Abuzalova M



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/186
Sana31.07.2021
Hajmi1,77 Mb.
#133428
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   186
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

 
Adаbiyotlаr: 
 
1.  Азизов О. Тилшуносликка кириш. T., «Ўқитувчи», 1996. 
2.  Головин Б. Введение в языкознание. M., 1973. 
3.  Содиқов А. ва б. Тилшуносликка кириш. T., «Ўқитувчи», 1981. 
 
 
Mavzu: Tilning paydo bo`lishi 
 
Reja: 
 
1.  Til qanday paydo bo`lgan? 
2.  Tilning paydo bo`lishida biologik va ijtimoiy aspekt. 
3.  Tilning  paydo  bo`lishi  haqidagi  turli  nazariyalar,  ularning  talqini  va  ilmiy 
asosi. 
Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: 
 
 
Tilning  kelib  chiqish  muammosi,  “til~ong~jamiyat”  mushtarakligi, 
avstralopiteklar  davri,  paleantroplar  davri,  hozirgi  zamon  kishilari  bosqichi, 
biologik  aspekt,  ijtimoiy  aspekt,  ovozga  taqlid  nazariyasi,  undov  nazariyasi, 
mehnat  qiyqiriqlari  nazariyasi,  imo-ishoralar  nazariyasi,  ijtimoiy  kelishuv 
nazariyasi, dialektik materializm qarashlari, ilmiy farazlar. 
 
 
Til qanday  paydo bo`lgan, degan  savolning  javobi qadim  zamonlardan beri 
insoniyatni  qiziqtirib  keladi.  Bu  jumboqning  yechimi  juda  murakkab  bo`lib,  uni 
inson nutqining paydo bo`lishi masalasi bilan tenglashtirib bo`lmaydi. Yuqoridagi 
savol  faqat  tilshunoslik  fanigagina  tegishli  bo`lib  qolmay,  bu  muammo 
antropologiya,  psixologiya,  etnografiya  kabi  o`nlab  fanlarning  ham  o`rganish 
obyektidir.  Hozirgacha  yer  yuzida  umuman  bashariyatga  xos  bo`lgan  tilning 
qachon,  qanday  paydo  bo`lganligi,  dastlabki  tillardagi  so`zlar,  uning  leksik, 
sintaktik,  morfologik,  semasiologik  xususiyatlari  nimalardan  iborat  ekanligi  hal 
qilingan emas va hal etilishi mumkin ham emas. Tilning paydo bo`lishi bilan ayrim 


aniq  tillarning  yoki  til  oilalarining  paydo  bo`lishi  masalalarini  aralashtirmaslik 
lozim.  Hozir  yer  yuzida  mavjud  bo`lgan  millat,  elatlarga  tegishli  jonli  tillarning, 
ba‟zi bir o`lik tillarning ham kelib chiqish tarixi o`rganilgan, o`rganilmoqda. Bu u 
qadar qiyin masala emas. Chunki ba‟zi bir  muayyan tillar va shi tillarga qardosh 
bo`lgan  tillar  turli  davrlarda  ,  har  xil  shart  –  sharoitlarda,  bilvosita  va  bevosita 
sabablarga ko`ra paydo bo`lgan. 
 
“Til~nutq~nutq  sharoiti”  aspektida  olib  borilgan  uzoq  yillik  tadqiqotlar 
samarasiga  tayangan  holda  komil  ishonch  bilan  ayta  olamizki,  tilning  paydo 
bo`lishi  ong  va  jamiyatning    paydo  bo`lishi  bilan,  qolaversa,  yer  yuzida  inson 
zotining  paydo  bo`lishi  bilan  uzviy  bog`liqdir.  Ilmiy  gepoteza(taxmin)lar 
odamning paydo bo`lish evolyutsiyasi va jamiyatning shakllanishini uch bosqichga 
bo`lib ko`rsatadi: 
1.  Yuqori  darajada  taraqqiy  etgan  avstralopiteklar  davri.  Bu  bosqichda  ilk 
ibtidoiy  odamlar  ikki  oyoqlab  yurishga  o`tib,  tayoq,  tosh,suyak 
parchalaridan qurol sifatida foydalanganlar. Bu bizdan ikki – uch million yil 
oldingi davrga to`g`ri keladi. 
2.  Paleantroplar bosqichi. Bu davrda paleantroplar, ya‟ni eng qadimgi odamlar 
sun‟iy qurollar, turar joy tayyorlaganlar, yirik hayvonlarni jamoa bo`lib ov 
qilish  bilan  shugullanganlar.  Bu  bizdan  taxminan  bir  million  yillar  oldingi 
davrga to`g`ri keladi. 
3.  Hozirgi zamon kishilari bosqichi. Ilmiy taxminlar bu davr 40-50 ming yillar 
oldin  paydo  bo`la  boshlaganligini  ko`rsatadi.  Chamasi,  bir  million  yillar 
avvalgi eng qadimgi odamlar uzoq va murakkab jarayon davomida insonga 
xos biologik hamda sotsial xususiyatlarga ega bo`la boshlaydilar. Aniq nutq 
ularga  hayvonot  dunyosidan  ajralish,  jamiyat  bo`lib  uyushish,  uyushgan 
holatda mehnat qilish hamda tafakkurning rivojlanishiga turtki bo`ladi. 
 
Tilning  paydo  bo`lishi  uchun  faqat  biologik  zaminlargina  emas,  jamiyatning 
paydo bo`lishi ham nihoyatda zarur edi. Antropologiya (odam hamda irqning kelib 
chiqishini  o`rganuvchi  fan),  arxeologiya  (tarixiy  dalillar  va  madaniy  yodgorliklar 
asosida  odamning  o`tmish  tarixini  o`rganuvchi  fan)  fanlarning  uzoq  davrlardan 
beri  olib  borayotgan  tekshirishlari,  ilmiy  izlanishlari  natijasida  kishilik  tarixi  ikki 
davrdan   iborat degan  fikrga kelingan. Bular  – tarixgacha bo`lgan davr  va  tarixiy  
davr.  Tarixgacha  kishilarning  ibtidoiy  jamoa  bo`lib  yashashi  ya‟ni  kishilik 
jamiyatining shakllanish, tiklanish, uyushish davridir.  
 
Ibtidoiy  kishilar  jamoasi  sotsial  -  biologik  organizm  bo`lgan.  Ularda 
instinktiv  mehnat  qobiliyati  rivojlangan  bo`lib,  asosan,  tabiatdagi  tayyor 
narsalardan foydalanganlar. Instinktiv mehnat ong va tilning paydo bo`lishi uchun 
shart  –  sharoit  yaratgan.  Olimlarning  faraz  qilishicha,  mehnat,  ibtidoiy  mehnat 
qurollarini  yasash  inson  tana  a‟zolarini  asta  –  sekin,  juda  uzoq  muddatli  tabiiy 
jarayonda takomillashtirib, til va tafakkurning rivoj topishida beqiyos rol o`ynagan. 
Albatta, dastlab paydo bo`lgan til va nutqni bizning tilimizga yoki nutqimizga aslo 
tenglashtirib bo`lmaydi. Ehtimol, dastlabki tilda har biri alohida narsani, harakatni 
yoki  holatni  bildiradigan  so`zlar  bo`lmagandir;  o`sha  davrdagi  tilga  xos  so`zlar 
butun  boshli  voqea  -  hodisani    ifodalagandir.  O`sha  davrda  insonning  tovush 


chiqaradigan  a‟zolari  hozirgidek  takomillashmagani  uchun  nutqda  dastlab  paydo 
bo`lgan  so`zlarning  talaffuzi  aniq  bo`lmagan.  Demak,  mehnat  qilish,  mehnat 
qurollarini yasash jarayonida odamlar jamoasi borgan sari uyushib boradi, natijada 
kishilik jamiyatining ilk ko`rinishlari vujudga keladi. Hayvonot dunyosidan ajralib 
chiqqan  odamlarda  jamoa  bo`lib  mehnat  qilish  jarayonida  bir  –  birlariga  nimadir 
deyish ehtiyoji tug`iladi. Ana shu zaruriy ehtiyoj tilning yaralishiga sabab bo`ladi. 
Til  bilan  bir  paytda  tafakkur  ham  paydo  bo`ladi.  Demak,  uch  omil  -
“mehnat~til~tafakkur”  bir  –  biriga  ta‟sir  etib,  ularning  rivoj  topishiga  sabab 
bo`lgan.  Ijtimoiy  mehnat  natijasida  nihoyatda  katta  (kuchli)  zaruriy  ehtiyoj  talabi 
bilan til nutq a‟zosi sifatida va miyaning asta – sekin takomillasha borishi biologik 
jihatdan  xarakterlansa,  til  va  tafakkurning  paydo  bo`lishi,  tasavvurning,  fikrning 
nutqda  voqelana olishi ijtimoiylik, ya‟ni kishilik jamiyati bilan uzviy bog`liqdir. 
 
Inson tovush tili tufayli hayvonot dunyosidan ajralib chiqdi. Tovush  tili esa 
tafakkursiz mavjud bo`la olmaydi. Ma‟lumki, tafakkurda bor narsa tilda aks etadi, 
tilda bori esa nutqda voqelanadi. Ayni paytda miyada paydo bo`ladigan har qanday 
oddiy  tushuncha  ham  til  orqali  nutqqa  ko`chmas  ekan,  ya‟ni  nutq  tovushlari, 
so`zlar orqali ifodalanmas ekan, bunday tushuncha o`zicha hech kimga, hatto fikr 
qiluvchining o`ziga ham ma‟lum bo`lmaydi. Qisqasi, tilsiz tafakkur, tafakkursiz til 
mavjud emas.  
Ko`rinadiki,  tilning  paydo  bo`lishi,  bir  tomondan,  kishilik  tanasining 
evolyutsiyasi  bilan,  ikkinchi  tomondan,  ibtidoiy  jamoaning  jamiyatga  aylanishi 
bilan  bog`liq  bo`lgan.  Hozirgacha  tilning  paydo  bo`lishi  haqida  turli  nazariyalar 
yaratilgan  Har bir nazariyada bu  masalaga  turlicha  yondashiladi. Quyida ularning 
ba‟zilari bilan tanishamiz. 
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish