40
3.6.Ziyoratchi olimlar
Eng qadimgi sayohatchilar qatoriga avvalo savdogarlar va ziyoratchilarni –
(piligrim) kiritishimiz aniq. YAngi er va resurslarga egalik qilish va savdo qilish
istagi insoniyatni boshqa joylar, hududlar, mamlakatlar va xattoki qit‘alar tomon
undagan. Mashhur grek tarixchisi Gerodot eramizdan avvalgi V-asrda barcha
ma‘lum va mashhur sayohat va ixtirolarni tasvirlab bergan. Fransuz tadqiqotchisi
va geograf olim Pifey (kelib chiqishi Massallik - hozirgi Marsel, Fransiya),
eramizdan avvalgi 320 yilda usha vaqtlarda akl bovar kilmagan tarzda butun
Evropa bo‗ylab sayohat qilgan, Britaniya orollarini aylanib o‗tib, Norvegiya va
Islandiyagacha etib borgani taxmin qilinadi. U «Okean haqida» (On the Ocean)
deb nomlangan ajoyib asarni yozib qoldirgan bo‗lib, unda ko‗plab geografik
yangiliklar va ixtirolar tasvirlab berilgan.
Qadimgi Rim tarixiga va odatlariga murojaat qiladigan bo‗lsak, badavlat
aristokratlar imperatorning ruxsati bilan dam olish maqsadida boshqa
mamlakatlarga, masalan Misrga sayohat qilganini bilib olishimiz mumkin.
Amerika qit‘asining bir necha marta ochilishi va o‗zlashtirilishi, 900-1100
yillarda Islandiya va Grenlandiyaning o‗zlashtirilishini alohida qayd etish joiz.
Kolumbdan ham avval jasur vikinglar Grenlandiyaga va xattoki Amerika qit‘asiga
etib borganlar va u erda koloniyalarga asos solganlar. Ularning yashagan
makonlari hozirda topilgan bo‗lib, xattoki ba‘zi kolonistlarning ismlari ham
aniqlangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan. Ushbu ekspeditsiyalarga 982 yilda
irlandiyalik Erik Rijiy boshchilik qilgan. «Buyuk Ipak yo‗li» kabi boshqa mashhur
yo‗nalishlar ham qadimgi sayohatlarning aynan savdo maqsadlariga asoslanishidan
darak beradi.
Sayohatlarning rivojlanishiga ziyoratchilar ham munosib hissa qo‗shganlar.
Turli din vakillari bo‗lgan ziyoratchilar o‗z dinlarini kengaytirish va mukaddas
joylarga borib ziyorat qilish maqsadida uzundan-uzoq va mashakkatli sayohatlarni
amalga oshirganlar. Salb yurishlari o‗rta asrlarning mashhur xodisalari sifatida
qayd etiladi. Hozirgi paytda ziyoratchilik diniy turizmning asosini tashkil qilib, o‗z
faoliyatiga ko‗ra, keng miqyosga ega hisoblanadi. Bunga misol tariqasida islom
41
dini vakillarining muqaddas Makkayu Mukarrama shahriga xajga borishi yoki
xristianlarning Kuddus shahriga ziyorat qilishlarini keltirib o‗tish kifoya.
Sayohatlarning asosiy qismi yangi savdo yo‗llarini, yangi er va mamlakatlarni
ochish maqsadida amalga oshirilgan.
Buyuk arab olimi va sayohatchi Ibn Battuta (Abu Abdullox Muhammad ibn
Abdullox al Lavati at-Tanji) Ibn Battutah (1304-1368) 21 yoshidan sayohat
qilishni boshlagan va sharqning barcha mamlakatlarini (70 ming chakirimdan
ortiq) piyoda bosib o‗tgan, SHimoliy Afrika mamlakatlari, Xitoy va Hindistonda
bo‗lgan. U o‗zining mashhur «Rixle» deb nomlangan asarida ko‗plab mamlakat va
savdo yo‗llarning geografik nomlarini, xalqlarning urf-odatlarini batafsil tasvirlab
bergan. Italiyalik savdogar Marko Polo (1254-1324) 1271-1295 yillarda Xitoyga
safar uyushtirib, u erda 17 yil istiqomat qilgan va bu mamlakat haqidagi kamyob
ma‘lumotlarni tuplab, o‗zining kitobida aks ettirgan.
YAngi erlarning ochilishi uzoq o‗tmishda dengiz orqali mashakkatli
sayohatlar uyushtirishni talab qilgan. Hozirgi kunda barchaga ma‘lumki, Amerika
Kolumbdan ancha avval kashf etilgan, Grenlandiyada esa (uning nomi «yashil er»
deb nomlanib, hozirgi kunda kalin muzlik bilan koplangan) Evropadan kelib
chikkanlar istiqomat qilgan. Agar ushbu ulkan orolning muzlash tarixiga e‘tibor
qaratadigan bo‗lsak, birinchi ko‗chib kelganlarning eramizdan avvalgi 600-700
yillarda kelganligi ma‘lum bo‗ladi. Janubiy Amerikadan Polineziyaga ommaviy
ravishda sollarda bir necha oyda suzib o‗tishga aql bovar qilmasada, buni amalga
oshirish mumkinligini Tur Xeyerdal Tinch okeanini oddiy bir solda kechib o‗tgan
holda isbotlab bergan.
Ko‗plab sayohatlar yangi hududlarni egallab olish yoki bo‗lib olish maqsadida
harbiy yurishlar bilan amalga oshirilgan. Ko‗p sonli kushinlari bilan harbiy yurish
qilgan Aleksandr Makedonskiy (eramizdan avvalgi 356-233 yillar) 32 ming
chakirim yo‗lni bosib o‗tib, o‗z vaqti uchun ajoyib ko‗rsatkichga ega bo‗lgan.
O‗rta asrlarda xristianlar obidalarini ximoya qilishga yo‗naltirilgan salb yurishlari
minglab chakirim masofadan Mukaddas Er va Vizantiyaga etib kelgan yuz
minglab dindorlarni o‗z saflariga birlashtirgan.
42
Buyuk sayohatchi va kashfiyotchilar, olimlar qatoriga misol qilib Fernan
Do'stlaringiz bilan baham: |