchun ham  foydalanadilar. 
Qishloq  xo‘jalik  korxona  va  tashkilotlarini  yer  bilan  ta’minlash  amalda 
xo‘jaliklararo  yer  tuzish  usuli  bilan  o‘tkaziladi.  Bunday  yer  tuzish  ishlari 
bajarayotgan  paytda  yer  uchastkasi  chegaralanadi  va  uning  chegaralari  marzalar 
bilan belgilanadi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Yer  kodeksining  32-moddasida,  yer  uchastkasi 
ajratib  berilganda  bu  uchastka  chegarasi  natura  xolida  (yerning  o‘zida)  aniqlanib, 
o‘zga uchastkalardan marza va boshqa xil chegara belgilari bilan ajratib qo‘yilishi 
belgilab  qo‘yilgan.  Tegishli  yer  tuzish  organlari  yer  uchastkasi  chegaralari  joyda 
belgilaganlaridan  so‘ng,  yerdan  foydalanish  huquqini  tasdiqlovchi  hujjatni 
beradilar.  Bu  hujjat  tegishli  xokimiyat  organlari  tomonidan  beriladi  va  yerdan 
foydalanish huquqini tasdiqlovchi yagona yuridik hujjat bo‘lib hisoblanadi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  yer  qonunchiligiga
10
  ko‘ra,  qishloq  xo‘jaligiga 
mo‘ljallangan yerlar yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi. 
 
 
 
 
 
 
                                                           
10
 O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi 46-moddasi 


101 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
13-rasm. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni berish tartibi
 
-   
 

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish