deganda, davlatning yerga nisbatan bo‘lgan mulk huquqiga qarshi qaratilgan,
yerdan foydalanuvchilarning manfaatlariga zid bo‘lgan, yerdan oqilona va
samarali foydalanishni ta’min etishga xalal beradigan g‘ayriqonuniy xatti-
harakatlar yoki xarakatsizliklar tushuniladi.
Yerdan foydalanish huquqi qonun hujjatlariga qarshi turli xil xatti-
harakatlar orqali buzilishi mumkin bo‘lib ularning tarkibi O‘zbekiston
Respublikasi Yer kodeksining 90-moddasida keltirilgan. Ularga quyidagilar kiradi:
yer uchastkalarini sotib olish va sotish;
sovg‘a qilish, garovga qo‘yish, o‘zboshimchalik bilan ayirboshlash;
yerlardan o‘zga maqsadlarda foydalanish;
yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish;
yerlarning holatini buzish, ularni kimyoviy va radioaktiv moddalar
bilan, ishlab chiqarish chiqindilari oqova suvlar bilan ifloslantirish; yerlarning
holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ob’ektlarni joylashtirish, qurish, loyihalash,
ishga tushirish;
89
vaqtincha egallab turgan yerni qaytarib berish muddatini buzish yoki
shu yerlarni belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirib
berish majburiyatlarini bajarmaslik;
yer egaligi va foydalaniladigan yerlar chegaralarining marza belgilarnini
yo‘q qilib tashlash;
yerlarning davlat ro‘yxati, hisob kitobi va baholanish ma’lumotlarini
soxtalashtirish;
yovvoyi o‘tlarga qarshi kurash choralarini ko‘rmaslik;
yerdan xo‘jasizlarcha foydalanish;
tuproqni shamol, suv ta’sirida nurashdan saqlash majburiyatlarini
bajarmaslik va boshqalar.
Yerdan foydalanish huquqini buzganlik uchun huquqbuzarni javobgarlikka
tortishga asos bo‘lib yer huquqbuzarligi sodir etilishi va shu huquqbuzarlik uchun
qonunchilik hujjatida javobgarlik chorasi belgilangan bo‘lishi kerak. SHuni
ta’kidlash lozimki, yer qonunchiligi hujjatlarida ularni buzganlik uchun
javobgarlik choralarini ifodalamaydi. SHuning uchun yerdan foydalanish huquqini
buzganlik uchun huquqiy choralar boshqa huquq sohalari qonunchilik
hujjatlarida, masalan, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy kodekslarida ko‘rsatilgan.
Biroq, bu sohalarda belgilangan javobgarlik choralarini qo‘llash uchun huquqbuzar
na fanat yerdan foydalanish huquqini buzini balki bir vaqtning o‘zida ularning ham
huquq normalarini buzgan bo‘lishi kerak. SHundagina aybdorlarni yuqorida
keltirilgan qonunchilik hujjatlari normasi bilan javobgarlikka tortish mumkin.
Masalan, yerdan xo‘jasizlarcha foydalanganlik Yer kodeksi normasini (91-modda)
buzish hisoblanadi va shunday xatti-harakat uchun yer huquqiy javobgarlik chorasi
sifatida o‘sha yerni qaytarib olish belgilangan. Huddi shunday harakat O‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksining normasini (193-modda)
ham buzish hisoblanadi
va buning uchun jinoiy javobgarlikka tortish qo‘llashga asos bor.
Yerdan foydalanish huquqini buzganlik uchun ma’muriy, intizomiy,
fuqarolik, jinoiy javobgarlik choralari qo‘llaniladi.
90
Do'stlaringiz bilan baham: |