Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


§.Yer konunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik



Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/130
Sana31.07.2021
Hajmi1,79 Mb.
#134397
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   130
Bog'liq
Ер ҳуқуқи ўқув қўлланма (лотин алифбосида)

2§.Yer konunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik 
Yer  va  u  bilan  bog‘lik  tabiiy  resurslarning  muhofazasi  huquqning  asosiy 
vazifalariga  kiradi.  Huquq  normalari  yerdan  foydalanish  qoidalarini,  ya’ni  tabiiy 
muhit  va  uning  boyliklarini  saqlash  va  muhofaza  qilish  kabi  konstitutsiyaviy 
majburiyatini ijro etganda fuqaro yoki mansabdor shahs qanday harakatlarni sodir 
etish  mumkinligi  yoki  lozimligi  haqida  ko‘rsatmalarni  tasdiqlaydi.  Ushbu 
qoidalarga  rioya  etilishini  davlat  majburlovchi  choralari  va  ular  ichida    muhim 
o‘rin egallaydigan ma’muriy javobgarlik normalari  bilan ta’minlanadi.   
Ma’muriy  javobgarlik  huquqiy  javobgarlikning  mustaqil  turi  bo‘lib, 
vakolatli organ tomonidan ma’muriy jazo qo‘llanishida ifodalanadi. 
Ma’muriy  javobgarlik  haqidagi  harakatdagi  qonun  bo‘yicha  yer  haqidagi 
qonunni  buzganlik  uchun  fakatgina  jarima  shaklida  ma’muriy  jazo  nazarda 
tutilgan,  u  esa  ma’muriy  huquqbuzarlik  sodir  etilgan,  davom  etayotgan 
huquqbuzarlik  aniqlangan  vaqtiga  tasdiqlangan  eng  kam  ish  haqining  miqdori 
bilan o‘lchanadi.  
Ma’muriy  jazoning  qo‘llanilishi  sudlanganlik  va  ishdan  bushatishga  olib 
kelmaydi.  Ma’muriy  jazo  qo‘llanilgan  shaxs  belgilangan  muddatda  ma’muriy 
tartibda  jazolangan  xisoblanadi.  Shunday  kilib,  MJTK
9
ning  37-moddasiga 
muvofik,  agar  ma’muriy  jazo  qo‘llangan  shaxs  jazoning  ijro  etilgan  kundan 
boshlab bir yil ichida yangi ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etmasa, u ma’muriy 
jazoga tortilmagan deb xisoblanadi. 
Ma’muriy huquqbuzarlik tarkibi deganda MJTK bilan belgilangan, ularning 
majburligi  ma’muriy  javobgarlikka  olib  kelishi  mumkin  bo‘lgan  alomatlarning 
(elementlarining)  yig‘indisi  tushuniladi.  Adabiyotlarda  ba’zan  ma’muriy 
huquqbuzarlik  tarkibi  tushunchasi  ma’muriy  huquqbuzarlikning  alomatlari  bilan 
almashtiriladi.  Masalan,  ta’kidlanadiki,  ma’muriy  huquqbuzarlik  tarkibi  –  bu 
huquqda  belgilangan  ularning  mavjudligida  jamoaga  qarshi  bo‘lgan  kilmish 
ma’muriy  huquqbuzarlik  deb  hisoblanadigan  alomatlarning  yig‘indisidir.  Ammo, 
bu  amal  kilib  turuvchi  qonun  normalariga  mos  kelmaydi.  Xususan,  MJTKga 
                                                           
9
 Mamuriy javobgarlik to‘grisida kodeks 


91 
 
 
binoan  ma’muriy  huquqbuzarlikni  sodir  etish  paytida  shaxs  o‘n  olti  yoshga 
to‘lmaganligi  ma’muriy  huquqbuzarlik  to‘g‘risidagi  ishlarni  yuritishni  istisno 
etuvchi holatlarga kiradi. (271-moddaning 2-bandi). Gap shaxsning akli norasoligi 
haqida ketganda, ma’muriy huquqbuzarlik emas, balki g‘ayriqonuniy harakat yoki 
harakatsizlik  (271-moddaning  3-bandi.)  sodir  etilishi  nazarda  tutiladi,  chunki  aqli 
norasolikda  (MJTKning 20-moddasi) istisno etiladigan yuridik tarkibning alomati 
bo‘lishida ayblik zaruriy hisoblanadi.  
O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” Davlat qo‘mitasining 2009 yil 
3  martdagi  24-sonli  buyrug‘i  bilan  tasdiqlangan  “O‘zbekiston  Respublikasi  Yer 
resurslari,  geodeziya,  kartografiya  va  davlat  kadastri  davlat  qo‘mitasi  organlari 
tomonidan  yer  qonunchiligini  buzgan  qonunbuzarni  ma’muriy  jazoga  tortish 
bo‘yicha  yo‘riqnoma”ga  asosan  davlat  qo‘mitasining  mansabdor  shaxsi  yerdan 
foydalanish  va  uni  muhofazalash  ustidan  davlat  nazoratini  davlat  boshqaruvining 
maxalliy organlari, sanitariya nazorati, tabiatni muhofaza qilish, o‘rmon xo‘jaligi, 
suv  xo‘jaligi,  qishloq  xo‘jaligi  va  boshqa  organlar  hamkorligida  amalga 
oshiradilar. 
Yerdan  foydalanish  va  muhofaza  qilish  ustidan  davlat  nazoratini  o‘tkazish 
uchun  huquqiy  guvoxlik  beruvchi  hujjatlarda  yoki  tuman  (shaxar)  yer  kadastri 
kitobida kimga tegishliligi yozib qo‘yilgan yer uchastkalari yoki uning bir qismi, u 
qaysi  idoraga  bo‘ysinishidan  va  qanday  shakldagi  mulk  bo‘lishidan  qat’iy  nazar 
ob’ekt hisoblanadi.  
Yerdan  foydalanish  va  muhofaza  qilish  ustidan  davlat  nazoratini  o‘tkazish 
sub’ekti-  o‘z  egaligida,  foydalanishida,  ijarasida  hamda  xususiy  mulkida  yer 
uchastkasi  mavjud  bo‘lgan  barcha  yuridik  va  jismoniy  shaxslar,  maxsus  rejimda 
hamda chet el investitsiyasi bilan ishlovchi korxona va boshqalar hisoblanadi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  “Yergeodezkadastr”  Davlat  qo‘mitasi  tizimidagi 
yerdan  foydalanish  va  uni  muhofaza  qilishni  nazorat  qilish  davlat  inspeksiyasi 
xizmati tarkibi -rasmda keltirilgan. 
 


92 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
12-rasm. O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” Davlat qo‘mitasi    
             tizimidagi yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishni nazorat   
             qilish davlat inspeksiyasi xizmati tarkibi 
 
“Ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risida”  kodeksga  muvofiq  O‘zbekiston 
Respublikasi  Yer  resurslari,  geodeziya,  kartografiya  va  davlat  kadastri  davlat 
qo‘mitasining  organlari  quyidagi  qonunbuzarlik  holatlari  bo‘yicha  ishlarni  ko‘rib 
chiqadilar: 
- yerlardan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanish; 
- yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanish; 
- yerlarni yaroqsiz holga tushirish; 
- bino  va  inshoatlar  qurish  vaqtida  tuproqning  unumdor  qatlamini  qirqib 
olmaslik; 
- hosildorlikning  pasayib  ketishi  va  tuproqning  buzilishi  yoki  yo‘q  bo‘lib 
ketishiga sabab bo‘ladigan xarakatlarni sodir etish; 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
“Yergeodezkad
astr” Davlat 
qo‘mitasining 
yerdan 
foydalanish va 
uni muhofaza 
qilishni nazorat 
qilish 
boshqarmasi 
Qoraqalpog‘iston respublikasi, 
Toshkent shahri va viloyat resurslari 
va davlat kadastri boshqarmalarining 
yerdan foydalanish va uni muhofaza 
qilishni nazorat qilish sho‘‘balari
 
tuman yer resurslari va davlat 
kadastri bo‘limlari
 
Qoraqalpog‘iston respublikasi, 
Toshkent shahri va viloyat resurslari 
va davlat kadastri boshqarmalarining 
yerdan foydalanish va uni muhofaza 
qilishni nazorat qilish sho‘‘balari
 


93 
 
 
- loyiha  hujjatlaridan  ruxsat  bo‘lmay  turib  o‘zboshimchalik  bilan  chetga 
chiqish; 
- davlat yer kadastrini yuritish qoidalarini buzish; 
- yer kadastri ma’lumotlarini buzib ko‘rsatish; 
- yerlardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni buzib ko‘rsatish; 
- tegishli  vakolatli  organlar  bilan  kelishmay  turib  yerlarning  holatiga  salbiy 
ta’sir  ko‘rsatadigan  ob’ektlarni  joylashtirish,  loyihalashtirish,  qurish  va  ularni 
foydalanishga topshirish; 
-  ajratib  berilgan  yerlarning    marza  belgilarni  yo‘q  qilish  yoki 
shikastlantirish: 

yer berish tartibini buzish.
 
“Ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risida”  kodeksning  266 
1
-    moddasiga  muvofiq 
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri 
davlat  qo‘mitasining  organlari  nomidan  ma’muriy  huquqbuzarlik  to‘g‘risidagi 
ishlarni  ko‘rib  chiqish  va  jarima  solish  tariqasida  ma’muriy  jazo  chorasini 
qo‘llashga quyidagilar haqlidirlar: 
-  O‘zbekiston  Respublikasi  yerlaridan  foydalanish  va  ularni  muhofaza 
qilishni nazorat qilish bo‘yicha bosh davlat inspektori va uning o‘rinbosarlari; 

 Qoraqalpog‘iston  Respublikasi, viloyatlar  va tuman  (shaxar)lar  yerlaridan 
foydalanish  va  ularni  muhofaza  qilishni  nazorat  qilish  bo‘yicha  davlat 
inspektorlari.
 
Sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik kam ahamiyatli bo‘lgan taqdirda, shu 
ishni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxs huquqbuzarni ma’muriy 
javobgarlikdan  ozod  etib,  uni  ogohlantirish  bilan  kifoyalanishi  mumkin.  Yer 
qonunchiligi  buzilganligini  bartaraf  etish  yuzasidan  ogohlantirish  ogohlantirish 
xati shaklida bo‘ladi. 
Yerdan  xo‘jasizlarcha  foydalanib  ularni  yaroqsiz  holga  tushirish,  bino  va 
inshoatlar  qurish  vaqtida  tuproqning  unumdor  qatlamini  olmaslik,  yerlardan 
boshqa maqsadlarda foydalanish, hosildorlikning pasayishiga, tuproqning buzilishi 


94 
 
 
yoki  yo‘q  bo‘lib  ketishiga  sabab  bo‘ladigan  qonunbuzilishlar  sodir  etilganda 
“Ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risida  kodeksi”ning  quyidagi  belgilangan  moddalari 
bilan ma’muriy javobgarlikka tortiladilar: 
Yerlardan  xo‘jasizlarcha  foydalanish,  ob’ektlar  qurish  paytida  unumdor 
qatlamni  olmaslik,  yer  maydonlaridan  boshqa  maqsadlarda  foydalanish,  yerlarni 
foydalanishdan  chiqarishga,  hosildorlik  pasayishiga,  tuproqning  buzilishi  yoki 
yo‘q  bo‘lib  ketishiga  olib  keladigan  boshqa  harakatlarni  sodir  etish,  shuningdek 
tanazzulga  yuz  tutgan  qishloq  xo‘jaligi  yerlarini  konsyervatsiyalashning 
belgilangan tartibini buzish, —  
fuqarolarga  eng  kam  ish  haqining  bir  baravaridan  uch  baravarigacha, 
mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima 
solishga sabab bo‘ladi.  
Qishloq xo‘jaligi va boshqa yerlarni yaroqsiz holga tushirish, ularni ishlab 
chiqarish chiqitlari va boshqa chiqindilar, kimyoviy va radioaktiv moddalar hamda 
oqova suvlar bilan ifloslantirish, —  
fuqarolarga  eng  kam  ish  haqining  bir  baravaridan  uch  baravarigacha, 
mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima 
solishga sabab bo‘ladi.  
Yer berish tartibini buzish, xuddi shuningdek fermer yoki dehqon xo‘jaligi 
yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turar-joy binosiga xizmat 
ko‘rsatish, jamoa bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga 
to‘sqinlik qilish, —  
mansabdor  shaxslarga  eng  kam  ish  haqining  uch  baravaridan  etti 
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.  
Vaqtincha  egallab  turilgan  yerlarni  o‘z  vaqtida  qaytarib  bermaslik  yoki 
ularni  o‘z  o‘rnida  foydalanish  uchun  yaroqli  holga  keltirish  yuzasidan 
majburiyatlarni bajarmaslik, —  
eng  kam  ish  haqining  bir  baravaridan  uch  baravarigacha  miqdorda  jarima 
solishga sabab bo‘ladi.  


95 
 
 
Tasdiqlangan yer tuzilishi loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat bo‘lmay turib 
chetga  chiqish,  xuddi  shuningdek  tegishli  organlar  bilan  kelishmay  turib 
ob’ektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ularni foydalanishga topshirish, 
davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish, yerlardan foydalanish to‘g‘risidagi 
hisobotlarni buzib ko‘rsatish, axborotlarni berishdan bo‘yin tovlash yoki noto‘g‘ri 
axborot berish, —  
fuqarolarga  eng  kam  ish  haqining  uchdan  bir  qismidan  bir  baravarigacha, 
mansabdor  shaxslarga  esa  —  bir  baravaridan  uch  baravarigacha  miqdorda  jarima 
solishga sabab bo‘ladi.  
Xuddi  shunday  huquqbuzarliklar  ma’muriy  jazo  chorasi  qo‘llanilganidan 
keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — 
fuqarolarga  eng  kam  ish  haqining  bir  baravaridan  uch  baravarigacha, 
mansabdor shaxslarga  esa  — uch baravaridan  etti baravarigacha  miqdorda  jarima 
solishga sabab bo‘ladi.  
Egalikdagi va foydalanishdagi yerlarning chegara belgilarini, 
o‘rmonlardagi cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki shikastlantirish, —  
fuqarolarga  eng  kam  ish  haqining  bir  baravaridan  ikki  baravarigacha, 
mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima 
solishga sabab bo‘ladi.  
Yer  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlari  buzilishi  holatlari  aniqlanganda  yerdan 
foydalanish  va  uni  muhofaza  qilishni  nazorat  qilish  vazifasi  O‘zbekiston 
Respublikasi  Yer  resurslari,  geodeziya,  kartografiya  va  davlat  kadastri  davlat 
qo‘mitasining  yer  egalari,  yerdan  foydalanuvchila  va    ijarachilarning    yerdan 
foydalanish  faoliyatini  nazorat  qilish  huquqi  berilgan  vakolatli  mansabdor  shaxsi 
tomonidan  qonun  buzilishi  natijasida  keltirilgan  zarar  va  aybdor  shaxslar 
aniqlanadi hamda yer qonunchiligi hujjatlarida  belgilangan tartibda yer tuzish ishi 
qo‘zg‘atiladi. Yer tuzish ishida quyidagi hujjatlar rasmiylashtiriladi: 
1.  Yer qonunchiligi buzilganligini bartaraf etish bo‘yicha ogohlantirish xati; 
2.  Yer qonunbuzilish holati aniqlanganligi to‘g‘risida bayonnoma; 


96 
 
 
3.  Ma’muriy  huquqbuzarlik  to‘g‘risidagi  ishni  ko‘rib  chiqish  haqida 
bayonnoma; 
4.  Yer  qonunchiligi  buzilishi  haqidagi  ishni  ko‘rib  chiqishga  kelish  uchun 
chaqiriq qog‘ozi; 
5.  Yer  qonunchiligini  buzganligi  uchun  ma’muriy  javobgarlikga  tortish 
to‘g‘risida  (ishlab  chiqarishda  yer  qonunchiligini  buzilganligi  bo‘yicha 
ishlarni to‘xtatib qo‘yish haqida) qaror. 

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish