Restoran biznesi. Restoran biznesi yoki oziq-ovqat servisini ko`rsatish
tashkilotlarida taniqli bo`lishning eng zo`r yo`li muqim bir joyda ishlashdir.
Quyidagi muhokamalarimizda sizga foydali manbalar va tajribalaringiz haqidagi
o`ylash g`oyalari berilgan.
43
Biz diqqatingizni restorandagi 3 asosiy joyga: old
qism, orqa qism va ofisga qaratmoqchimiz. Har bir bo`limda mas`uliyatni
ko`rishingiz mumkin, vazifalar u yerda namoyish qilinadi va bir nechta rollar
43
Introduction to Management Hospitality. Clayron W.Barrows and anothets. USA, 2012.
234
ishchilar tomonidan mahorat ila bajariladi. So`ngra, biz bu joyda umumiy
boshqarishni va ish yuritishni ko`ramiz.
Shuningdek bizning firmamiz bu butun restoran, tez xizmat ko`rsatish
restoranlaridan tortib eng zo`r restoranlarining bir nechta detallarini ko`rib
chiqamiz. Umumiy qilib aytganda, biz o`rta-narxli, qulay stol-servis
restoranlarining modelini olishga harakat qilamiz. Yuqorida aytilganidek, bu yerda
tez xizmat ko`rsatish servisi yoki eng yaxshi ovqatlanish xonalarining muhim
tanlovlari berilgan.
Ovqatlanish xonasiga tashrif
Biznesdagi hamma uchun taniqli bo`lgan joy bu restoranning old qismidir,
chunki biz uni ko`ramiz. Murakkab bo`lishiga qaramasdan, u birinchi bo`lib
ko`zga tashlanadi. Biznes sistemasidagi muhim joy uning old ko`rinishi, joyi va
ijtimoiy mavqeyidir. Bu biznesda ishchilarga yuqori darajada foyda va mehmonlar
borishi uchun qulay bo`lmog`i lozim. Biznes kabi, bozor muhiti pulni
ayirboshlashni, talabga mos nazoratni ta`minlaydi. Xulosa shuki, ijtimoiy joylar
odamlarga nafaqat ovqati bilan rohatlantiradilar, balki o`sha joyning ajoyib xizmat
ko`rsatishi va mamnun atmosferasi huzur bag`ishlaydi.
Mas`uliyatlar.
Binoning old qismidagi muhim belgi bu mehmon qoniqishi ya`ni xizmat
ko`rsatish asosiy e`tiborni tortadi. 15-bo`limda ―Mehmondo`stlik sanoatida xizmat
ko`rsatishning ahamiyati‖ da servis haqida muhokamamizni yana davom
qildiramiz, lekin bu yerda gap oziq-ovqatni mexanik tarzda yetkazish ya`ni
mehmonlarga restoranlarda odamlar xizmat ko`rsatishi haqida boradi.
Bu turdagi servis mehmonlar xohish va istaklariga ko`ra bo`lib, ular
yetkaziladi. Tez xizmat ko`rsatish restoranlarida, masalan, mehmonlar iqtisodiy va
va vaqtini tejashni kutadilar va aksincha o`z-o`ziga xizmat ko`rsatish – hattoki yeb
bo`lingan yaroqsiz 1 mamartalik idish tovoqlardan ham kutadilar. Tezlik va tejash
bo`lishiga qaramasdan, mehmon haligacha do`stona tanishuvni, tartib bilan
to`ldirishni va yuzaga kelgan muammolarni xushchaqchaqlik bilan hal qilishni
kutadilar. O`rta darajadagi restoranlarda, stol servisi mehmonlar bilan o`zaro
235
munosabat darajasini o`stirish uchun ta`minlangan. Xizmat qilish tezligi odatda
haligacha kutilgandek bo`lishiga qaramasdan, mehmonlarning tajribalari servis
ko`rsatishning shaxsiy uslubiga qaraganda ko`proq. Charchagan xizmat
ko`rsatuvchi xizmat ko`rsatuvchi xizmat ko`rsatish chog`ida ajoyib taomni
xonavayron qilishi yoki biror nimani notog`ri qilishi mumkin. Norasmiy, sovuqqon
boylar, ajoyib kechki ovqat, mehmon qoniqishi va servis talablariga doir turli xil,
e`tiborga loyiq fikrlar bor. Odatda norasmiy ke4chki ovqatlar deganda yengilm
ovqatlanish nazarda tutilad va bu ajoyib ovqatlanish turidir. Xulosalarga ko`ra,
tezlik ya`ni ovqatlanish o`z vaqtida yetkazish doimgidek muhim emas. Xo`randalar
restoran bahosining yuqori bo`lishi servisning balandligidan deb baholaydilar.
Kofe do`konidagi xizmat ko`rsatuvchi noo`rin tarafdan xizmat ko`rsatish mumkin
yoki ―kim sandvich so`radi?‖ deb kuchli hayratlanishni tug`dirishi mumkin.
Xatolar bu yerda bo`lmasligi kerak, har qanday holatda ham, narx unchalik kattalik
bo`lmaganda ham. Odamlar ovqatlari uchun pul to`layotganlarida ular professional
xizmat va yuqori darajadagi ishchi-xodimlarni kutishadi.
Oziq-ovqat ta`minoti ochiq-oydin tarzda muhim bo`lishiga qaramasdan, u
yerda kim ishlashi-yu, mahsulotning sifati ham muhim belgilaridan biri. Bu shuni
anglatadiki, oshxona tartibli bo`lishi kerak. Oziq-ovqatlar oshxona omborxonasida
muzlagan holda qolmasligi kerak. Mabodo mahsulot tayyorlanishi vaqtida biror-bir
muammo sodir bo`lgudek bo`lsa, buni ziyrak xo`randa payqab qolishi va shikoyat
qilishi mumkin. Odamlar shikoyatlar qilishi uchun restoran kiraverishida
shikoyatlar qutisi bo`lishi lozim. Bu talabnomani bajarish uchun kamida 2 ta narsa
kerak. Birinchidan, mehmonlarning istaklari yoki shikoyatlari, xayrixohlikliklarini
jamlagan quticha bo`lsa, ikkinchidan, bu qilingan tanqidiy baholar xizmat
ko`rsatuvchi yoki boshqaruvchi tomonidan xolisona tuzatilganligi to`g`risidagi
axborotnomadir. Buni xizmat tuzatish jarayoni deb baholasak bo`ladi. Boshqa so`z
bilan aytganda, ishchilarga mehmonlar ehtiyojini qondirishga vakolat berilishi
shart. Chunki iste`molchilarning xizmatdagi narxlar va og`izdagi kuchli
reklamalari, g`amgin mehmon yo`qoyilgan ovqatdan qimmatliroqdir.
236
Restoranning old qismi mahsulot va xizmatlarning ayirboshlash maskanidir.
Natijada, qancha pullar qo`llar orqali almashadi. Biroq biznesdagi ―nazorat‖, ya`ni
chek nazorati, plastik kartochka nazorati, naqd pul nazorati, barcha-barchasi
muhim va ahamiyatli. Mehmon chek nazorati- har bir o`zi yozganiga ishonchlidir.
Ba`zi bir xizmat ko`rsatuvchilar qilgan xizmatlari uchun ta`magirlik qilishi
mumkiin. Bugungi kunda, bozor iqtisodiyoti sharoitida bunday turdagi firib
anchayin mushkulroq, lekin ular buning ham yo``llarini topishgan bo`lgan,
ajabmas. Chunki pul hamma uchun qadrli va kerakli, u shunday narsaki, uni
o`g`irlash mumkin agar ogohlik degan tushuncha bo`lmasa. Qo`shimcha tarzda,
xizmat ko`rsatuvchilar to`langan ovqat puli uchun mas`uliyatli bo`lmog`i darkor.
Har bir narsa uchun ham xaridor sotib olgan va to`lagan narsalari uchun tartibli
bo`lishi shart va zarur.
Yuqorida tanishganimizdek, restoran kiraverish qismida bir nechta vazifalar
ado etilishi kerak:
Mehmon bilan salomlash
Buyurtma olish
Oziq-ovqatga xizmat ko`rsatish
Ovqatlanishda ishlatilgan buyumlarni tozalab olish
Xizmat narxlarini hisoblab, malga oshirish
Mehmonga tashakkur bildirgan holda, yana bir bor tashrif
buyurishini taklif qilish
Ahamiyatyu Ushbu yuqoridagi vazifalar restoranlar darajasiga qaragan
holda turlicha tarzda bajariladi. Mezmon mehmon bilan tanishgan holda, zal
menejeri ularni stolini ko`rsatadi yoki taklif qiladi. Ba`zi bir katta restoranlarda
kutib olish va o`tirtirish kabi vazifalar mezbonlar tomonidan bo`lingan. Bir
nechta restoranlarda mehmon kutib olish jarayonida uni kutib olish uchun va
joyini ko`rsatish uchun alohida odamlar tayinlangan. Ushbu yuqorida ko`rib
chiqqan jarayonimiz yuqori ijtimoiy qatlam restoranlar uchun xosdir.
Aksincha, past qatlamdagi restoranlarda, ya`ni tez xizmay ko`rsatish
237
restoranlarida sizni iliq tabassum bilan restoranga qarshi oluvchi, buyurtma
qabul qiluvchi va joyingizni ko`rsatuvchi odam yagonadir.
Pul to`lash jarayonida hisobchining asosiy vazifasi mehmondan pul
olishda xatoga yo`l qo`ymaslikdir. Hisobchi buyurtma qilingan stolning
buyurtmalarini qayd qilib bormog`I lozim. Restoran sanoatida hisobchining
bo`lishi haqiqiy ―Nazorat‖ hodisasidir. Hisob nazorati ikkiga bo`linmagan
holatda yagona odam tominidan boshqarilishi maqsadga muoviqdir.
Stol-servis amaliyoti, xizmat ko`rsatuvch xo`randadan buyurtma qabul
qiladi, unga g`amxo`rlik qiladi. Tabiiyki, ofitsiant boshqa ishchilarga
qaraganda ular ko`proq mehmonlar bilan muloqotda bo`ladi. Biznesda
mehmonning hurmati boshlang`ich asoslardan biridir. Ko`p puxta o`ylangab
servis xizmat ko`rsatuvchi odam bilan uzviy bog`liq bo`lib, bu xizmat
ko`rsatuvchining axloqini ko`rsatuvchi qimmatli vazifadir. Barcha darajadagi
restoranlar xizmati bozor iqtisodiyoti zamonida sog`lom raqobat jarayonida
ajoyib tarzda mufaqqiyat qozonmoqda.
Xizmatchilar umumiy tarzda mijozlarga, ma`lum bir stollar yig`indisiga
xizmat qiluvchilardir. Ba`zi restoranlarda ofitsiantlar jamoasi katta ko`pchilikni
tashkil qilib, ular oshxona, zal va mehmonlar o`rtasidagi ko`prikdir. Yevropa
va Shimoliy Amerika ovqatlanish xonalari namuna qilib ko`rsatish mumkin,
ya`ni bosh oshpaz va uning yordamchilari bir jamoa. Rasmiy amaliyotlarda,
xizmat ko`rsatuvchi idish tovoqlarni tozaluvchi odam tomonidan yordam
beriladi hattoki u mehmon bilan yuzma-yuz bo`la olmasa ham. Idish-tovoqlarni
tozalovchi odam ishchilar xizmatidagi boshlang`ich, samarali vazifalaridan
biridir. Albatta ular mehmonning bir qismi bo`lib, ular ko`rinishi
ahamiyatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |