Qadimgi Rimda farmasevtikaning rivojlanishi
Dori vositalari ko‘pincha aralashtirmasdan ishlatilgan. Murakkab tarkibli reseptlar
keyinchalik dastlabki olimlarning ta'limotlari asosida kiritilgan va Rim tibbiyoti va
dorixonasining eng katta vakili Klavdiy Galen (milodning 131 - 201/210 yillar)
tomonidan qo‘llaniladi.
Galen - taniqli rim shifokori va tabiatshunos olimi. Pergam shahridagi boy
yunonlik me'morning oilasida tug‘ilgan. Galenning birinchi o‘qituvchisi uning
otasi bo‘lib, u o‘g‘linig faylasuf bo‘lishiga intilgan. Galen shifokor kasbini tanladi.
U 17 yoshdan boshlab tibbiyotni o‘rgana boshladi. Tibbiy bilimlarini yaxshilash
uchun u sayohatga chiqdi va madaniyat markazlari – Korinf, Aleksandriya, Kipr,
Falastinni ziyorat qildi; shifobaxsh materiallar, metallar, qatronlar va ziravorlarni
o‘rgandi. Uyga qaytib, 6 yil davomida u gladiatorlar orasida tibbiy amaliyot bilan
shug‘ullangan, shifo jarohatlar, suyak chiqishlari va sinishlarini davolash san'ati
bilan mashhur bo‘lgan. 146-yilda u Rimga ko‘chib, saroy xodimi sifatida xizmatga
kirdi. Rimda Galen taniqli shifokor sifatida mashhur bo‘ldi. U anatomiyani
o‘rganib chiqdi, chunki u kasalliklarni o‘rganish va davolash ushbu fan bilimlariga
asoslanishiga ishongan.
Galen 400 ga yaqin maqolalar yozgan, shu jumladan tibbiyot bo‘yicha 200 ta.
140 ga yaqin tibbiyot asarlari bizga yetib kelgan; Rimdagi Tinchlik
ibodatxonasidagi yong‘in paytida, uning kutubxonasida saqlanayotgan
yozuvlarning bir qismi halok bo‘ldi. Xastaliklar va ularning davolanishi haqidagi
masalalarda Galen Gippokrat va uning izdoshlari ta'limotlaridan kelib chiqqan,
ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritgan. Galen ta'limotiga ko‘ra, kasalliklarni
davolash, to‘g‘ri ovqatlanish (dieta) va qarshi ta'sirga olib keladigan dori vositalari
bilan ta'minlanadi, ya'ni quruqlikni namlik va sovuqlikni harorat bilan yo‘qotiladi.
Galen dorishunos sifatida tanilgan. U quyidagi qoidalarga amal qilgan. Sog‘likni
saqlab qolish uchun, "o‘xshashni o‘xshash bilan" (Xitoy tomonidan bildirilgan
fikr) "qarama-qarshilikni qarama-qarshi bilan" tamoyillarini (yatrokimyogarlar
tomonidan keyinchalik qabul qilingan) qo‘llash kerak. Kasalliklarda shifokor
tabiatga yordam berishi kerak, tabiatning o‘zi ko‘pincha shifo beradi (birinchi
bo‘lib Gippokrat tomonidan bildirilgan fikr). Shu nuqtai nazardan, bu qarashlarga
asosan qo‘llaniladigan dori vositalari "temperament"lari bo‘yicha baholanadi va
uchta sinfga bo‘linadi: oddiy; asosiy va nojo‘ya xususiyatlarning turli
kombinasiyasi (achchiq, shirin, nordon va x.k.)ga ko‘ra qarab, sovuq, issiq, namlik
va quruqlikning harakatchan elementar fazilatli; mahsus, bo‘shatish tarkibli ta'sirga
ega va hokazo.
Galen, tabiatda dori-darmonlar tayyor shaklda va eng maqbul birikma va holatda
berilganligini ta'kidlaydigan, Gippokrat maktabining ta'limotiga shubha bilan
qaragan. U dorilarda - o‘simliklar va hayvonlarda - ishlatilishi kerak bo‘lgan
foydali moddalar va tashlanishi kerak bo‘lgan zararli moddalar borligini
ta'kidlagan. Galen yana tozalangan dorilar berish uchun dorivor moddalarni
balastdan ozod qilishga harakat qildi, ya'ni birinchi bo‘lib ta'sir etuvchi moddalar
tushunchasini kiritdi.
Galen tabiiy materiallardan ajratmalar olishni keng qo‘llagan. Ajratmalar olish
uchun turli xil usullar (bo‘ktirish, ekstraksiya) ishlatilgan.
Sharob, sirka, siroplar farmasiya amaliyotiga kiritildi va ko‘p asrlardan keyin
(Paracelsusda) tinktura va ekstraktlar kiritildi.
Galen Rimda o‘zining dorixonasiga ega edi, u yerda kasallarga o‘zi dori-darmon
tayyorlagan. Dori-darmonlar asosan o‘simlik manbasidan bo‘lgan, ularning
aksariyati tarkibi murakkab bo‘lgan; shuning uchun ba'zi plastirlar 23-60
moddadan iborat edi. Bu murakkab dorilar zahira uchun tayyorlangan va asosan
zamonaviy galen preparatlardan farq qilmagan. Galen kukun, pilyula, kulcha,
sovun, surtma, plastir', xantal, yig‘ma, damlama, qaynatma, eritma, yog‘li moylar,
sharob, sirka, loson va taryoqlarni ishlab chiqarishni ta'riflagan. Galen davrida
kosmetik vositalar, tish tolqoni, soch bo‘yoqlari va boshqalar katta hajmda
tayyorlangan.
Abu Ali ibn Sino (Avisenna)
Avisenna nomi bilan tanilgan, ensiklopedist-olim, faylasuf va shifokor Abu Ali
al-Husayn ibn Abdulloh ibn Hasson ibn Ali ibn Sino (980-1037) Sharq va Yevropa
davlatlari olimlari orasida yuksak nufuzga ega bo‘lgan.
Avisenna 980 yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tug‘ilgan. Buxoroda
u madrasaga o‘qishga kirdi, u yerda Qur'onni va grammatika, stilistika va
she'riyatni o‘rgandi. Ibn Sino yoshligida Buxoroning eng boy kutubxonalaridan
keng foydalanishi uning tibbiy va umumilmiy tayyorgarligi uchun muhim
ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ibn Sino o‘sha paytda Sharqning eng ilg‘or madaniy markazi bo‘lgan Somoniylar
davlatining iqtisodiy va madaniy gullab-yashnashi davrida olim sifatida
shakllangan va rivojlangan. Siyosiy voqealar tufayli XI asrga kelib ushbu madaniy
markaz qo‘shni Xorazmga ko‘chib o‘tganda, Ibn Sino bu yerda tashkil etilgan
olimlarning birlashmasiga, ya'ni Ma'mun akademiyasiga a'zo bo‘ldi. Avisenna
ushbu "akademiyada" eng taniqli olim Al-Beruniy, taniqli shifokor Abul-Hasan-
Xammar bilan birga ko‘rsatgan faoliyati uning ijodiy va ilmiy faoliyatining eng
samarali davriga to‘g‘ri kelgan. 1017 yildagi yangi siyosiy voqealar tufayli Ibn
Sino Xorazmdan qochadi. Keyinchalik uning ilmiy va amaliy tibbiyotdagi faoliyati
va hayoti Eronning Hamadon va Isfaxon shaxarlarida kechdi. Bu yerda u
kasalxonaga asos soldi. Bir muncha vaqt mobaynida u davlat ishlari bilan ham
mashg‘ul bo‘lgan.
Ibn Sino falsafa, matematika, fizika, astronomiya, kimyo va boshqa ko‘plab
sohalarda ko‘plab ishlarni qoldirdi. Ammo tibbiyot va dorishunoslik sohasida,
birinchi navbatda, dunyoga mashhur "Tib qonunlari" ularning eng sarasi
hisoblanadi. Ko‘p asrlar (600 yil) mobaynida bu asarning arab, fors, turk tillarida
Sharq mamlakatlarida, lotin tilida barcha G‘arbiy Yevropa universitetlarida
tibbiyotni o‘rganishda majburiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan. "Tib
qonunlari"ning lotin tilidagi eng ishonchli tarjimasi Plempiyga tegishli bo‘lib, u
1658 yilda L'vovda nashr etilgan.
"Tib qonunlari" 1019-1020 yillarda yozilgan. Unda Ibn Sino 20 yil davomida
to‘plangan va tizimlangan barcha ma'lumotlar aks ettirilgan. "Tib qonunlari"
beshta kitobdan iborat bo‘lib, anatomiya, fiziologiya, patologiya, terapiya,
jarrohlik, gigiena, ovqatlanish masalalarini qamrab oladi.
Asosiy reseptlar tahlili shuni aniq ko‘rsatadiki, Ibn Sino o‘zining salafiy
merosxo‘ri va davrining tibbiyot darajasini bilgan. Masalan, murakkab dorilar
uchun resept alifbo tartibida emas, balki 70 dan ortiq komponentlardan tashkil
topgan eng murakkab preparatlarni yozishdan boshlangan. Keyinchalik oddiy
reseptlar va ularning tayyorlash usullari izchil ta'rifi kelgan.
Beshinchi kitobning birinchi qismida "Farmakopeyada joylashgan murakkab
dorilar to‘g‘risida" deb nomlangan. Bu eng keng hajmli va X asrgacha qo‘llanilgan
barcha murakkab dorilarni (katta taryoqlar va taryoq uchun kulchalar, katta va
kichik bo‘tqalar, kukunlar, yalash uchun dorilar, siroplar va quyultirilgan
sharbatlar, pilyulalar, moylar, plastirlar va boshqalar) tavsiflovchi 12 ta mustaqil
maqolalardan iborat. Jami 508 murakkab dorilarni tarkibi va tayyorlash usullari
jamlangan.
Ibn Sino qaynash, kuydirish, sovutish, yuvish, ratifikasiya qilish va aralashtirish
kabi texnologik jarayonlarni dori vositalari “kuchi” (terapevtik faolligiga) ta'sirini
o‘rganib chiqdi. U kimyoga qiziqqan va bu sohada ko‘p ishlagan. U fermentasiya,
koagulyasiya, erish, sublimasiya kabi kimyoviy jarayonlar bilan tanish edi.
Dori saqlash muddati aniqlashga katta e'tibor berdi. U uzoq muddatli saqlashni
dori vositasi samaradorligini pasaytirishiga haqli ravishda ishongan. Ibn Sinoning
aytishicha, "issiq iqlim sharoitida dorilar sovuqdan ko‘ra qisqa muddatda o‘z
hususiyatlarini saqlab qoladi".
"Tib qonunlari"ning muallifi og‘riqni yengillashtiradigan yoki kamaytiruvchi
dorivor moddalarning tibbiy amaliyotida o‘rganish va tatbiq etishda katta
ahamiyatga ega. Bu anesteziologiyaning dastlabki bosqichlari edi. U dori
vositalarining giyohvandlik va og‘riqsizlantiruvchi xususiyatlariga ega bo‘lishini
bilgan va ulardan foydalangan. Masalan, belladonna, dolchin, mandragora, afyun,
sovuq, qorni og‘riqsizlantiruvchi vosita sifatida qo‘llagan.
Shunday qilib, Ibn Sino mashhur O‘rta Osiyo olimi bo‘lib, uning asarlari uzoq
asrlar davomida tibbiyot fanining nazariy va amaliy asoslari sifatida xizmat qilgan.
Uning "Tib qonunlari" ko‘p marta qayta nashr etilgan va XVII asrga qadar
Yevropa va Sharq mamlakatlaridagi oliy o‘quv yurtlarida o‘ta muhim qo‘llanma
bo‘lib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |