Toshkent farmatsevtika instituti


Qadimgi Yunonistonda farmasevtikaning rivojlanishi



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/127
Sana29.07.2021
Hajmi2,34 Mb.
#132091
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   127
Bog'liq
маруза матни ЛОТИН

Qadimgi Yunonistonda farmasevtikaning rivojlanishi 
Qadimgi Yunoniston (Gresiya)da shifokorlarni tayyorlash uchun maktablar mavjud 
edi.  Kichik  Osiyo  sohillari  bo‘lgan  Knidos  va  Kosda  eng  mashhur  tibbiyot 


maktablari bo‘lgan. Kos orolida joylashgan maktabning mashhur vakili Gippokrat 
(mil. avv. 460-377) edi. 
 
    Gippokrat  quldorlik  jamiyatidagi  mashhur  shifokorlardandir.  Gippokratning 
vatani  Kos  oroli  bo‘lgan.  Uning  otasi  shifokor,  onasi  esa  doya-akusher  edi. 
Sulolasining  18  avlodiga  qadar  tibbiyot  bilan  shug‘ullanib,  avloddan-avlodga 
egallangan tajribani berib kelgan. 
    Gippokrat tibbiyotni dindorlarning ta'siridan ozod qildi, avvalambor, har qanday 
tibbiy kuzatuvni bir joyga to‘plashga, ularni tizimga solishga va falsafiy asoslashga 
harakat  qildi.  Gippokrat  terapevtik  tizimida  parhez  va  parhez  bilan  davolash 
muhim  o‘rin  tutadi.  U  dorilar  bilan  ham  davolagan,  sinovdan  o‘tgan  kam  sonli 
dori-darmonlarni (arpa bo‘tqasi - "ptizana", chemerisa, dengiz piyozi va boshqalar) 
mohirona  qo‘llagan.  U  gigienik  davolash  va  dori-darmonlar  bilan  davolash  bir 
xilda zarurligiga ishongan. 
   Gippokrat  dorishunoslikka  katta  ahamiyat  bergan.  "Dori  vositalari  va  ularning 
oddiy  xususiyatlari,  agar  ular  tavsiflangan  bo‘lsa,  sen  ularni  ehtiyotkorlik  bilan 
hotirangda  saqlashing  kerak.  Ulardan  kasalliklarga  aloqador  barcha  narsalarni, 
oxir-oqibat,  ma'lum  kasalliklarda  qanaqa  va  qanday  qilib  ta'sir  qilishi  kerakligini 
o‘zingiz uchun o‘zlashtirib olishingiz kerak, chunki bu dori vositalari to‘g‘risidagi 
bilimlarning boshlanishi, o‘rtasi va oxiridir". 
     Gippokrat  o‘simlik  bilan  davolashga  alohida  e'tibor  qaratgan.  U  dorilarning 
tabiatini saqlab qolishga xarakat qilgan, shuning  uchun  ularni saqlash usulini aniq 
belgilab  bergan,  bu  qadimiy  dorixonalarda  olib  borilgan  qazish  ishlari  bilan 
tasdiqlangan. U o‘simliklardan siqilgan sharbatni shisha  idishda  yetkazib berishni 
tavsiya  qiladi;  barglar,  gullar  va  ildizlar  –  yopiq  sopol  idishlarda,  dori 
vositalarining kuchi shamollatish ta'siri ostida tugamasligi uchun va hokazo. 
    Gippokrat  davrida  davolash  uchun  o‘simlik  va  hayvonot  mahsulotlaridan  keng 
foydalanilgan.  O‘simliklar  orasida:  bodom,  buzina,  xantal,  anor,  qovun, 
qizilpoycha,  kungaboqar,  iris,  kastor,  kleo‘evina,  qichitqi,  krushina,  piyoz, 
ko‘knor,  mandragora,  ayiq  qulog‘i,  bodom,  yalpiz,  bug‘doy,  cho‘pon  sumkasi, 
polin,  sosna,  qovoq,  chelibuxa,  oq  va  qora  chemerisa,  sarimsoq,  shalfey  kabi 
hammasi bo‘lib 230ga yaqin o‘simliklar. 
Hayvon dorilaridan kambala, kefal, daryo okuni yog‘lari va boshqalar ishlatilgan. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish