Hofizi Abru (1362–1431) Temuriylar sulolasining tarixchi va geografi
Hofizi Abru Hirot shahrida tug‗ilgan. Hayoti davomida ko‗plab sayohatlarga
chiqqan, Yevroosiyoning Hindistondan to Shomgacha bo‗lgan yerlarini, Kavkaz va
Rossiyaning ko‗plab viloyatlarini kezgan. Uning o‗zi bu haqda shunday yozib
qoldirgan «Yiroq safarlar asnosida Movarounnahr, Turkiston, Dashti Qipchoq,
Xuroson, Iroq, Ozarboyjan, Eron, Mug‗on, Gurjiston, Katta va kichik Armaniston,
Rus va Shom yerlarining barchasini, Frot daryosi sohillarini, Xazar sohillarini,
Qobulni, Mo‗ltonni va Hindistonni ko‗rdim».
Do'stlaringiz bilan baham: |