Toshkent farmatsevtika instituti


Xitoyda farmasevtikaning rivojlanishi



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/127
Sana29.07.2021
Hajmi2,34 Mb.
#132091
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   127
Bog'liq
маруза матни ЛОТИН

Xitoyda farmasevtikaning rivojlanishi 
    Xitoy  dorishunosligi  dunyodagi  eng  qadimiylardan  biridir.  Bizgacha  saqlanib 
qolgan kitoblar qadimgi Xitoy shifokorlari eramizgacha 2-3 asrlarda yakka dorivor 
o‘simliklarni  va  ulardan  terapevtik  foydalanishni  tasvirlashga  kirishganligini 
ko‘rsatadi.  Bizning  eramizning  birinchi  asrlarida  yozilgan  tibbiy  kitoblarda 
ko‘pgina  tibbiy  preparatlar  tasvirlangan.  2-3  asrlarda  yashagan  taniqli  xitoylik 
shifokor  Djan  Sun-djan  o‘zining  “Terlamali  isitma  to‘g‘risida  mulohaza”  asarida 
116  reseptni  beradi.  Ular  orasida  isitma  tushiruvchi,  diuretik,  sedativ  va  boshqa 
vositalar  mavjud.  O‘sha  davrning  mashhur  kitoblaridan  "Shen'on  o‘t-o‘lanlari"da 
240 dorivor o‘simliklarni tasvirlangan.  
   652-yilda  Sunn  Su-Siaoning  "Mingta  oltin  dorilar"  kitobi  chop  etildi.  659-yilda 
Xitoy rasmiy davlat farmakopeyasini e'lon qildi, bu dunyoda birinchi farmakopeya 
edi; bu yerda 53 ta jildda 844 ta dorilar tasvirlangan. 
Asrlar  mobaynida  to‘plangan  dorishunoslik  haqidagi  ma'lumotlar  maxsus 
o‘simliklar solnomalari va reseptlar to‘plamlariga birlashtirildi. 
    Ko‘plab  dorilar,  asosan  dorivor  o‘simliklar  Xitoy  an'anaviy  tibbiyotida  hozirda 
ham ishlatiladi. Xitoy tibbiyoti dorilar arsenali juda boy bo‘lib, o‘simlik, hayvonot 
va  minerallardan  olingan  moddalarni  o‘z  ichiga  oladi.  Turli  holatlarda  (sil, 
anemiya,  bezgak  kasalliklari  va  boshqalar)  ishlatiladigan  jen'shen'  dorivor 


o‘simliklar  orsida  maxsus  o‘ringa  ega.  Limonnik,  kofur,  rovoch,  zanjabil,  hind 
ko‘knorisi,  yosh  bambuk  kurtaklari,  choy,  piyoz,  sarimsoq,  smola,  akonit, 
ipekakuana,  qarag‘ay,  qalampir,  chinnigullar  va  boshqalar  ham  ishlatilgan. 
Mandragora,  opiy,  nasha  va  boshqalardan  olingan  ajratmalar  og‘riqsizlantiruvchi 
sifatida foydalanilganligi to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud. 
    Hayvonlardan  olingan  dori  vositalariga  yo‘lbars  tirnog‘i,  qoni,  jigari  va  yuragi, 
fil  terisi,  toshbaqa  boshi,  quritilgan  kaltakesaklar  va  boshqalardan  tashqari  bir 
qatorda  yangi  vositalar  -  pantlar  (rag‘batlantiruvchi  sifatida  ishlatilgan  yosh  xolli 
kiyiklarning shoxi) va mushk anbarlar ishlatilgan. 
    Mamlakatning  jo‘g‘rofiy  landshafti  va  florasining  xilma-xilligi  ishlatiladigan 
dori  vositalarining  assortimentiga  katta  ta'sir  ko‘rsatdi.  Jen'shen'  ildizi  bizning 
eramizgacha  5-6-asrlardan  kechikmay  qo‘llanila  boshlandi.  Dengizchilar  va 
baliqchilar  qadimdan  bo‘qoqni  dengiz  suvo‘tlari  yordamida  davolashgan.  Tung 
yog‘i teri kasalliklarini, betel yong‘oqlari - qurtlarga qarshi, tuya (kameliya) gullari 
-  kuyishlarda,  shaftoli  gullari  -  siydik  xaydovchi  sifatida,  ich  qotishida  va 
o‘smalarni  davolashda  ishlatilgan.  Zupturum,  lotos,  qirqquloq,  momaqaymoq, 
kofur,  hind  ko‘knorisi,  zanjabil,  limonnik,  ipekakuana  urug‘lari  tibbiyotda  keng 
qo‘llanilgan. Xitoyda amilofil o‘simliklarining 300 dan ortiq turi mavjud. Ulardan 
ko‘pchiligi (guruch, gaolyan, shakar qamish) kasalliklarni daolovchi vosita sifatida 
xizmat  qilgan.  Mushk  bilan  yurak  kasalliklarini,  ipak  qurti  pillasi  bilan  bolalar 
tutqanog‘ini, toshbaqa qobig‘i bilan singani, dengiz baliqlarining yangi jigari bilan 
shabko‘rlikni davolashgan. 
   O‘simlik  bo‘yoqlari  ko‘plab  teri  kasalliklari,  bezgak  va  qon  kasalliklarini 
davolashda  ishlatilgan.  Surma,  tuz,  kalay,  qo‘rg‘oshin,  mis,  kumush  va  ayniqsa, 
simob (kinovar') birikmalari juda ko‘p ishlatilgan. Qadimgi qabristonlarda topilgan 
"Simob  toshlar"  nafaqat  muqaddas  nomga  ega  bo‘lgan,  balki  sifilisni  davolashda 
ham ishlatilgan. Miloddan avvalgi bir necha asrlar ichida dori vositalarini ularning 
farmakologik  xususiyatlariga  ko‘ra  tasniflash  ishlari  olib  borildi.  365  ta  dorivor 
o‘simliklarning  ta'rifini  o‘z  ichiga  olgan,  dunyodagi  eng  qadimiy 
farmakopeyalardan  biri  "Ildizlar  va  o‘tlar  to‘g‘risida  traktat"  ("Shen'-nuna", 
miloddan  avvalgi  11  asrdan  ilgari  bo‘lmagan  va  besh  asrdan  kechikmagan)da 
shifokorlar  qonni  tozalovchi,  ich  suruvchi,  aksirtiruvchi  vositalarni  alohida 
guruhlarga ajratishgan. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish