O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti


Turizm strategiyasi. Turizm taktikasi



Download 5,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet267/327
Sana28.07.2021
Hajmi5,79 Mb.
#130911
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   327
Bog'liq
turizm nazariya va amaliyot

Turizm strategiyasi. Turizm taktikasi 
Turizm  strategiyasi  turizmni  rivojlantirish  va  qayta  tashkillashtirish 
sohasidagi davlat faoliyatini belgilaydi. Bu faoliyat  avvalo amalga oshirish uchun 
vaqt  va  kattagina  moliyaviy  resurslarni  talab  etuvchi  maqsadli  dasturlar  va 
rivojlanishning umumiy konsepsiyasini ishlab chiqishga qaratilgan. 
Taktika  deganda,  ma‘lum  maqsadga  erishish  usuli  bo‗lib,  tanlangan    xatti-
harakatlar yo‗li tushuniladi.  
Turizm  taktikasi –  bu  aniq  sharoitlarda  qo‗yilgan  maqsadga  erishish  usullari 
va aniq chora tadbirlardir (masalan, xalqaro turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi, 
turizmda  narxni  shakllantirish,  soliqqa  tortish  va  h.k.).  Turizm  taktikasining 
maqsadi turizm xo‗jaligi  vaziyatida yanada maqbul yechimni tanlashdan iboratdir. 
Konsepsiyaning  bosh  maqsadi  –  bir  tomondan  O‗zbekiston  va  chet  el 
fuqarolarini  turizm  xizmatlariga  bo‗lgan  ehtiyojni  qondirish  uchun  keng 
imkoniyatlarni ta‘minlovchi zamonaviy, yuqori samarali va raqobatbardosh turizm 
majmuasini  yaratish  bo‗lsa,  ikkinchi  tomondan  mamlakat  iqtisodiyotini 
rivojlantiradi,  jumladan  ishchi  o‗rinlari  sonini  ko‗payishi  hisobidan,  respublika 
byudjetiga soliq tushumlarini tushirish bilan, madaniy va tabiiy merosimizni saqlab 
qolish hamda oqilona foydalanish bilan bog‗liq amalga oshiriladigan dasturlardir. 
Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagilar nazarda tutilgan: 

 
turizm  sohasini  O‗zbekiston  iqtisodiyotining  tarkibiy  qayta  qurishdagi 
asosiy yo‗nalishlarni ro‗yxatiga kiritish; 

 
«O‗zbekiston  Respublikasida  turizmni  rivojlantirish»  davlat  dasturini 
bajarish; 

  xalqaro  huquqiy  amaliyotga  mos  keluvchi  turizmni  rivojlantirishni 
me‘yoriy-huquqiy bazasini yaratish; 

 
tashqi  va  ichki  turizmni  rivojlantirishning  rag‗batlantiruvchi  iqtisodiy 
mexanizmlarni  shakllantirish,  bu  sohaga  investitsiyalarni  jalb  qilish  va  davlat 


275 
 
kafolatlarini  soliq  va  bojxona  imtiyozlarini  va  davlat  tomonidan  qo‗llab-
quvvatlashni  boshqa  usullarini  taqdim  etish  yo‗li  bilan  xalqaro  va  ichki  turizm 
bozorini himoya qilish; 

  turizm faoliyatini litsenziyalash (ruxsatnoma berish) va sertifikatlashning 
qat‘iy tizimini yuritish; 

  tarmoqning moddiy texnika bazasini rivojlantirish va turizm xizma-tining 
yuqori texnologiyali majmuasini shakllantirish maqsadida turizm, bank tuzilmalari, 
transport,  mehmonxona  va    sug‗urta  kompaniyalari  kooperatsiyasi  uchun  qulay  
sharoitlarni yaratish. 
Turizm  faoliyatining  davlat  tomonidan  tartibga  solishning  asosiy  maqsadlari 
bo‗lib quyidagilar hisoblanadi: 

  fuqarolarning  dam  olish,  sayohatga  chiqqanda  harakatlanish  erkinligi  va 
boshqa huquqlarini ta‘minlash; 

  tabiiy atrof-muhitni muhofaza qilish; 

 
turistlarni sog‗lomlashtirish,  tarbiyalash va  ta‘lim  berishga  yo‗naltirilgan  
faoliyatlar uchun shart-sharoitlarni yaratish; 

   fuqarolarning sayohatdagi ehtiyojlarini ta‘minlovchi turizm industriyasini 
rivojlantirish,  yangi  ish  o‗rinlarini  yaratish,  xalqaro  aloqalarni  rivojlantirish, 
turizmga  doir  ob‘ektlarni  saqlab  qolish,  tabiiy  va  madaniy  merosimizdan  oqilona 
foydalanish. 
Turizm faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning ustuvor yo‗nalishlari 
bo‗lib, ichki, kiruvchi, ijtimoiy va tashabbuskor turizm turlarini qo‗llab-quvvatlash 
va  rivojlantirish  hisoblanadi.  Turizmni  davlat  tomonidan  boshqarishning  asosiy 
funsiyalari va usullari quyidagi 19.1-jadvalda ko‗rsatilgan: 
19.1-jadval 

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish