Xulosa. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, axborot texnologiyalari
kundan kun rivojlanib borayotgan davrda yosh avlod ham ana shu davrga moslashib
bormoqda. Shunday ekan ularning ta’lim tarbiyasi yo’lidagi manbaalar ham
zamonaviy, ishonchli, foydali va me’yorida bo’lmog’i lozim.
Adabiyotlar:
1.
Чудинова, В.П. Подходы к улучшению уровня грамотности и поддержке
чтения детей и семьи: опыт разных стран // Университетская книга. 2017.
– Апрель. – С.44-49. [Elektron resurs]. – Режим доступа:
http://www.unkniga.ru/kultura/7134-chitatelskaya-gramotnost-ipodderzhka-
chteniya-opyt-raznyh-stran.html
520
2.
Чудинова, В.П. Поддержка чтения подрастающего поколения за
рубежом: роль и возможности библиотек // // Университетская книга.
2017. – Май. – С.50-54. [Elektron resurs]. – Режим доступа:
http://www.unkniga.ru/kultura/7259-podderzhka-chteniyapodrastayuschego-
pokoleniya-za-rubezhom.html
3.
http://www.ictnews.uz
XIZMAT KO’RSATISH SOHASIDA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH
BO’YICHA XORIJ TAJRIBASI
O.O. Olimov
Quvasoy pedagogika va iqtisodiyot kolleji
XVII-XVIII asrlarda ro’y bergan sanoat inqilobiga qadar rivojlangan mamlakatlar
aholisining asosiy qismi qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish bilan band va barcha
sohalarda ishlab chiqarishning rivojlanishi qishloq xo’jaligida ishchi kuchining zichligi
bilan bog’liq bo’lgan. Ijtimoiy mehnat taqsimlanishi jarayonining chuqurlashuvi qishloq
xo’jaligida ishlab chiqarish ayrim operasiyalarining – qishloq xo’jaligi mahsulotlarini
qayta ishlash bilan bog’liq bo’lgan yangi mustaqil sohalarning vujudga kelishiga asos
bo’ldi va qishloq xo’jaligiga mashinalar, o’g’itlar hamda boshqa ashyolar yetishtirib
beruvchi tarmoqlar va iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi tarmoqlar paydo bo’ldi.
Qishloq xo’jaligining o’zi esa mahsulot ishlab chiqarish jarayonida alohida oraliq
bo’g’inga aylandi. Oldinlari qishloq xo’jaligida ish bilan band bo’lgan aholi tarmoqlari
har xil guruhlariga taqsimlanib ketgan edi. Unga mos holda iqtisodiyotda agrosanoat
ulushi kamayadi va bu jarayon sivilizasiya rivojlanishining dastlabki bosqichlarini
belgilab berdi.
Shu munosabat bilan qishloq xo’jaligida foydalanilgan ishchi kuchi boshqa
tarmoqlarga qayta taqsimlanadi. Endi tadbirkorlar va iste’molchilar asbob-uskuna,
ba’zi iste’mol tovarlarini qishloq xo’jaligidan olishmaydi, balki bevosita shu
mashinalarni va iste’mol buyumlarini yaratuvchi sohalardan oladi. Qishloq xo’jaligi
mahsulotlariga bo’lgan talab muayyan chegaragacha o’sib boradi, so’ngra esa
to’xtab qoladi. Masalan, meva-sabzavot mahsulotlari va bug’doyga bo’lgan talab
daromad oshgan sari oshib boradi, ammo ortish dinamikasi pasayuvchi bo’ladi.
Bunday tovarlarni “hayotiy ehtiyojlarni qondiradigan tovarlar” deb atashadi.
Odamlar hayotiy ehtiyojlarini qondirgandan so’ng, yangi qimmatbaho mahsulot va
xizmatlarga bo’lgan talab oshadi (avtomobil, turizm va hokazo). Buning natijasida
an’anaviy tarmoqlarda (qishloq xo’jaligi) ishlab chiqaruvchilar talab o’sishining
to’xtashiga duch kelishadi va xarajatlarni kamaytirish orqali daromad topishga
kirishishadi, qishloq xo’jaligi sohasida ish jarayoni mexanizasiyasi amalga oshadi,
qo’shimcha ishchi kuchi qishloq xo’jaligidan siqib chiqariladi. Bu esa, o’z navbatida
qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligining oshishiga va qishloq xo’jaligida band
bo’lgan aholi sonining kamayishiga olib keladi. Masalan, 1930-1960 yillarda
AQShda qishloq xo’jaligidagi ishchilar soni 4,3 mln kishidan 1,6 mln kishigacha
yoki 2,7 barobarga, 1960-1985 yillarda esa 1,6 mln kishidan 0,9 mln kishigacha yoki
521
1,8 barobarga qisqargan. Yaponiyada 1986 ta oilaviy fermer xo’jaliklardagi ish bilan
band bo’lgan aholi soni 8,3 mln kishidan 2,4 mln kishigacha, ya’ni 3,8 barobarga
qisqargan (1.1-jadval). Ishchi kuchini qayta taqsimlash ishchi kuchini qishloq
xo’jaligida yoki boshqa sohalarda tejalgandagina sodir bo’lib qolmaydi, balki
bunday qayta taqsimlanish qaysi sohada bo’lmasin barcha holatlarda sodir bo’ladi.
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, 1920-2006 yillar davomida AQShda qazib olish, qayta
ishlash sektorida va taqsimlash xizmatlarida ish bilan band bo’lgan aholining ulushi
kamaygan, taqsimlash xizmatlari, ishlab chiqaruvchilarga xizmat ko’rsatish,
ijtimoiy va maishiy xizmatlar sohalarida esa ortgan.
Odatda iste’mol mahsulotlari narxining tushishi sababli iste’mol hajmi
jamiyatdagi har bir inson jon boshiga o’sibgina qolmasdan, balki iste’mol tarkibi
ham o’zgaradi. Bu qonuniyat birinchi marotaba Engel tomonidan tavsiflangan va u
daromad o’sishi bilan an’anaviy bo’lmagan mahsulotlarga xarajatlar ulushining
o’sishini va an’anaviy mahsulotlarga xarajatlar ulushining esa kamayishini
ko’rsatgan.
Ammo, Engel aholining turli daromadga ega bo’lgan guruhlar iste’molining
tarkibini statikada tadqiq etadi. Lekin, bunday hodisa dinamikada ham mavjud.
Iqtisod va butun xo’jalikning rivojlanishi bilan barcha fuqarolarning moliyaviy
ahvoli yaxshilanadi, mos ravishda guruhlarning iste’mol byudjetida odatiy oziq-
ovqat tovarlariga bo’lgan xarajatlar kamayadi va bekor qolgan pulni “yangi”
sohalarda ishlatishga harakat qilinadi.
Iste’molchi xarajatlarining o’sishi faqat iste’mol hajmini emas, balki o’zining
turli-tumanligi o’zgarishiga ham olib keladi. Boylikning asosiy xususiyati shundaki,
agar quyi tabaqadagi mahsulotlar iste’mol qilinsa, unda ko’proq sifatli mahsulot
sotib olinishi mumkin. Kundalik hayot ehtiyojlarini qondiradigan tovarlarning narxi
pasayishi nafaqat ishlab chiqarish uchun ishlatilayotgan ishchi kuchi sonining
qisqarishiga, balki iqtisodiyotning istalgan tarmog’ining ishchisi uchun bu
ehtiyojlarni qondirish uchun ketadigan vaqtning qisqarishiga ta’sir ko’rsatadi.
Shunday qilib, hayotiy ehtiyojlarni qondiruvchi tovarlar ishlab chiqarishning o’sishi bir
tomondan aholi sotib olish imkoniyatining oshishini anglatsa, boshqa tomondan esa – bu
mehnat unumdorligining mavjud sohalardagi o’sishi va yangi sohalarda ishlab chiqarish
kengayishining natijasidir.
Ishchi kuchi sonining kamayishi va qayta taqsimlanishi daromad bilan bir qatorda,
nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida, balki moddiy ishlab chiqarishning xizmatlar
sohasida ham vujudga kelmoqda. Bunda sohalar rivojlanishida so’nggi ilmiy-texnika
rivojlanishining o’rni qanchalik muhimligi ko’rinmoqda. Ta’kidlash joizki, mehnat va
ishlab chiqarish samaradorligining o’sishi tufayli resurslar uchun xarajatlar qisqaradi,
buning natijasida odatiy kundalik mahsulotlarning narxi pasayadi.
Hozirgi kunda xizmat sohasida borgan sari yangi ish o’rinlari tashkil
etilmoqda, bu soha iqtisodiyotda yangi sektor sifatida rivojlanmoqda hamda
YaMMda sanoat va qishloq xo’jaligining ulushi pasayib, aksincha xizmat ko’rsatish
sohasining ulushi o’smoqda. Ammo, bu rivojlangan davlatlar iqtisodiyoti
“industrlashtirishdan qaytish” degani emas.
522
Agar YaMMda sanoatning ulushi qisqarsa uning jon boshiga to’g’ri keladigan
mutlaq qiymati o’sadi va xizmat sohasidagi ishchilarning ko’payishi faqat mehnatning
deindustrializasiya bo’layotganligidan dalolat beradi.
Shunday qilib, dastlabki o’sish bosqichlarida sohalarda yer xo’jaligi namoyon
bo’lgan va buning natijasida barcha kundalik mahsulotlar bilan bir qatorda oziq-
ovqat mahsulotlari ustuvor bo’lgan. Shu bilan birga, yangi sohalar sifatida endi paydo
bo’lgan sanoat sohalarini alohida e’tirof etish mumkin. Sanoat sohasidagi mahsulotlar
o’sha paytda jamiyat uchun yangi edi. Vaqt o’tishi bilan ko’pgina sanoat sohalari
an’anaviy sohaga aylandi va mehnat unumdorligining o’sishi tufayli sanoatda
ishchilarning yer xo’jaligidagidek ish bilan ta’minlanishi imkoniyati kamaydi.
Endi yetakchi mamlakatlardagi ish bilan bandlikning o’zgarib borayotgan kasb-
malaka tarkibining shakllanishini tahlil qilamiz. Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda
iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda o’ziga xos ish bilan bandlik sohasida kasb-malaka
tarkib vujudga keldi hamda ishchi kuchi malakasining oshishi ish bilan band bo’lgan ishchi
kuchi miqdorining qisqarishiga va buning oqibatida tarkibiy o’zgarishlarga olib kelmoqda.
Mazkur holatni menejer, mahoratli kasb egalari va texniklar kasbi bo’yicha ishlayotganlarni
tahlil qiladigan bo’lsak, AQSh va Kanadada bu kasb egalari xaqiqatdan ham eng ommabop
va 2006 yilda ular ishchi kuchining 1/3 qismini tashkil etgan. Lekin, Yaponiyada 2005
yilning boshida bu kasb egalari ishchi kuchining 15,4% ini, 1989 yilda esa Fransiya va
Germaniyada ular ishchi kuchining choragini tashkil etdi. Shu payda Shimoliy Amerikada
tajribali ishchi va operatorlar miqdori qisqargan bo’lsada, Yaponiyada ular 31,8%, Fransiya
va Germaniyada ishchi kuchining 20,0% ini tashkil etgan. Fransiyada savdo ishchilari ishchi
kuchining kam qismini tashkil etgan bo’lsa (3,8%), AQShda 11,9%, Yaponiyada esa
15,1%ga teng bo’lgan. Yaponiyada menejerlar ulushi uncha katta bo’lmagan miqdorda qayd
qilingan (1990 yilda 3,8% ni tashkil qildi, AQSh esa 12,8%). Shu bilan birga, Fransiyada
band bo’lganlarning ichida texniklar ulushi yuqori (12,4%), ammo Germaniyada ularning
ulushi past (8,7%) bo’lgan. Fransiyaga qaraganda, Germaniya ko’proq mahoratli kasb
egalariga ega: 6,0% ga o’rniga 13,9%. Kasb bo’yicha ish bilan bandlik tarkibi har xil
bo’lishiga qaramasdan, “toza ish”ni qilishga mo’ljallangan kasb egalari (menejerlar,
mahoratli kasb egalari, texniklar) hamda savdo ishchi va idora xizmatchilari ulushi, “qora
ishchi”larga nisbatan oshib bormoqda.
Shunday qilib, ko’rib chiqilgan mamlakatlar orasida Yaponiya o’zining
mutaxassisliklar tarkibini ancha yaxshilaganligi ma’lum bo’ladi. Masalan, mamlakatda
menejerlar soni (20 yil mobaynida) 46,2% ga, malakali va texnik ishchilar miqdori esa
91,4% ga o’sgan. Bunday holat Buyuk Britaniyada ham kuzatilgan bo’lib, mamlakatda
menejerlar soni 96,3% ga o’sgan, lekin mutaxassislar hamda texnik ishchilar soni 5,2%
ga kamaygan. Tahlillardan menejer, mahoratli kasb egalari va texnik ishchilar guruhida
ish bilan bandlik darajasi o’sish sur’atining har xilligini kuzatishimiz mumkin. Buning
asosiy sababi, mazkur mamlakatlarning boshlang’ich vaziyati har xil bo’lganligidir.
Ammo, barcha mamlakatlarda mazkur kasblar guruhining umumiy ish bilan bandlikdagi
ulushining oshishi kuzatilmoqda.
Shu tariqa, biz tomondan o’tkazilgan tadqiqotlar natijalari har bir hudud,
jamiyatdagi ishlab chiqarish har bir tarmoqda mehnat samaradorligini doimiy oshirishga
523
asoslanganligini, aholining samarali ish bilan bandligi sharoitidagina jamiyatning boyligi
oshishi mumkinligini ko’rsatdi.
Mehnat samaradorligini oshirish mikrodarajadagi vaqtni tejash, iqtisodiyot
tarmoqlarida, ya’ni makrodarajada ko’p sonli tarmoqlar va ishlab chiqarishlarning
shakllanishi uchun poydevor bo’la oladi. Yangi tarmoqlardagi ishlab chiqarishning
rivojlanishi esa ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning hajmi va xilma-xilligining
ko’payishi va o’z-o’zidan jamiyat boyligi, ijtimoiy hayot darajasining oshish
omilidir.
Aholi ish bilan bandligi tarkibining shakllanishida ilmiy-texnik taraqqiyotning o’rni
ham katta. Aholini samarali ravishda ish bilan ta’minlash tizimining rivojlanishi zamirida
ishlab chiqarishining o’sishi va har bir band odamning samarali ishlashining o’sishi yotadi.
Biroq, ishchilarning tajriba va mahorat darajasini oshirmay turib mehnat unumdorligini
oshirib bo’lmaydi. Milliy iqtisodiyotdagi mahoratli ishchilarning qanchalik ko’p bo’lishi,
mehnat unumdorligi va turli xizmat hamda mahsulotlarning shunchalik ko’p bo’lishini
anglatadi. Iqtisodiyotning rivojlanishini aniqlovchi asosiy omil bugungi kunda ishchi
kuchining sifatidir.
Mehnatga nisbatan mukofot sifatida ish haqi belgilanadi. Yuqori darajadagi ish haqi
firmalar faoliyatida ayni resursning ijobiy ta’sirini uyg’otadi va bu ish xaqi minimal mehnat
xarajatlari bilan ishlashga olib keladi. Demak, shuni ta’kidlab o’tish mumkinki, ishchi kuchini
tejash ish xaqini tejash degani emas. Shuni alohida qayd etish lozimki, o’tish davri iqtisodiyoti
sharoitida qator mamlakatlarda aholining ish bilan bandligi tarkibi o’zgarmoqda. O’tish davri
iqtisodiyoti rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan iqtisodiy tizimdir. Bunday
tizimda iqtisodiy o’sish barqaror yoki barqaror bo’lmasligi mumkin. Misol tariqasida, Xitoyda
so’nggi 20 yil ichida iqtisodiy pasayish kuzatilmadi va bozor iqtisodiyotiga o’tish bosqichma-
bosqich amalga oshirildi. Ammo, «shok terapiyasini» qo’llagan mamlakatlarda iqtisodiy
pasayish yuz berdi, tarkibiy o’zgarishlar esa iqtisodiy pasayish sharoitida amalga oshdi.
Demak, o’tish davri iqtisodiyotida aholining ish bilan bandligi tarkibining shakllanishi
iqtisodiy o’sish hisobiga emas, balki ishlab chiqarishning mutlaq yangi sharoitga moslashishi
bilan tavsiflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |