Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


§. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanuvchilarning



Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/130
Sana31.07.2021
Hajmi1,79 Mb.
#134397
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   130
Bog'liq
Ер ҳуқуқи ўқув қўлланма (лотин алифбосида)

3§. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanuvchilarning 
huquq va majburiyatlari 
Yer kodeksining 39-moddasi yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer 
uchastkasi  mulkdorining  huquqlarini  o‘rnatadi.  Unga  ko‘ra,  yer  egasi,  yerdan 
foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori quyidagi huquqlarga ega: 
1) yer uchastkasida undan foydalanish maqsadiga muvofiq mustaqil xo‘jalik 
yuritish; 
2)  qishloq  xo‘jalik  ekinzorlari  va  ko‘chatzorlari  ham  da  dov-daraxtlarga, 
etishtirilgan  qishloq  xo‘jalik  maxsuloti  va  uni  realizatsiya  qilishdan  olingan 
daromadga bo‘lgan mulk huquqi; 
3)  yer  uchastkasidagi  mavjud  keng  tarqalgan  foydali  qazilmalar, 
o‘rmonzorlar,  suv  ob’ektlaridan  xo‘jalik  extiyojlari  uchun  belgilangan  tartibda 
foydalanish, shuningdek yerning boshqa foydali xossalarini ishga solish; 
4)  yerlarni  sug‘orish  va  ularning  zaxini  qochirish,  agrotexnika  va  boshqa 
melioratsiya ishlari o‘tkazish; 
5)  qishloq  xo‘jalik  ekinlarini,  dov-daraxtlarni  sug‘orish  ham  da  boshqa 
maqsadlar uchun sug‘orish manbalaridan limitlarga muvofiq suv olish; 
6)  belgilangan  tartibda  uy-joy  binolari,  ishlab  chiqarish,  madaniy-maishiy 
ham  da  boshqa  imoratlar  va  inshootlarni  barpo  etish,  yer  uchastkalaridan 
foydalanish  maqsadi  va  loyiha  hujjatlariga  muvofiq  ularni  qayta  qurish  va  bo‘zib 


103 
 
 
tashlash.  Yerdan  foydalanuvchilar  va  ijarachilar  bu  ishlarni  yer  egalari  bilan 
kelishib amalga oshirishga xaqli; 
7)  yer  uchastkasi  olib  qo‘yilgan  taqdirda  unga  etkazilgan  zararning  (shu 
jumladan  boy  berilgan  foydaning)  qoplanishini  yoki  yer  uchastkasidan  ixtiyoriy 
ravishda voz kechilganida sarflangan xarajatlarning to‘lanishini talab qilish; 
8)  yer  uchastkasini  yoki  uning  bir  qismini  qonun  hujjatlarida  belgilangan 
tartibda vaqtncha foydalanishga va ichki xo‘jalik ijarasiga berish. 
Yer egasi bo‘lgan fuqaro yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod 
egalik  qilish  huquqini,  shu  jumladan  kimoshdi  savdosi  asosida  olingan  shunday 
huquqni  dehqon    xo‘jaligi  yuritish,  yakka  tartibda  uy-joy  qurish  maqsadida 
kreditlar olish uchun garovga qo‘yishi mumkin. 
Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori yerdan 
foydalanishda quyidagi majburiyatlarni bajarishi shart: 
1)  yerdan  belgilangan  maqsadga  muvofiq  oqilona  foydalanish,  tuproq 
unumdorligini  oshirish,  ishlab  chiqarishning  tabiatni  muhofaza  qiluvchi 
texnologiyalarini  qo‘llash,  o‘z  xo‘jalik  faoliyati  natijasida  hududda  eqologik 
vaziyatning yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik; 
2)  ishlab  turgan  irrigatsiya  va  melioratsiya  tarmoqlari,  muhandislik 
kommunikatsiyalarini soz holatda saqlab turish; 
3) yerlarni muhofaza qilishga oid tadbirlarni amalga oshirish; 
4) yer solig‘ini yoki yer uchun ijara xaqini o‘z vaqtda to‘lash; 
5)  boshqa  yer  egalari,  yerdan  foydalanuvchilar,  yer  uchastkalari  ijarachilari 
va mulkdorlarining huquqlarini bo‘zmaslik; 
6)  foydali  qazilma  konlarini  ishlatish,  qurilish  va  boshqa  ishlarni  amalga 
oshirish  uchun  berilgan  qishloq  xo‘jalik  yerlari  va  o‘rmonzorlarni  ularga  extiyoj 
qolmaganidan  keyin  o‘z  hisobidan  qishloq  xo‘jaligi,  o‘rmon  xo‘jaligi  yoki  baliq 
xo‘jaligida  foydalanish  uchun  yaroqli  holatga,  mazkur  ishlar  boshqa  yerlarda 
amalga  oshirilgan  xollarda  esa,  belgilangan  maqsadda  foydalanish  uchun  yaroqli 
holatga keltirish; 


104 
 
 
7) foydali qazilma konlarini ishlatish chog‘ida, shuningdek boshqa ishlarni 
amalga  oshirish  paytida  o‘zlariga  egalik  qilishga  va  foydalanishga  ham  da  mulk 
etib  berilgan  (realizatsiya  qilingan)  yer  uchastkalari  hududidan  tashqaridagi 
qishloq  xo‘jalik  ekinzorlari,  o‘rmonzorlar  va  boshqa  yerlarga  salbiy  ta’sir 
ko‘rsatishning  oldini  olish  yoki  uni  mumkin  qadar  cheklash  chora-tadbirlarini 
amalga oshirish; 
8)  maxalliy  davlat  xokimiyati  organlariga  yerdan  foydalanish  to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlarida belgilangan ma’lumotlarni o‘z vaqtda taqdim etish; 
9)  boshqa  yer  egalariga,  yerdan  foydalanuvchilarga,  yer  uchastkalarining 
ijarachilariga va mulkdorlariga etkazilgan zararni belgilangan tartibda qoplash. 
Yer  kodeksi  qishloq  xo‘jaligiga  mo‘ljallangan  yerlardan  foydalanish 
soxasida  yer  egalari,  yerdan  foydalanuvchilar  va  ijarachilarning  majburiyatlarini 
alohida  (Yer  kodeksi  48-modda)  ko‘rsatib  o‘tadi.  Unga  ko‘ra  qishloq  xo‘jaligiga 
mo‘ljallangan  yerlardan  foydalanuvchi  yer  egalari,  yerdan  foydalanuvchilar  va 
ijarachilar: 
1)  biznes-rejalarda  tuproq  unumdorligini  oshirish  va  yerlardan  oqilona 
foydalanish yuzasidan aniq tadbirlarni nazarda tutishlari; 
2)  zona  sharoiti  va  xo‘jalikning  ixtisoslashuviga  muvofiq  ilmiy  asoslangan 
almashlab  ekishni,  dehqonchilikning  eng  samarali  va  iqtisodiy  jixatdan  oqilona 
tizimlarini joriy etishlari; 
3) xaydaladigan yerlar asralishi va kengaytirilishini ta’minlashlari; 
4)  meliorativ  jixatdan  nobop  sug‘oriladigan  yerlarni  kompleks 
rekonstruksiya  qilishlari,  pichanzor  va  yaylovlarga  suv  chiqarishlari  ham  da 
ularning holatini yaxshilashlari; 
5) xo‘jalikning butun ichki sug‘orish va qollektor-drenaj tarmog‘ini ham da 
undagi inshootlarni texnikaviy jixatdan soz holatda saqlashlari; 
6)  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishini  sug‘oriladigan  yerlarning  sho‘r 
bosishi  va  zaxlanishiga,  yerlarning  va  suv  manbalarining  ifloslanishi  va 
zararlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan usullar bilan amalga oshirishlari; 


105 
 
 
7)  qishloq  xo‘jalik  ekinlari  va  dov-daraxtlarni  parvarish  qilishning  suv 
tejaladigan texnologiyalarini, sug‘orishning ilg‘or usullarini joriy etishlari; 
8)  qonun  hujjatlariga  binoan  yerlarni  muhofaza  qilish  chora-tadbirlarini 
ko‘rishlari shart. 

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish