Magellan (1480-1521), Vasko da Gama (1469-1524), Xristofor Kolumbni
(1451-1506) ko‗rsatish mumkin, ulardan oxirgisi 1492-1493 yillarda uchta
karavellada Atlantika okeanini bosib o‗tgan va Amerika qit‘asini ochgan.
Markaziy Osiyo olimlarining turizm bilan bog„liq sayohatlari. Ziyoratchi-
olimlarning eng mashhuri deb buyuk muhaddis Imom Ismoil al-Buxoriyni tan
olamiz. Imom Ismoil al-Buxoriy o‗z onasi bilan 17 yoshida hajga borib, bir necha
yil Arabistonda yashaydi. U fiqh hadislarini yig‗ish maqsadida Bog‗dod, Damashq,
Balx, Nishopur, Misr va boshqa ko‗pgina arab shaharlarida 40 yil davomida
sayohat qilib, hadislarni to‗playdi. Bunga Imom al-Buxoriyning zamondoshi Abu
Do'stlaringiz bilan baham: |