7-MAVZU. Turizm sohasidagi xizmatlar va mahsulotlar.
Reja:
1. Turistik xizmatlar. Turistik mahsulotlar. Tur. Tur paket. Individual
tur. Guruhli tur. Majmuali xizmat ko‗rsatish. Buyurtmali tur.
Inklyuziv tur.
2. Turizm sohasi xizmatlari xususiyatlarining «4S» bilan ifodalanishi.
3. Xizmat ko‗rsatish klasslari va xizmatlar paketi.
7.1.Turistik xizmatlar
Bugungi kunda turizm jahondagi uchta yetakchi sohalar qatoriga kiritilmoqda.
Tez sur‘atlarda rivojlanmoqda va uning muhim ijtimoiy hamda iqtisodiy
ahamiyatga ega bo‗lishi quyidagi omilarga ta‘siri bilan belgilanadi:
- mahalliy daromadni o‗stiradi;
- yangi ish o‗rinlarini yaratadi;
- turistik xizmatlar ishlab chiqarish bilan bog‗liq bo‗lgan barcha sohalarni
rivojlantiradi;
- sayyohlik markazlarida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini
rivojlantiradi;
- xalq hunarmandchilik markazlari faoliyatining rivojlanishini tezlashtiradi;
91
- mahalliy aholi yashash darajasining o‗sishini ta‘minlaydi;
- valyuta tushumlari miqdorining o‗sishiga yordam beradi.
O‗zbekiston Respublikasining «Turizm to‗g‗risida»gi Qonunida ayrim
moddalarda turistik xizmatlar bilan bog‗liq tushunchalarning ta‘rifi berilgan.
Jumladan, Qonunning 3-moddasida turistik xizmatlar tushunchasi haqida: «turistik
xizmatlar turistik faoliyat sub‘ektlarining joylashtirish, ovqatlantirish, transport,
axborot-reklama xizmatlari ko‗rsatish borasidagi, shuningdek, turistlarning
ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan boshqa xizmatlar», – deb ta‘riflanadi.
Qonunning 11-moddasi: «Turistik sayohat va turistik xizmatlar majmui», – deb
nomlanib, unda quyidagi fikrlar bayon qilinadi – «turistik sayohat Yakka tartibda
yoki turistlar guruhi tarkibida amalga oshiriladi.
Turistik xizmatlar majmui transport xizmati ko‗rsatishni, yashash,
ovqatlantirish, ekskursiya xizmati ko‗rsatish, madaniy, sport dasturlarini tashkil
etish va boshqa xizmatlarni o‗z ichiga oladi», – deb belgilangan. Qonunning 10-
moddasi: «Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish», – deb nomlanib, unda quyidagi
jumlalarni o‗qiymiz: «Turistik xizmatlar majburiy sertifikatlashtirilishi lozim.
Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va sertifikat berish qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Turistik
faoliyat
sub‘ektining
turistik
xizmatlarni
majburiy
sertifikatlashtirishdan bosh tortishi, turistik xizmatlarni sertifikatlashtirishning
natijasi salbiy bo‗lishi, shuningdek, sertifikatning amal qilishini bekor qilish
turistik faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishini
to‗xtatib qo‗yishiga, yoki litsenziyadan mahrum qilishga sabab bo‗ladi».
Qonunning 12-moddasi: «Turistik xizmatlar ko‗rsatish shartnomasi», – deb
nomlanib, quyidagi fikrlar bayon etiladi: «Turistik xizmatlar shartnoma asosida
ko‗rsatiladi. Shartnomada ko‗rsatilgan xizmatlarning ko‗lami va sifati, taraflarning
huquqlari hamda majburiyatlarini, haq to‗lash va hisob-kitoblar tartibini,
shartnomaning amal qilish muddatini va uni bajarmaganlik yoki lozim darajada
bajarmaganlik uchun javobgarlikni, shuningdek, taraflarning kelishuviga ko‗ra
boshqa shartlarni belgilaydi». Qonunning 13-moddasida: «Turistik yo‗llanma
92
(vaucher)», – deb nomlanib, unda: «Turistik yo‗llanma (vaucher) – turistning yoki
turistlar guruhining tur tarkibiga kiruvchi turistik xizmatlarga bo‗lgan huquqini
belgilovchi va bunday xizmatlar ko‗rsatilganligini tasdiqlovchi hujjat», deb
qaraladi.
Bizning nazarimizda, turistik xizmatlar sayohat davomida turistning barcha
ehtiyojlarini qondirishga, ta‘minlashga qaratilgan va xizmat ko‗rsatish sohasidagi
aniq maqsadga yo‗naltirilgan harakatlar to‗plami bo‗lib, ular turizm maqsadlariga,
turiga va turistik xizmatning qanday yo‗naltirilganligiga to‗la javob berishi kerak.
Turistik xizmatlar – turist va ekskursant ehtiyojlarini qondirish va
ta‘minlashga qaratilgan, xizmat sohasidagi bir maqsadga yo‗naltirilgan harakatlar
to‗plami bo‗lib, ular turizm maqsadlariga, harakteriga va turistik xizmatning
qanday yo‗naltirilganligiga javob berishi hamda umuminsoniy tamoyillarga qarshi
bo‗lmasligi kerak. Davlat standarti ta‘rifiga ko‗ra, turistik xizmatlar – turistlarning
ehtiyojlarini qondirish faoliyati bilan shug‗ullanuvchi turizm tashkilotlari
faoliyatining mahsulidir.
Umuman xizmatlar – bu ko‗zga ko‗rinmas tovarning o‗ziga xos turidir.
Xizmat bevosita iste‘mol jarayonida yuzaga keladi va alohida holda bo‗lmaydi, bu
xizmatning moddiy tovarga nisbatan asosiy farqidir. Bundan tashqari, tovar
iste‘molchiga olib kelib beriladi, turistik xizmat esa iste‘molchi bevosita
xizmatning amalga oshiriladigan joyiga olib boriladi. Shuning uchun ham turistik
xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish moddiy tovarlarni sotishga aloqador bo‗lgan
qonunlar asosida emas, balki boshqa qonunlar majmui bilan boshqariladi. Turistik
xizmatlar ikki turga bo‗linadi:
Asosiy va qo‗shimcha turistik xizmatlarning bir-biridan farqli tomonlari
quyidagilardan iborat:
1.
Asosiy xizmatlar (tashish, joylashtirish, ovqatlantirish) turpaketga
kiritiladigan xizmatlardir. Qo‗shimcha turistik xizmatlar esa turpaketga
kiritilmaydi;
2.
Asosiy turistik xizmatlar oldindan sotib olingan (sayohatni
boshlashdan oldin) ya‘ni to‗lov oldindan amalga oshirilgan bo‗ladi. Qo‗shimcha
93
turistik xizmatlarda to‗lov – xizmatdan foydalanish jarayonida turist tomonidan
qo‗shimcha to‗lov sifatida amalga oshiriladi. Ammo individual turist hech qanday
dastur (turpaket)siz sayohat qilganda, uning asosiy va qo‗shimcha turistik
xizmatlar to‗lovi bir xil ko‗rinishda amalga oshiriladi. Yuqoridagi farqlardan kelib
chiqqan holda, qo‗shimcha turistik xizmatlar deganda turpaketda nazarda
tutilmagan, turist o‗zining qo‗shimcha to‗lovi asosida foydalanadigan xizmatlar
tushuniladi.
Butunjahon turizm tashkiloti qo‗shimcha turistik xizmatlarning 400 xil turini
keltirib o‗tgan. Qo‗shimcha turistik xizmatlarning ahamiyati shundaki, unda turist
yuzaga kelgan ehtiyojlarini to‗laqonli qondiradi, ma‘lum bir vazifalarni bajarishda
o‗zini urintirmaydi (masalan: mehmonxonada yashayotganida kiyimini tozalash
yoki dazmollash uchun mehmonxona xodimlariga murojaat qiladi). Turist
qo‗shimcha turistik xizmatlar tufayli to‗la dam olishga erishadi. Natijada o‗z
sayohatidan ko‗ngli to‗ladi. Qo‗shimcha turistik xizmatlardan turist ikki xil
vaziyatda foydalanadi:
- turpaketning tanaffus qismida yoki turist bo‗sh qolgan vaqtda
foydalanadigan xizmatlar (masalan: kechqurin Registon maydonida namoyish
etiladigan ovozli va nurli panoramaning tomoshasi);
- asosiy xizmatlar ko‗rsatilishi davomida yoki turist ehtiyojidan kelib
chiqqan holda foydalanadigan xizmatlar (masalan: qo‗shimcha gid xizmati).
Turistga birinchi vaziyatdagi qo‗shimcha turistik xizmatlarni ko‗rsatish uchun
quyidagilarga e‘tibor berish kerak:
- turistlar qiziqishlarini inobatga olib, iloji boricha turistlarga faqat Yaxshi
kayfiyat bag‗ishlaydigan qo‗shimcha xizmatlar taqdim etish o‗rinli hisoblanadi.
Shu o‗rinda bu xizmatlar turistga ijobiy taassurot qoldira olishi kerak. Masalan:
o‗zbek milliy to‗ylariga va oilalarga olib borish, turistni milliy konsert,
festivallarga taklif etish. Buning uchun Respublikada turistlarga xizmat qiladigan
milliy ansambl guruhlarini tashkil etish maqsadga muvofiq bo‗ladi;
-
turist uchun yangilik bo‗lgan va bunday vaziyatga oldin duch kelmagan
qo‗shimcha turistik xizmatlarni ko‗rsatish. Masalan: Samarqandda bir –biriga
94
masofa jihatidan yaqin joylashgan yodgorliklar (Amir Temur maqbarasi, Registon
maydoni, Bibixonim masjidi, Shohizinda ansambli va boshqalar) ga sayohat
qilishda turistlarni tuya, ot-aravalarda olib borish chuqur taassurot qoldiruvchi
xizmatlardir. Buning uchun shu yodgorliklar joylashgan hududda piyoda turistik
yo‗laklar tashkil etib, turistik-tomosha hududiga aylantirish kerak;
- turistlarni milliy urf – odatlar va an‘analar bilan tanishtirish orqali milliy
hunarmandchilik va kasanachilik jarayonlarida bevosita qatnashishini tashkil
etish. Yoki o‗zbek milliy taomlarining pishirilish jarayonini tomosha qilish kabi
xizmatlar ko‗rsatish. Buning uchun mamlakatimizda hunarmandchilik,
kasanachilik va milliy oshxonalarni turizm sohasiga jalb qilib, bu sohalarni
rivojlantirish.
Turistga ikkinchi vaziyatdagi qo‗shimcha turistik xizmatlarni ko‗rsatish uchun
quyidagilarga e‘tibor berish kerak:
- mehmonxonalardagi qo‗shimcha turistik xizmatlarni rivojlantirish. Bu
xizmatlarga: nomerga taom yoki mehmon buyurtmalarini yetkazib berish xizmati,
kiyim tozalash va dazmollash xizmati, seyf xizmati, telefon, internet, pochta
xizmatlari, trenajor zali xizmati, basseyn (ochiq yoki yopiq), massaj, sauna,
sartarosh xizmati, texnikani ta‘mirlash xizmati, valyuta ayriboshlash xizmati, ijara
xizmati va boshqalar;
- ovqatlanish korxonalarida qo‗shimcha turistik xizmatlar maxsus turist
buyurtmasi va tanloviga asosan ko‗rsatiladigan xizmatlardir.
Qo‗shimcha turistik xizmatlardan turist ketma-ket ravishda ham foydalanishi
mumkin. Ya‘ni, turist bo‗sh vaqtida shahardan tashqariga tog‗li manzaralarni
ko‗rish uchun borganda u valyuta almashtirish xizmati, avtomobil ijara xizmati,
qo‗shimcha ovqatlanish xizmati (shahardan tashqarida) dan ketma – ket
foydalanadi. Xulosa qilib aytganda, qo‗shimcha turistik xizmatlar nafaqat tashkil
qilinishi va taklif qilinishi, balki sifatli va foydali ravishda ko‗rsatilishi kerak
bo‗ladi.
Butun Jahon Turizm Tashkilotiga ko‘ra har bir turist, turist bo‘lishi uchun
tashrif buyurgan joyida kamida bir kecha bo‘lishi kerak. Bu esa turistik joyda
95
ma'lum bir joylashtirish hizmatini tashkillashtiradi.
16
Bu joylashtirish turizm
sohasida muhim rol o'ynaydi, va turistik yo'nalishda bu e'tiborsiz qoldirilishi
mumkin emas. Bu umumiylikning maqsadi shundan iboratki, sizga mehmonxona
faoliyatining turlarini va uni turizm industriyasidagi ahamiyatini ko‘rsatadi.
Umumiylikning yana bir maqsadi shuki, u turistik joylardagi yordamchi
hizmatlarning ahamiyatini ilgari surmoqda.
Mehmonxona - turizmning asosiy tarkibiy qismlaridan biri va turizmni
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mehmonxona uydan talab vositalari
bilan ajraladi. Mehmonxonaning turlari juda ko‘p bo‘lib, o'tgan o'n yilliklar
davomida sezilarli o'zgarishlar ro'y berdi. So'nggi yillarda ko‘proq noan'anaviy va
norasmiy mehmonxona turlariga talab ko‘paydi.
Mehmonxona sohasida ko'p o'zgarishlar bo'lib o'tdi. Xususan joylashtirishning
yangi turlari, asosan, shaharlardan tashqari joylar, kempinglar, uy-vagonlari va
sayyohlik uylari juda mashhur bo'lib ketmoqda. Odatda, ko'p sonli sayyohlar oddiy
joylarga tashrif buyuradilar, chunki birinchi klass mehmonxonalar o‘zlarining
ajoyib hizmat ko‘rsatishlari mavjuddir. Bugungi kunda, Shveytsariya, Gollandiya,
Avstriya va Niderlandiya yaxshi milliy oshxonasi, qulaylik va tozalik uchun
obro‘ga sazovordir. Hozirgi paytlarda, odamlarning dam olishi o'zgardi. Ba‘zilari
o‘z dam olish vaqtlarini oilasi va dostlari bilan o‘tkazayotgan paytda, qaysidir
turist dunyo bo‘ylab sayohat uyushtiradi. Shu sababli, butun dunyo bo'ylab turizm
sanoati o'z navbatida misli ko'rilmagan darajada o'sdi, qaysiki o‘z navbatida servis
hizmatlarini va mehmonxona faoliyatini rivojlanishiga olib keldi. Qulay
mehmonxonalar va joylastirish maskanlari turistik makonni mashhur bo‘lishida
muhim rol o‘ynaydi. Agar o‘z uyidan uzoqda bo‘lgan tuirst biron turistik makonda
o‘zini o‘z uyidagidek his qilsa, unda.u joyga yana keladi. Aksincha, agarda u
yerda yetarlicha hizmat ko‘rsatilmasa yoki turist u yerdagi sharoitdan qoniqmasa, u
yerga qaytib bormaydi. Shu tufayli mehmonxonalar turistlarga maksimal
qulayliklar bilan ta'minlashga va hizmat ko‘rsatishga harakat qiladilar. Yanada
qulay hizmat ko‘rsatish muhimdir.
16
Wan Chai. Introduction to Management Hospitality. Clayron W.Barrows and anothets. USA, 2012.
96
Do'stlaringiz bilan baham: |