19.3.O„zbekiston Respublikasida qabul qilingan turizm sohasiga oid
farmon va qarorlarning xronologiyasi.
Turizm sohasiga oid ishlab chiqilgan ilk me‘yoriy hujjat bu – O‗zbekiston
Respublikasi Prezidentining 1992-yil 27-iyuldagi «O‗zbekturizm» M.Kni tashkil
etish to‗g‗risida»gi Farmoni va O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
shu yil 20-oktyabrdagi «O‗zbekturizm» MK faoliyatini tashkil etish masalalari
haqida»gi qaroridir.
Mamlakatimizda jahon andozalariga javob beradigan turizm tizimini barpo
etish, ushbu soha boshqaruvini takomillashtirish, uning iqtisodiy samaradorligini
oshirish, shuningdek, mamlakatimizda mavjud bo‗lib kelgan va sobiq ittifoqqa
bo‗ysungan turistik tashkilotlar va muassasalarni Respublika ixtiyoriga o‗tkazish
ushbu farmon va qarorning bosh maqsadi qilib olindi.
Mazkur farmon O‗zbekistonda turizm sohasini takomillashtirish, uni yangi
bosqichga ko‗tarish, «O‗zbekturizm» MK ni tuzish uchun dastur bo‗lib xizmat
qildi. 1993- yilda esa «O‗zbekturizm» Milliy kompaniyasi Butunjahon turizm
tashkilotiga (BTT) haqiqiy a‘zo bo‗lib kirdi va bu o‗z navbatida xalqaro turizmni
rivojlantirishning katta imkoniyatlarini yaratdi.
Jahon bo‗yicha turizmni keng targ‗ib qilish, mazkur sohaning iqtisodiyotda
naqadar muhim o‗rin tutishini jamoatchilikka atroflicha tushuntirish, davlatlar
o‗rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida Butunjahon turizm
tashkilotining 1979-yil Ispaniyaning Torremolino shahrida o‗tkazilgan Bosh
assambleyasida 27- sentyabr- «Xalqaro sayyohlik kuni » deb e‘lon qilindi. Ushbu
sana, 1980- yildan boshlab xalqaro hamjamiyat tomonidan katta shodiyona sifatida
nishonlab kelindi.
Butunjahon turizm tashkiloti taxminlariga qaraganda, ushbu asrda sayyoramiz
bo‗yicha turistlar soni qariyb uch barobarga ortib, 1,6 milliard kishiga yetadi. Bir
turistning sarflaydigan mablag‗ esa ikki barobarga oshadi. Masalan, 1995-yilda bir
279
kishi ushbu maqsad uchun o‗rtacha 707 AQSH dollari ishlatgan bo‗lsa, 2020-yilga
borib, bu ko‗rsatkich 1248 AQSH dollarini tashkil etishi kutilmoqda.
Birlashgan millatlar tashkilotining YUNESKO tashkiloti hamda O‗zbekiston
hukumatining tashabbusi bilan 1994-yilda Samarqand shahrida Buyuk Ipak
yo‗lidagi shaharlarda xalqaro turizmni rivojlantirish bo‗yicha Samarqand
deklaratsiyasi qabul qilindi. Unda butun dunyo davlatlariga murojaat qabul qilinib,
turizmni rivojlantirish masalalariga e‘tibor berildi. Ayniqsa, «Buyuk Ipak yo‗li»
ning markazini tashkil etgan, O‗zbekistonga turizm ishida keng ahamiyat berilishi
xususida, yurtimizdagi mavjud turistik resurslardan unumli foydalanish uchun
imkoniyatlarni izlab topish haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Keyingi yillarda ishlab chiqilgan muhim hujjatlar qatoriga O‗zbekiston
Respublikasi Prezidentining 1995-yil 2-iyundagi «Buyuk Ipak yo‗li» ni qayta
tiklashda O‗zbekiston Respublikasi ishtirokini avj oldirish va Respublikada
xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar to‗g‗risida»gi Farmoni
hamda mazkur farmonni amalga oshirish maqsadida e‘lon qilingan O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-iyundagi «O‗zbekiston
Respublikasida xalqaro turizmning zamonaviy infratuzilmasini barpo etish chora-
tadbirlari to‗g‗risida»gi qarorini kiritish mumkin.
O‗zbekiston tarixi uzoq, ajdodlari buyuk, madaniy merosi sermazmun ko‗hna
yurtlardan biridir. Ayniqsa, mamlakatimizni sharq va g‗arbni bog‗lab turuvchi
«Buyuk Ipak yo‗li» dagi belbog‗ sifatida Yaxshi bilamiz. «Buyuk Ipak yo‗li»
qariyib ikki ming yillik tarixga ega. Uning bir uchi Xitoy bo‗lsa, ikkinchi uchi
Italiyadir. Bu yo‗lni «Ipak yo‗li», «Karvon yo‗li» deb ham ataladi.
Bunday nom berilishiga sabab, ipak mahsulotlari karvonlar orqali tashib
o‗tilgan, Shuningdek, bronza, chinni, jun xom-ashyolari va ulardan tayyorlangan
buyumlar ham olib o‗tilgan. «Buyuk Ipak yo‗li»da nafaqat savdo-sotiq, shu bilan
birga madaniyat, san‘at, ilm-fan, ma‘naviyat, ma‘rifat, odob-u-axloq, tinchlik,
turizm, targ‗ibot-tashviqot (reklama), talab va taklif (marketing) ham muttasil
shakllangan, yuqori darajaga yetgan.
«Buyuk Ipak yo‗li»da ko‗hna Turkiston hududi yetakchi o‗ringa, Samarqand,
280
Buxoro, Xiva, Termiz, Xo‗jand, Chorjo‗y kabi shaharlar esa muhim ahamiyatga
ega bo‗lgan. Hozirgi O‗zbekiston hududi bu yo‗lning markazida joylashgan.
Sohibqiron Amir Temur davrida «Buyuk Ipak yo‗li» keng rivojlangan. Shularni
e‘tiborga olib, qabul qilingan ushbu hujjatlar g‗oyat muhim xalqaro turizm
yo‗nalishi - «Buyuk ipak yo‗li»ni qayta tiklash, bunga xorijiy turistlarni jalb etish,
shuningdek, mamlakatimizda zamonaviy turizm siyosatini vujudga keltirishga
asosiy maqsadni qaratdi.
Buning uchun esa: «Buyuk ipak yo‗li»dagi shaharlar – Samarqand, Buxoro,
Xiva va Toshkentda xalqaro turizm bo‗yicha maxsus ochiq iqtisodiy mintaqalar
tashkil etish, mazkur shaharlarning aeroportlari va temir yo‗l vokzallarida xorijiy
turistlar
uchun
bojxona
rasm-rusumlarining
xalqaro me‘yorlarga mos
soddalashtirilgan tartibi, tranzit turistlar uchun maxsus bojxona zonalari, turistik
tashkilotlar uchun soliq imtiyozlari joriy qilish, imtiyozli kredit berish ko‗zda
tutildi.
Navbatdagi hujjatlar – O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1996-yil 21-noyabrdagi «Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‗lmagan
shaxslarning O‗zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda bo‗lishlari
va tranzit o‗tishlari tartibi to‗g‗risida»gi Qarori va unga Respublika Vazirlar
Mahkamasining
1999-yil
16-apreldagi
Qarori bilan o‗zgartirishlar va
qo‗shimchalarning kiritilishi bo‗ldi.
Ushbu qarorlarda «Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‗lmagan
shaxslarning O‗zbekiston Respublikasiga kelishlari hamda O‗zbekiston
Respublikasidan ketishlari tartibi» tasdiqlandi. Tartibning birinchi bo‗limi
«Umumiy qoidalar»,-deb nomlanib, unda respublikamizga kelish va ketishga haqli
deb – xususiy hamda xizmat ishlari bo‗yicha, turizm, dam olish, o‗qish, ishlash,
davolanish va doimiy yashash uchun borayotgan shaxslar va boshqa masalalar
belgilab berilgan.
Ikkinchi bo‗lim «O‗zbekiston Respublikasiga kelish «viza» larini
rasmiylashtirish tartibi»,-deb nomlanib, uning 12-bandida, ayniqsa to‗liq
ma‘lumotlar mujassam. Uchinchi bo‗lim «O‗zbekiston Respublikasidan ketish
281
«viza» larini rasmiylashtirish tartibi», to‗rtinchi bo‗lim «O‗zbekiston
Respublikasiga kelish va undan ketish huquqidagi cheklashlar», beshinchi bo‗lim
«Chet elga ketish huquqi rad etilganligi ustidan shikoyat qilish tartibi»,-deb
nomlangan.
Shuningdek, ushbu qarorlarda «Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‗lmagan
shaxslarning O‗zbekiston Respublikasida bo‗lishlari qoidalari» tasdiqlangan. Bu
qoidaning birinchi bo‗limi «Umumiy qoidalar», ikkinchi bo‗limi «O‗zbekiston
Respublikasida vaqtincha bo‗luvchi xorijiy fuqarolarni ro‗yxatga olish»,-deb
nomlangan.
Qoidaning 13-bandida: mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar,
dam olish uylarining mas‘ul shaxslari tomonidan kelib joylashgan shaxslarning
hisobi
yuritiladi.
19-bandida:
Mehmonxonalar ma‘muriyati O‗zbekiston
Respublikasiga kelish «viza» siga ega bo‗lmagan, shuningdek, boshqa qoida
buzishlarga yo‗l qo‗ygan xorijiy fuqarolar to‗g‗risida hududiy ichki ishlar
organlariga zudlik bilan xabar qilishga majburdir. Bunday shaxslarni
mehmonxonalarda rasmiylashtirish va mehmonxonalarga joylashgan xorijiy
fuqarolarning bo‗lish muddatini uzaytirish qabul qiluvchi tashkilotlarning yozma
iltimosnomasida (turistlar uchun turning amal qilish muddatida) ko‗rsatilgan, lekin
«viza» ning amal qilish muddati darajasida oshiriladi»,- deyiladi.
Uchinchi bo‗lim «Xorijiy fuqarolarga O‗zbekiston Respublikasida doimiy
yashash uchun ruxsatnomalar berish», to‗rtinchi bo‗lim «Xorijiy fuqarolarning
O‗zbekiston Respublikasi hududida yurishlari», beshinchi bo‗lim «O‗zbekiston
Respublikasida bo‗lish muddatini qisqartirish va undan chiqarib yuborish»,-deb
nomlangan. Vazirlar Mahkamasining mazkur qarorlarida, shuningdek, «Xorijiy
fuqarolarning, fuqaroligi bo‗lmagan shaxslarning O‗zbekiston Respublikasi hududi
orqali tranzit o‗tishlari qoidalari» ham tasdiqlangan.
Farmon va qarorlarning muhim jihatlaridan biri shu bo‗ldiki, unda
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida turizm bo‘yicha
Do'stlaringiz bilan baham: |