www.ziyouz.com kutubxonasi
115
Agar mana shu to‘rt shartni qilsa, moldan, martabadan ajralsa, tahorat qilib, o‘zidan
nopoklikni ketkazsa, namoz o‘qish uchun tayyor turgan, faqat iqtido qilish uchun bir
imomga muhtoj kishiga o‘xshaydi. Shuningdek, murid ham to‘g‘ri yo‘lga boshlash uchun
ergashishga loyiq shayx va ustozga muhtoj bo‘ladi. Chunki din yo‘li yashirin va sirli,
shaytonning yo‘llari esa ko‘p va oshkoradir.
Kim yo‘l ko‘rsatib turadigan shayxga ega bo‘lmasa, shayton uni o‘z yo‘llariga yetaklab
ketadi. Kim bir yo‘l ko‘rsatuvchisiz halokatga eltuvchi sahro yo‘llaridan yursa, o‘z nafsini
xatarga qo‘yadi, bu esa uni halok qiladi. Mustaqil kishi go‘yo o‘zi o‘sib chiqqan daraxtga
o‘xshaydi. Chunki bu daraxt tez kunda qurib qoladi, agar bir muddat barglari ko‘karib
tursa ham, meva qilmaydi. Zikr qilingan shartlarni bajargandan keyin muridning
suyanchig‘i shayxidir. Uni ko‘r kishi daryo qirg‘og‘ida yetaklovchini ushlab olgandek
ushlasin. Ishini butkul unga topshirib qo‘ysin. Unga tilida ham, qo‘lida ham xilof
qilmasin. Unga ergashishda biron narsani qoldirmasin va tark ham qilmasin. Shayxi xato
qilib qo‘ygandagi holat muridga shayxsiz xato qilmasligidan ko‘ra foydaliroqdir. Agar
inson shunday shayxni topsa, shayx yo‘lto‘sarlarni daf etgan holda muridini himoya
qilishi, uni mahkam qo‘rg‘onlar bilan saqlashi vojib bo‘ladi.
Bu qo‘rg‘on to‘rttadir: xilvatda bo‘lish, jim turish, ochlik va bedorlik. Mana shular
yo‘lto‘sarlardan qo‘rg‘ondir. Muridning maqsadi Robbini mushohada qilish va Unga
yaqinlashishga loyiq bo‘lish uchun qalbini tuzatmoqdir. Ochlik qalb qonini kamaytiradi,
uni oqartiradi, uning nurli bo‘lishi ham oqligidandir. Yana ochlik qalb yog‘ini eritadi.
Uning muloyim bo‘lishi yog‘ining erishidadir. Qalbning muloyim bo‘lishi mukoshafa
kalitidir. Qalbning qorayishi parda tushishiga sababdir. Qalb qoni qachon kamaysa,
dushmanning yo‘li torayadi, chunki uning yuradigan yo‘li shahvatlarga to‘la tomirlardir.
Iso alayhissalom: «Ey havoriylar jamoati, qorinlaringizni ochiqtiringlar, shoyad
qalblaringiz Robbingizni ko‘rsa», dedilar. Sahl ibn Abdulloh Tustariy aytdilar: «Abdollar
quyidagi to‘rt xislat bilan abdolga aylanadilar: qorinlarini och qoldirish, bedor bo‘lish, jim
turish va insonlardan yolg‘izlanish bilan». Qalbning munavvar bo‘lishida ochlikning
foydasi zohirdir. Unga tajribalar ham guvoh bo‘ladi. Bunga ko‘niktirish yo‘lining bayoni
«Ikki shahvatni sindirish» kitobida keladi.
Bedorlik qalbni poklaydi va soflab munavvar qiladi. Mana shu soflik ochlikdan hosil
bo‘lgan soflikka qo‘shiladi. Natijada qalb yorqin yulduzga va jilolangan oynaga o‘xshab
qoladi. Unda Haqning jamoli porlaydi, unda oxiratdagi baland darajalar va dunyoning
haqirligi, ofatlari ko‘rinadi. Bu bilan dunyodan yuz o‘girish va oxiratga qadam tashlash
mukammal bo‘ladi. Bedor bo‘lish ham ochlikning natijasidir. Chunki to‘qlik bilan bedor
bo‘lish mumkin emas. Zarur miqdordan ortiqcha uxlasagina, uyqu qalbni qoraytiradi va
uni o‘ldiradi. Ana shu zarur miqdorda uxlab, keyin bedor bo‘lish g‘ayb sirlarining kashfiga
sabab bo‘ladi.
Abdollarning sifatlari to‘g‘risida aytilishicha, ularning yeyishlari muhtoj bo‘lganlarida,
uyqulari charchoq g‘olib kelganda, so‘zlari zaruratdagina bo‘ladi. Ibrohim Xavvos
aytadilar: «Yetmishta siddiq kishining fikri ko‘p uxlash ko‘p suv ichish tufayli bo‘lishi
ustida jamlandi».
Jim turish esa yolg‘izlanishni yengil qiladi. Lekin yolg‘izlangan kishi yeyish-ichish va
boshqa ishlarining tasarrufini qilib turadigan kishini ko‘rib turadi. Unga ana shu kishi
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |