Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


«Shayton sizlarni (agar infoq-ehson qilsangiz), kambag‘al bo‘lib qolishingizdan



Download 458,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet64/182
Sana29.07.2021
Hajmi458,82 Kb.
#132329
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   182
Bog'liq
Imom G'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

«Shayton sizlarni (agar infoq-ehson qilsangiz), kambag‘al bo‘lib qolishingizdan 
qo‘rqitadi va fahsh ishlarga buyuradi» (Baqara surasi, 268-oyat). 
 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
41
Hasan Basriy aytadilar: «Albatta u ikkisi qalbda aylanib yuradigan ikki qasddir. Biri 
Allohdan, ikkinchisi dushmandan. Bir ishni qasd qilgan paytida yaxshilab o‘rganib, agar 
Alloh taolodan bo‘lsa, uni yurgizadigan, agar dushmanidan bo‘lsa, unga qarshi 
kurashadigan bandaga Alloh rahm qilsin». Bu ikki hukmronlik o‘rtasida qalb tortilib 
turganligi uchun Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘minning qalbi Rahmon 
barmoqlaridan ikki barmoqning orasidadir», dedilar (Imom Muslim rivoyati).  
 
Alloh taolo bo‘lingan holdagi suyak, go‘sht, qon va paydan tuzilgan barmoqdan oliydir. 
Lekin «barmoq» lafzini keltirishdan murod qalb o‘zgarishining tezligiga va uni o‘zgartirish 
va harakatlantirishga qodir ekanligiga dalolat qiladi. Chunki siz agar barmog‘ingiz qilgan 
ishni iroda qilib turgan bo‘lsangiz ham, barmog‘ingiz bilan bir ish qilsangiz, (ishni 
barmog‘ingizga nisbat berasiz). Alloh taolo ishlarini farishta va shaytonni bo‘ysundirish 
bilan qiladi. Farishta bilan shayton esa Allohning qudrati bilan qalblarni o‘zgartirishga 
bo‘ysundirib qo‘yilgandir. Bu barmoqlaringiz ham jismlarni o‘zgartirishda sizga 
bo‘ysundirib qo‘yilganiga o‘xshaydi. 
 
Qalb asl yaratilgan holatida farishtaning xabarini qabul qilish uchun ham, shayton 
xabarini qabul qilish uchun ham, biri ikkinchisidan ustun bo‘lmagan holatda, bir xilda 
qabul qilish uchun salohiyatlidir. Ikkisidan birining ustun bo‘lishi havoyi nafsga ergashish 
va shahvatlarga mukkasidan ketishdan yoki havoyi nafsdan yuz o‘girish va unga qarshi 
chiqishdandir. Agar inson g‘azab va shahvat taqozo qiladigan narsalarga ergashsa, unda 
havoyi nafs vositasi bilan shayton hukmronligi zohir bo‘ladi va qalb shaytonning uyasi 
hamda qoniga aylanib qoladi. Chunki havoyi nafs shaytonning yaylovi va o‘tlaydigan 
joyidir. Agar inson shahvatlarga qarshi kurashsa, uni o‘z nafsiga hukmron qilib 
qo‘ymasa, o‘zining xulqini farishtalar axloqiga o‘xshatsa, uning qalbi farishtalar 
qarorgohiga va kelib tushadigan joylariga aylanadi.  
 
Qalb shahvat, g‘azab, hirs va uzun orzu hamda havoyi nafsdan iborat bashariy sifatli 
narsalardan xoli bo‘lolmas ekan, shayton ham unda vasvasa qilish bilan aylanib 
yurmoqlikdan to‘xtamaydi. Shuning uchun Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: «Sizlarning har biringizda bittadan shayton bo‘ladi» (Imom Muslim rivoyati). 
Shunda «Sizda ham bo‘ladimi, ey Rasululloh?» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Ha, menda ham bo‘ladi, lekin Alloh taolo uning zarariga menga yordam 
beradi. Men omonda bo‘laman, menga yaxshilikdan boshqa narsani buyurolmaydi», 
dedilar. 
 
Qachonki, havoyi nafs taqozo qiladigan narsalar bilan dunyoning zikri qalbda g‘olib 
bo‘lsa, shayton u yerda joy topib, vasvasa qiladi. Agar Alloh zikriga qaytadigan bo‘lsa, 
joy torlik qilib, shayton u yerdan ko‘chib ketadi. So‘ngra farishta qalbga kelib, unga 
yaxshilikni ilhom qiladi. Farishta askarlari bilan shayton askarlari o‘rtasida qalb 
maydonida bir-biriga hujum qilish to qalb ulardan biriga ochilgunga qadar davom etadi. 
Qalb qay biri uchun ochilsa, u yerni o‘ziga vatan qilib o‘rnashib oladi. Ikkinchisining u 
yerga borishi o‘g‘rilik tarzida bo‘ladi. Ko‘p qalblarni shayton askarlari ochib, unga egalik 
qilib olgan. Natijada qalbga dunyoni ixtiyor qilib, oxiratni tashlashga chaqiruvchi 
vasvasalar to‘lib ketgan.  
 
Shayton askarlari qalbni egallashining boshlanishi shahvatlarga va havoyi nafsga 
ergashishdir. Ana shundan keyin shayton askarlarini bosib olish imkoni faqatgina havoyi 
nafs va shahvatlardan iborat shaytonning ozuqasidan qalbni bo‘shatish bilan bo‘ladi. 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 
 
 

Download 458,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish