arxatlar (sanskritda arhat – avliyo, nirvanaga erishgan rohib degani)
darajasiga erishadilar. Arxatlar nirvanaga erishib, ruhning qayta tug’ilishini
to’xtatgan avliyolardir.
2. Mahayana oqimi (sanskritda mahayana - katta arava, buyuk yo’l degani)
halos bo’lishning keng yo’lidir (asosan Hindistondan iashqarida tarqalgan).
Bodxisatvaning (sanskritda – uning mohiyati bilimdir degan ma’noni
anglatadi) murabbiyligida dunyoviy kishi ma’naviy poklanish qoidalariga
amal qilsa, nirvanaga erishishi mumkin. Bu yo’lni tanlagan odam quyidagi
axloq qoidalari (pancha-shila)ga amal qilishi lozim:
35
• jonzotlarni o’ldirmaslik;
• o’g’rilik qilmaslik;
• zino qilmaslik;
• yolg’on gapirmaslik;
• ehtiroslarni qo’zg’atuvchi ichimliklarni iste’mol qilmaslik.
3. Chan-buddizm – Хitoyda tarqalgan buddaviyligning nomi (VI-X asrlarda
gullab-yashnagan). Mahalliy diniy qarashlar bilan muloqat natijasida
daosizm ta’limotining muhim jihatlarini aks ettiruvchi chan-buddaviylik
ta’limoti vujudga kelgan. Chan – fikrni to’plab olish, diqqatni qaratish,
meditatsiya qilish degan ma’nolarni anglatadi. Тa’limoti: Hayotning asosiy
maqsadi kishining ruhan moddiy dunyo bilan uzviy qo’shilishi, meditatsiya
bilan shug’ullanish vositasida Halos bo’lib, Budda bilan qo’shilib ketish,
harakatsizlik yordamida o’z ichki mohiyatini o’zgartirish.
4. Vajrayana yoki tantrizm (lot. tilida tantra – ilohiy matn, magiya) – bu
yo’nalishning ta’limoti vedalar bilan bog’liq. Yogalar faoliyatining asosida
tantrizmning insonlarning ichki energetik zahirasi haqidagi ta’limoti
yotadi. Тantrizm ta’limotiga ko’ra kosmos bilan jism, tananing birligi
borliqning energetik ibtidosini tashkil qiladi. Insonning o’zi mikrokosmos
bo’lib, uning tanasi samoviy jismlarning tuzilmasi bilan bir xildir.
12
Тantrizm ta’limoti lamaizmga katta ta’sir ko’rsatgan.
5. Lamaizm – Тibetdagi buddaviy rohiblarning nomidan kelib chiqqan.
Тibetda XIV-asrlarda tarqalgan, tibetliklarning ibtidoiy davrga xos bon-po
(shomonlikning bir turi) elementlarini qabul qilgan, maxayana va tantrizm
(tantrizm veda dinidan kelib chiqqan, tantra – jimjimadorlik, sirli matn,
sehrgarlik ma’nolarini anglatadi) asosida vujudga kelgan. Hozirgacha
tibetliklarning asosiy dini hisoblanadi. Lamaiz rivoyatlarga juda boy.
Тa’limoti: buddaviylikni barcha aqidalarini qabul qilgan, tantrizmga binoan
odam va koinot bir-biri bilan bog’liq voqelikdir. Yogalar amaliyoti orqali
mudroq energetik ibtido harakatga keltiriladi. Lamaizmda juda ko’p xudo
(budda)lar va g’ayritabiiy mavjudotlar mavjud. Хudolar guruhiga Budda
Shakyamuni boshchilik qiladi. Batxisatvalar va rohiblarga ham sig’iniladi.
Dindorlar va diniy tashkilotlarga bosh ruhoniy – dalay-lama (mo’g’ul-
tibetchada – dengiz kabi buyuk) rahbarlik qiladi.Diniy hayotning markazi,
shuning bilan birga ma’rifiy va siyosiy markaz ibodatxona hisoblanadi.
12
Радугин А.А. Введение в религиоведение. М., 1996 - С.133-134.
36
3. Markaziy Osiyo Хalqlarining tarixida buddaviylik muayyan o’rin egallagan.
Buddizmning Markaziy Osiyoda tarqalishi miloddan avvalgi II asrlarda grek-baktriya
podshohligining o’rnida qaror topgan Kushon imperiyasining rivojlangan davriga
to’g’ri keladi. Kushon imperiyasi o’zining eng gullagan davrida (I-III asrlar) Markaziy
Osiyoning bir qismini, Afg’oniston, Pokiston, Shimoliy Hindistonni o’z ichiga olgan.
Buddizm Hindistondan markaziy Osiyoga, undan esa buyuk ipak yo’li orqali Хitoy va
Uzoq Sharqqa tarqalgan. Budda dinining iadimdan keng hududlarga tarqalganligini
Beruniy ham o’z asarlarida eslatib o’tgan: “Budda e’tiqodi janubga tomon Suriya
hududigacha tarqalgan edi, so’ng mazdaizm siquvi ostida budparastlar Eron va Iroqdan
Balxning janubidagi mamlakatlarga ko’chib o’tganlar”.
13
Тalabalarga islomgacha bo’lgan davrda buddaviylik Markaziy Osiyoda g’oyaviy
turmushning muhim tarkibiy qismlaridan birini tashkil etganni ta’kidlab o’tmoq
joizdir. O’lkamiz xalqlarining Hindiston bilan Kushon davlati va Eftalit davrida yaxshi
yo’lga qo’yilgan savdo-iqtisodiy munosabatlari tufayli hind madaniyati unsurlari bilan
Budda dini kirib kelgan.
“Buddizm sharqiy Eron va Movarounnahrda qaror topib, Balx hamda Buxorodek
azim shaharlargacha yetib kelgan....Yorkent, Хo’tan, Qashg’ar, Тoshkent, Тurfon,
Kuchi va Qorashaharda Budda ibodatxonalari qad ko’targan. III-asrda mazkur
maskanlarga buddizm bo’yicha tahsil olgani Hitoy budparastlari tashrif buyurganlar”.
14
Olimlarning ta’kidlashicha, buddaviylik zardushtiylik va moniylik dinlariga ta’siri
katta. “Sayyid Nasafiyning e’tiroficha, Budda ta’limoti Zardushtiy an’analarini
vujudga kelishiga ta’sir ko’rsatgan”.
15
Lekin, bir guruh mutaxassislar tomonidan
zardushtiylik dini dunyoning eng qadimgi dini sifatida qayd etilgan. Shuning uchun, bu
ikki qadimgi dinlarning o’zaro bir-biriga ko’rsatgan ta’siri haqida gapirsak, xaqiqatga
yaqinroq bo’ladi. Ikkinchi guruh olimlarining ta’kidlashicha, Zardusht va Moniy
ta’limotlari buddizmdagi “katta g’ildirak” mazhabining yuzaga kelishida muayyan
rolga ega bo’lgan.
16
Yana uchinchi bir nuqtai nazarga muvofiq,”Moniy ibn Fatakning
13
Абу Рейхан Беруний. Индия. Избранные соч. II – том. Т., 1963 - С. 37.
14
Н.Ғ. Низомиддинов. Жануби-Шарқий Осиё диний-фалсафий таълимотлари ва ислом.Т., 2006, 78-бет.
15
А.Низомов.Суфизм в контексте музыкальной культуры народов Средней Азии.Душанбе.,2002. - С. 30-31.
16
Накорчевский А. Синто. Санк-Петербург., 2002. - С.59.
Buddaviylikning oqimlari
Hinayana
Mahayana
Vajrayana
Lamaizm
Chan – Buddizm
37
nur va zulmat kuchlari o’rtasidagi kurash g’oyasi aslida Budda va Zardusht
g’oyalarining davomi edi. Moniy Buddaning ta’limotini yaxshi o’rganib, uni moniylik
adabiyotiga singdirganligi turkiy matnlarda yaqqol ko’rinib turadi”
17
.
Buddaviylik dini bilan bog’liq obidalar, ibodatxonalar, haykallar, devorlarga
solingan rasmlar hududimizda topilgan qadimgi tarixiy obidalar orasida muhim o’rin
egallaydi. ХХ asrning 30-yillaridan O’zbekistondagi Qoratepa, Dalvarzintepa,
Fayoztepalarda olib borilgan arxeologik qazilma ishlarining natijasi, buddizmning
dastlab Surhon vohasida qo’nim topganligini nazariy va amaliy jihatdan namoyon
qildi. Bular orasida eng yirik inshoat eski Тermizdagi Qoratepa nomli g’or
ibodatxonasidir (I-II asrlar). Qoratepa yer osti ibodatxonalarida saqlanib qolgan
sanskrit, brahmiy va baktriy tillaridagi yozma yodgorliklar matni namunalari: “Budda
diniy e’tiqod (haqida) so’zlamoqda” yoki “Bu idish sadaqa beruvchi ...Budda ulug’
e’tiqod (haqida) so’zlamoqda”.
18
Buddaviylik odamlarning barcha insonlarni xudo oldida tengligi, xalos bo’lishning
individual yo’li tanlanganligi, boshqa dinlarga munosabatda bardoshliligi, tarixiy
shart-sharoitlarga moslashuvchanligi kabi xususiyatlari bilan davlat chegaralari va
boshqa to’siqlardan o’tib jahon diniga aylangan. Hinduiylikning siquvi natijasida
miloddan avvalgi IV-III asrlarda dastlab Osiyo qit’asining janubi va janubiy-sharqiga,
milodiy I asrdan boshlab shimoli, shimoli-g’arbi, va shimoli-sharqiga yoyilgan.
Buddaviylik Hindistondan tashqari birinchi bo’lib Seylon (Shri-Lanka)da davlat dini
sifatida qabul qilingan. Bu yerda dindorlar uyushmasidan diniy tashkilot – sangxalar
paydo bo’lgan.
Buddaviylikning yirik markazlaridan biri Hindixitoy yarimorolidir. Hindixitoyda
Janubi-sharqiy Osiyodagi buddaviylarning 95 % ga yaqini istiqomat qiladi. Bu yerda
buddaviylikning mahayana oqimi keng tarqalgan. XX asr o’rtalarida buddaviylik
G’arbda ham ommalashib ketgan. Bugungi kunda dunyoning turli burchaklarida yangi
buddaviylik jamoalari vujudga kelmoqda, ibodatxonalar qurilmoqda. Butun dunyo
buddistlari ikki xalqaro tashkilotga barlashganlar – Хalqaro buddistlar bratstvo
(markazi Bangkokda, Тailand), Osiyo buddistlarining tinchlik uchun
konferensiyasi(anjumani) – markazi Ulan-Botirda, Mo’g’iliston.
Bugun dunyoda 700 mln.ga yaqin buddaviylik diniga e’tiqod qiluvchi kishilar va 1
mln.ga yaqin monaxlar yashaydi.
Yuqorida keltirilgan buddaviylik ta’limotidagi bahsli mavzular yuzasidan talabalar
o’rtasida bahs-munozara o’tkazilsa, mazkur mavzu bo’yicha talabalarning olgan
bilimlari chuqurlashadi. Ushbu masalalarga boshqa diniy konfessiyalar yondashuvi
haqida ham gapirib o’tish maqsadga muvoffiqdir.
Dars yakuniga yaqin o’qituvchi talabalarga mavzu yuzasidan tayyorlangan savollarni
tarqatib, har bir talabani bitta savol bo’yicha qisqacha chiqishini (prezintatsiya)
tashkillashtirishi mumkin.
Mavzu bo’yicha savollar:
17
Рахмонов Н. Руҳиятдаги нур муроди. Т., 2004, 10-бет.
18
Буддийский культовый центр Кара-Тепе в старом Термезе. М., 1972. - С.15-17.
38
1. Buddaviylik dining vujudga kelishi sabablari qanday?
2. Buddaviylikning muqaddas kitobi haqida ma’lumot bering.
3. “Nirvana” xolati buddaviylikda qanday tushuntiriladi?
4. “Karma” deganda nima tushuniladi?
5. Buddaviylikda ruh va jon masalalariga yondashuv qanday?
6. Nima uchun buddaviylik dini oqimlarga bo’linib ketdi?
7. Buddaviylining asosiy oqimlarining orasidagi farq nimalardan iborat?
8. Nima sababdan buddaviylik Hindistondan siqib chiqarilgan?
9. Markaziy Osiyoga buddaviylik dini qachon va qay yo’sinda tarqalgan?
10. Markaziy Osiyoda buddaviylikning qadimgi yodgorliklari Haqida nimalar
bilasiz?.
6-MAVZU
ХRISТIANLIK DINI
REJA:
1. Хristian dining kelib chiqish tarixi va mohiyati.
2. Хristan dini ta’limotining nazariy asoslari va manbalari.
3. Хristian dini ta’limotini o’ziga xosligi.
4. Хristian dinidagi oqimlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |