O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti


-MAVZU. O„zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirish



Download 5,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/327
Sana28.07.2021
Hajmi5,79 Mb.
#130911
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   327
Bog'liq
turizm nazariya va amaliyot

20-MAVZU. O„zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirish 
Reja: 
1.  Xalqaro turizm.  
2.  Xalqaro turizmni rivojlantirishda  «Buyuk Ipak yo‗li»ni va  xalqaro turizm 
yarmarkalarning o‗rni.  
3.  Turistlar oqimini ta‘minlab beruvchi asosiy mamlakatlar.  
4.  Xalqaro va ichki turizm bozorlari.  
5.  Xalqaro turizm rivojlanishining O‗zbekiston iqtisodiyotiga ta‘siri.  
6.  O‗zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirish xolati. 
 
20.1.Xalqaro turizm. 
O‗zbekiston xalqaro aloqalarining rivojlanishida turizm sohasi alohida ajralib 
turadi.  Mustaqillikdan  oldin  O‗zbekiston    aholisi  sobiq  markaz  ruxsati  bilangina 
chet  ellarda  sayohat  qilib  kelar  edi,  xorijiy  turistlar  ham  avval  Moskvaga  kelib, 
so‗ng  O‗zbekistonga  tashrif  buyura  olishar  edi.  Buning  ustiga,  turizmdan 
olinadigan  barcha  daromadlarni  (shuningdek,  valyuta  daromadlarining  ham 
hammasini)  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  sobiq  markazga  jo‗natish  majburiy  edi.  Xorijiy 
turistlarga  ko‗rsatilgan  xizmatlar  tannarxi  O‗zbekiston    byudjetidan  qoplanar, 
buning  evaziga  markazdan  hech  nima  olinmas  edi,  natijada  xalqaro  turizmdan 
O‗zbekiston   zarar ko‗rar edi. 
Mustaqillikka  erishgandan  so‗ng  O‗zbekiston    hukumati  xalqaro  turizm 
sohasining  rivojlanishiga alohida  e‘tibor qarata boshladi va buning uchun  mas‘ul 
bo‗lgan  yagona  tashkilot  tuzildi.  O‗zbekiston    Respublikasida  turizmning 
rivojlanishi  uchun  mas‘ul  bo‗lgan  tashkilot  «O‗zbekturizm»  Milliy  Kompaniyasi 
hisoblanadi.  «O‗zbekturizm»  Milliy  Kompaniyasining  tarkibiga  mustaqillikka 
qadar  alohida-alohida  xo‗jalik  faoliyati  yuritgan  «Inturist»,  «Sputnik»  va  Kasaba 
ittifoqlarining  turizm  va  ekskursiyalar  bo‗yicha  Kengashi  kabi  tashkilotlarning 
mintaqaviy tarkibiy bo‗linmalari birlashtirildi. 
Milliy  Kompaniyaning  faoliyat  yuritishi  davomida  respublikada  xalqaro 
turizmni  rivojlantirishda  katta  o‗zgarishlar  amalga  oshirildi.  Oldinlari  turistlar  


302 
 
uchun  dam  olish  uylari,  turistik  bazalar,  kempinglar    zamonaviy  talablarga  javob 
bera olmas edi,chunki ularni ta‘mirlash, qayta qurish va jihozlash masalalari sobiq 
Markaz tomonidan ko‗rib chiqilar edi. 
Mustaqillikka  erishgandan  so‗ng  bu  holatga,  shuningdek,  xalqaro  turizm 
sohasidan  olingan  daromadning  barchasini  respublika  tashqarisiga  olib  chiqib 
ketilishiga  chek  qo‗yildi.  O‗zbekiston    xalqaro  turizm  sohasida  bozor 
munosabatlari  amal  qila  boshladi,  davlatning  ko‗plab  turistik  korxonalari 
xususiylashtirildi, turistik  mahsulot  yaratish  hamda  shu  kabi  mahsulotga  mustaqil 
narx belgilash erkinligi yaratib berildi.  
Natijada  turistik  xizmatlar  bozorida  korxonalar  o‗rtasida  sog‗lom  raqobat 
yuzaga  keldi.  «O‗zbekturizm»  Milliy  Kompaniyasining  vujudga  kelishi  va  bu 
tashkilotning  1993-yili  Butunjahon  turizm  tashkilotiga  a‘zo  bo‗lib  kirishi 
O‗zbekiston  xalqaro  turizmi  taraqqiyotida  qo‗yilgan  ulkan  qadam  bo‗ldi. 
Respublikada  xalqaro  turizmni  yangi  bosqichga  ko‗tarish  va  samarali  faoliyat 
ko‗rsatishiga mos keladigan yangi shart-sharoit va mexanizmlar vujudga keldi.  
 O‗zbekiston  Respublikasida  xalqaro  turizmni  rivojlantirish  borasida  ishlab 
chiqilgan  yana  bir  muhim  hujjatlar  qatoriga  O‗zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining  1995-yil  2-iyundagi  «Buyuk  Ipak  yo‗li»ni  qayta  tiklashda 
O‗zbekiston Respublikasi ishtirokini avj oldirish va respublikada Xalqaro turizmni 
rivojlantirish  borasidagi  chora-tadbirlar  to‗g‗risida»gi  Farmoni  hamda  mazkur 
farmonni  amalga  oshirish  maqsadida  e‘lon  qilingan  O‗zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar  Mahkamasining  1995-yil  3-iyundagi  «O‗zbekiston  Respublikasida 
xalqaro  turizmning  zamonaviy  infratuzilmasini  barpo  etish  chora-tadbirlari 
to‗g‗risida»gi  qarorini  xalqaro  turizmni  rivojlantirish  dasturi  sifatida  kiritish 
mumkin. 

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish