Mazmuni
Tibbiyotda davolash ishlari bilan bir qatorda birinchi o’rinda kasallikni kelib
chiqishini, shikastlanishlarni, baxtsiz xodisalarni, zaharlanishlar va boshqalarni
sabablarini oldini olish ya'ni profilaktika egallaydi. Ba'zi olimlar aytishicha,
profilaktika so’zi grekcha prophilacticos so’zidan olingan bo'lib, kasallikdan
saqlanish, o’tkazib yubormaslik, ogohlantirish ma'nosini anglatadi.
Odatda profilaktik tadbirlar ogohlantiruvchi deb, profilaktik tibbiyotni esa
ogohlantirilgan deb yuritiladi. (prevetion inglizcha ogohlantirish ma'nosini
anglatadi).
Tibbiyotda profilaktika -har taraflama keng tarqalgan faoliyat bo'lib, u
kasalliklarni va jarohatlarni sabablarini aniqlashga yo’naltirilgandir.
Profilaktikaning individual (shaxsiy) va jamiyat turlari mavjud. Olib boriladigan
profilaktik tadbirlar qaysi yo'nalishda bajarilishiga ko'ra profilaktika birlamchi,
ikkilamchi va uchlamchi bo'lishi mumkin. Birlamchi profilaktika deyiladi, agarda
profilaktik tadbirlar kasallikni kelib chiqish sabablarini oldini olishga qaratilgan
bo’lsa, ikkilamchi profilaktika haqida gap yuritiladi, agarda bu paydo bo'lgan
kasallikni chuqurlashib ketmasligi uchun sharoit va omillarni bartaraf etishga
qaratilgan tadbirlar bo’lsa. Agar profilaktik tadbirlar biror kasallik tufayli nogiron
bo'lib qolmaslikka qaratilgan bo’lsa, u haqda bu uchlamchi profilaktika bo'lib
hisoblanadi. Bu tadbirlar qatorida yana boshqalar: tibbiy, ruhiy, biologik, gigienik,
shuningdek, ijtimoiy, ijtimoiy-iqtisodiy ya'ni ishlab chiqarish, maishiy sharoitda,
nosog'lom turmush tarzida, sanitar qonunlariga rioya qilinmaganda ta'sir etuvchi
omillarni bartaraf etishga yo’naltirilgan tadbirlar qo’llaniladi.
Bunday keng ko’lamda aholini sog'lig'ini mustahkamlash va muhofaza
qilishda profilaktika nafaqat medisina va Sog'liqni saqlash tizimida, balki barcha
jamoat, davlat apparatlari va uning organlari tomonidan amalga oshiriladi ya'ni
ularning strategik yo'nalishi bo'lib hisoblanadi.
O’tgan zamonlarda ham ulug’ olimlar Gippokrat, Ibn Sino, Jurjoniy, Bekon
va boshqalar shifokor faoliyatida kasallikni oldini olish tadbirlari muhim o’rin
75
egallashini bilganlar. F.Bekon shunday yozgan: " tibbiyotning birinchi burchi - bu
Sog'liqni saqlash ikkinchisi esa - kasallikni davolashdir".
Oxirgi yillarda ijtimoiy omillarga hamda nafaqat yuqumli kasalliklar, balki
noepidemik va surunkali kasalliklarni oldini olishga qaratilgan jamoaviy tadbirlar
va dasturlarga ko'proq ahamiyat berilmoqda, Ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki,
yuqumli va epidemiologik kasalliklar qancha keyingi o’rinni egallasa, noepidemik
kasalliklar shuncha oldingi planda ko’rinib qoladi va asosiy diqqatni o’ziga
qaratadi.
Keyingi vaqtlarda o'lim tarkibida birinchi o’rinni yurak qon-tomir,
onkologik,bronx-o’pka yo'llari kasalliklari, hamda baxtsiz hodisalar,ayniqsa
avtotransport, maishiy va kasbiy shikastlanishlar egallamoqda.Keyingi vaqtlarda
olib borilayotgan tekshiruvlar ko'rsatishicha, yuqorida keltirilgan kasalliklar
ekzogen harakterga ega bo'lib, ularni oldini olish uchun salbiy ta'sir etuvchi
omillarni bartaraf qilish, sog'lom turmush tarzini shakllantirish, tabiat qo’ynida
sog'lomlashtiruvchi tadbirlarni olib borish kerak ekan. Yer yuzida texnik
jarayonlarning rivojlanib ketishi natijasida ekologiyani yomon tomonga o'zgarishi,
bu esa yuqumli bo'lmagan kasalliklarni tarqalishiga sabab bulmokda, shu tufayli
hozirgi kunda ekologik omillarga ko'proq ahamiyat berish talab etilmoqda.
Bular bir qancha olimlarning olib borgan tadqiqotlari natijalarida
tasdiqlangan.Akademik N.P.Dubinin ma'lumotiga ko'ra, atrof-muhitda 4
milliondan ortik kimyoviy moddalar mavjud va har yili 6 mingga yaqin qo’shilib
borar ekan. Faqat avtomobildan chiqadigan gazda (bular shahar atmosfera havosini
ifloslantiruvchi asosiy manbadir) sog'liqka ta'sir qiluvchi 200 dan ortiq xilma-xil
moddalar (uglerod oksidi, uglevodorodlar) va konserogenlar (oltingugurt gazi,
benzopiren, ruh va boshqalar) aniqlangan.
O’nlab, yuz minglab tonna kimyoviy moddalar, changdagi muallaq
moddalar xavoga, suvga, tuproqqa, ovqatga, so'ngra odam organizmiga tushadi.
Gigienistlar baholashicha, bizning mamlakatimiz shaharlarida 30% kasalliklar
atrof-muhitning ifloslanishidan, ularning miqdori ruxsat etilgan me'yordan 10
barovar va undan ham ortib ketganda kelib chiqar ekan.
Oxirgi yillarda aholi orasida kasallikni oldini olishda "sanalogiya" suzi keng
ishlatilmoqda.
"Sanalogiya" termini - lotincha "sanitas" suzidan olingan bo'lib, salomatlik
ma'nosini anglatadi.
Sanalogiya - salomatlik haqidagi fandir, aniqrog’i, sog'lomlar kishilarni
sog'lig'ini muhofaza qilish, mustahkamlash, yuksaltirish demakdir.
Sanalogiya jamoat salomatligini sifatini oshirishga asoslangan Sog'liqni
SAQLASh tizimini strategik konsepsiyasini ishlab chiqishga ko’maklashishi
lozim.
80 yillarda I.I.Brexman tomonidan tavsiya etilgan "Vedenie v valeologiyu"
kitobida (1987) keltirilgan "valeologiya" sanalogiya tushunchasiga yaqindir.
"Valeologiya" ko'proq ruhiy tinchlik ma'nosiga yaqin bo'lib, shaxsiy
salomatlikni anglatadi, ya'ni valeologiya - shaxsiy salomatlikni o'rganadigan fan
76
sifatida, sanalogiya esa - guruh, jamiyat va populyasiya salomatligi haqidagi fan
sifatida shakllangandir.
Sanalogiya gigienik tartib-intizom turkumiga kiradi,ya'ni odamlarning
sog'lig'ini shakllanishiga ta'sir etuvchi atrof-muhit omillariga bog’lik,valeologiya
esa atrof-muhit ko'rsatkichlari bilan baholanmaydi,chunki har bir shaxsning
kasalligi faqat atrof-muhit omillari ta'sirida emas,balki organizmning shaxsiy
rezervlarining pasayishi natijasida ham kelib chiqishi mumkin.
Sanalogiya - jamoat salomatligini, sog'lomlarni sog'lig'ini mustahkamlash va
muhofaza qilishni o’rgatish bilan birga quyidagilarni ham o’rgatadi:
1. Birlamchi,ikkilamchi kasalliklarni xavf omillarini
2. Sog'liq bilan ta'minlanganlikni
3. Turmush tarzini Sog'liqqa ta'sirini
4. Sog'lom turmush tarzini shakllantirishni, sog'lom turmush tarzi
aspektlarining rolini - tibbiy aktivlikni va boshqalarni.
Shunday qilib,sanalogiya-jamoat salomatligi,sog'lomlar salomatligini
mustahkamlashga, muhofaza qilishga, salomatlikni jamiyat boyligi sifatida tan
olishiga qaratilgan fandir.
Sanalogiya kasalliklarni kelib chiqish sabablarining (patogenezi)asosiy
qonuniyatlarini hisobga olgan holda,Sog'liqni shakllantirish yo'llari va
mexanizmini (sanogenezi) ishlab chiqadi hamda aholi salomatligiga ta'sir etuvchi
omillarni butunligicha chuqur o'rganadi.
Ko’pgina tekshiruvlar natijasiga ko'ra va maqolalarda chop etilishicha, aholi
salomatligini baholovchi omillarning:
- 50-55% i turmush tarzi va turmush sharoitiga;
- 15-20% i insonni o’rab turgan tashqi muhitning holatiga (uning tarkibi,
ifloslanganlik darajasi), ekologik fojiasiga;
- 20% gachasi - ichki, nasliy sabablarga (gen-xromosom tarkibining
dinamikasi va holati, tug’ma anomaliyalar va boshqalar);
- 10-15% i Sog'liqni saqlash tizimining holati va rivojlanish darajasiga
bog’liq.
Bu esa o’z yo'lida yanada aholi salomatliga, jumladan bolalar salomatligiga
ta'sir etuvchi salbiy omillarni bartaraf etish lozimligini va shundagina sog'lom
turmush tarzini shakllantirishga erishish mumkinligini taqoza etadi.
Sanalogiya, jamiyat salomatligini mustahkamlash va uni yaxshilash yo'lida,
kelajakdagi maqsadi strategik profilaktikani ishlab chiqishni o’z zimmasiga oladi.
Sanalogiya tarixiy tibbiyot yutuqlariga tayangan holda, kasallikni oldini
olishga qaratilgan barcha ma'lumotlarni yig’adi va ularni jamlaydi. Mashxur tabib
Gippokrat, yuzaga kelgan kasallikni davolagandan ko'ra, uni kelib chiqishini oldini
olgan osonroq,deb aytgan.Bunda faqat yuqumli kasalliklarga qarshi olib
boriladigan sanitar-oqartuv tadbirlar emas,balki kasallikni erta aniqlash va
davolash ishlari, olib boriladigan dispanserizasiya ishlari samarasi, ommaviy tibbiy
ko’riklar va aholini avtomatlashtirilgan moslamalar va apparaturalar yordamida
tekshiruvdan o’tkazish amaliyoti hisobga olinadi.
77
Umumdavlat Sog'liqni SAQLASh tizimida zamonaviy tibbiyot jarayonlariga
bog’liq holda profilaktika ishlarini o'rganish, ijtimoiy iqtisodiy sharoitni hisobga
olgan tarzda aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar
usullarini va samarali dasturini ishlab chiqish imkoniyatini yaratadi.
Bu yo'nalishda sanalogiyaning asosiy vazifalaridan biri-boshqa
mutaxassislar bilan birgalikda yaxshi ekologik sharoitlar yaratish yo'llarini izlab
topishdan iboratdir.
Birlamchi profilaktika dasturi ("Salomatlik" dasturi) tajribasi, hamda BSST
(VOZ) ishtirokidagi dasturlar va boshqa xorijiy birlashmalar ularning samarali
ekanligini ko’rsatmoqda.Masalan,yurak qon-tomir tizimi kasalliklari
profilaktikasining kooperativ dasturi,BSST tarmoqlarida 27ta mamlakat ishtirokida
ish olib borib, 10-15 yil ichida ko’pgina davlatlarda (Yaponiya, AKSh,
Finlyandiya, Kanada va boshqalar) bu kasalliklar sababli yuzaga kelayotgan
o'limni 30%, vaholanki 40%ga kamaytirdi. Bu esa umumiy o'limni 10%ga
kamayishiga olib keldi.
Shunday qilib, sanalogiyaning asosiy vazifasi - salomatlik rezervini
Do'stlaringiz bilan baham: |