prinsiplari, jamoaga yangi a’zolarni qabul qilish tartibi, rohiblarning turmushi
ta’limot masalalariga bag’ishlangan. Budda va uning shogirtlariga tegishli
Низомиддинов Н.Ғ. Жанубиғшарқий Осиё диний-фалсафий таълимотлари ва ислом. Т., 2006, 66-бет
Кочетков А.Н. Буддизм. М., 1976 - С. 93.
34
• “Abxidxamma pitaka” (dxarma savati) yettita kitobdan iborat bo’lib, unda diniy-
falsafiy va ahlokiy muammolar bayon qilingan. U Budda vahiylari sifatida talqin
qilingan. Lekin u dastlabki ikki qismga nisbatan ancha keyin yaratilgan va ayrim
buddaviylik mazhzblarida muqaddas bitik sifatida tan olinmagan.
Buddaviylik Hindistonda vujudga kelgan va u yerda zafarli yurish davridan o’tib,
butun Hindistonga yoyilgan. Lekin u diniy ta’limotlar o’rtasilagi kurashda xinduizm
bilan raqobat qila olmagan. Natijada buddaviylik Hindistondan siqib chiqarilgan. Buning
sababi quyidagilardan iborat:
1. Buddaviylik jamiyatning kastalarga bo’linishini inkor etadi.
Hindistonda odamlar qadimdan tabaqalarga bo’linib yashagan. Har bir kasta
o’zining an’analari va tasavvurlariga ega ijtimoiy guruh bo’lishi bilan birga, o’zining
betakror madaniy qadriyatlarini yaratgan. Shuning uchun kastalarga bo’linish
buddaviylik davrida ham saqlanib qolgan. Kasta tuzumiga asoslangan hind jamiyati
buddaviylik yoki hinduiylikni tanlashga to’g’ri kelganda aholi jamiyatning
kastalarga bo’linishini ilohiylashtiradigan hinduiylikni afzal ko’rgan;
2. Buddaviylik ta’limoti hind xalqi mentalitetiga ham mos kelmagan.
Тabiatiga ko’ra, doimo umid va ishonch bilan yashaydigan, ehtirosli, quvnoq xalq
tushkun g’oyalar ustuvorlik qiluvchi buddaviylikdan asta-sekinlik bilan voz kechgan;
3. Ma’lumki, buddaviylikda kuch ishlatmaslik g’oyasi tirik jonzodlarga zulm
qilish va ularni o’ldirishni taqiqlaydi. Bu esa asosiy ishlab chiqaruvchi kuch
bo’lgan dehqonlarning jamiyatdagi mavqei pasayishiga olib kelgan. Chunki
dexqonchilikda chorva mollarining kuchidan keng foydalanilishi sababli, ular odatda
og’ir mehnatdan nobud bo’lavergan.
Yuqorida qayd etilgan va boshqa sabablar ta’sirida buddaviylik uzoq davom etadigan
siyosiy kurash va xarbiy to’qnashuvlarsiz, tinch yul bilan o’z o’rnini hinduiylikka
bo’shatib bergan. Hinduiylikning siquvi natijasida miloddan avvalgi IV—P1 asrlarda
dastlab u Osiyo qitasining janubi va janubi-sharqiga, milodiy I asrdan boshlab shimoli,
shimoli-g’arbi va shimoli-sharqiga yoyilgan.
Тalabalarga buddaviylik dinining oqimlari haqida ma’lumot berar ekanmiz, avvalo
buddaviylikdagi bo’linishning ob’ektiv sabablarini ko’rsatib o’tmog’imiz darkor.
1. Hinayana oqimi ( sanskritda hinayana – kichik arava) halos bo’lishning
tor yo’li bo’lib, bunda dindor dunyoviy hayotdan voz kechadi va rohiblikni
qabul qiladi. Rohiblar nirvanaga erishishning individual yo’lidan borib,
Do'stlaringiz bilan baham: