A.M. Kovalev asalarilarning o‘simlik hosildorligini oshirishda katta
ahamiyatga ekanligini ko‘rsatadi. G. A Avatisyan esa asosiy etiborni nectar ajratishga
ta‘sir etuvchi omillarga qaratadi. Ular ichida eng asosiylari geografik va ob-havo
sharoitlari, o‘g‘it, sug‘orish va o‘simlik navlari ekanligini ko‘rsatadi.
V.V Rodionov va I. A Shabarshov (1965-yil) oq akatsiya, kungaboqar, g‘o‘za,
donnik, cho‘l yalpizi, oq-quray va yantoqni O‘rta Osiyoda asosiy nektarga boy
o‘simlik ekanligini aytish bilan birga ular hamma vaqt shira ajratmasligi to‘g‘risida
hech narsa deyilmagan. Bu ko‘chma asalarichilarni chalg‘itadi. Undan tashqari O‘rta
Osiyo cho‘llarida serasal o‘simliklardan paxta, kanop ham aytib o‘tiladi. Holbuki,
bular vodiy vahasida o‘sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |