G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/169
Sana26.07.2021
Hajmi1,32 Mb.
#129653
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   169
Bog'liq
qiyosiy pedagogika (1)

Ta’limda boshqaruv: muammo va yechim
Italiya  xalq  ta‘limi  tizimi  boshqaruvining  o`ziga  xosligi    haqida  gap  ketganda, 
uning  huquqiy  asoslari  va  mavjud  an‘anaviy  me‘yorlariga  e‘tibor  qaratiladi. 
Mamlakatda    uzluksiz  ta‘limning  birinchi  bo`g`inini,  ya‘ni  boshlang`ich    ta‘lim 
boshqaruvining  o`z  talablari  bor.  Bolalarni  maktabga  qabul  qilishning  o`z  shartlari 
bor.  Ya‘ni  o`qishga  ma‘lum  yilning  31  –  avgustidan  kelasi  yilning 30 - apreligacha 
6  yoshga  to`lgan  bolalar  qabul  qilinadi.    Faqatgina  maktablar  uchun  binolarning 
yetishmovchiligini  hisobga  olmaganda,  barcha  xarajatlar  davlat  tomonidan 
to`lanadi.  Kitoblar,  o`quv  qurollaridan  tortib,  to  maktab  avtobusi  va  oshxona 
xarajatlarigacha  bepul.  
Italaiyada  boshlang`ich  ta’lim  bosqichi  5  yil  davom  etadi.  Boshlang`ich  ta‘lim 
boshqaruvning ikki ko`rinishini taklif etadi: 
Klassik 
- Amodulo ( ikki  sinf uchun 3 nafar o`qituvchi yoki 3 sinf uchun 4 o`qituvchi). 
Shuningdek,  (xalq  ta‘limi  tizimida  3-5  yoshli  bolalar  uchun  majburiy 
bo`lmagan  maktabgacha  tarbiya  muassasalari  ham  mavjud).  Haftada  27-130  soat 
dars  jadvali  bo`lgan  maktablar  hamda  classi  atempo  pieno  maktablarida  bir  sinf 
uchun      2  nafar  o`qituvchi  bo`lib,  darslar  haftasiga  40  soatni  tashkil  etadi.  Har  bir 
o`quv  muassasasasi  o`z  hududidan  kelib  chiqqan  holda  boshqaruvning  tashkiliy 
tuzilishini  ishlab  chiqadi.  Maktabning  boshlang`ich  sinflarida,  odatda,  10  dan  25 
nafargacha  o`quvchi  ta‘lim  oladi.  Majburiy  maktablarda  6  –  11  yoshli  bolalar 5 yil 
boshlang`ich  maktabda  ta‘lim  olsa,  quyi  o`rta  maktabda  3  yil  ta‘lim  oladilar. 
Boshlang`ich  ta‘lim  umumiy  ta‘limning  dastlabki  bo`g`ini  hisoblanadi.  Ta‘lim 
muassasalari  va  davlat  boshlang`ich  ta‘lim  maktablari    mamlakatdagi  umumiy 
qonunlar va qonunosti me‘yoriy hujjatlar  orqali boshqariladi. 
Turli  xil  maktablarning  o`zaro  farqlari  ularning  binolari,  o`quvchilar  soni, 
sinflar  va dars jadvalining  tuzilishi  bilan  farq qilishi  mumkin.   


 
81 
Italiyada  davlat  va  xususiy  maktablar  faoliyati  teng  olib  boriladi.  O`quv 
dasturlari  bir  –  biridan  uncha  farq  qilmaydi.  1985  –  yilda  qabul  qilingan  qonunga 
muvofiq 
boshlang`ich 
maktablar 
konstitutsiyada 
belgilangan 
shaxs 
va 
fuqarolarning    ta‘lim  olish  huquqlariga  asosan  ish  ko`radi.  Ta‘lim  tizimini 
boshqarishda  fuqarolarning  erkinliklariga  qadriyat  sifatida  qaraladi  va  inson 
huquqlari  umumjahon  deklaratsiyasi  talablariga  javob beradi. 
Boshlang`ich  ta‘limning  yana  bir  asosiy  talablaridan  biri  bu  –  bolalarda 
madaniy  savodxonlikni  shakllantirishdir.    Maktablar  afsuski,  ta‘limda  amalga 
oshirilishi  ko`zda  tutilgan  barcha  vazifalarni  to`liq  bajara  olmaydi.  Shuning  uchun 
o`qituvchilar  doimo  ota  –  onalar  va  tashkilotlar  yordamiga  ehtiyoj  sezishadi.  Ular 
bilan  hamkorlikda  ish  faoliyatini  olib  borishadi.  Asosy  maqsad  o`quvchilarning 
bilim  olib,  savod  chiqarishlari  barobarida  erkin  demokratik  jamiyatda  yashashga 
o`rgatishga  qaratiladi.  Ta‘lim  tizimi  qonunchiligida  asosan  maktablar  o`ziga  xos 
yo`nalishlarga  bo`linadi  va  ulardan  o`quvchilarda  avvalo,  shaxsni  rivojlantirish, 
ularning  individual  qobiliyatlarini  hisobga  olish  talab  etiladi.  Shu  bois  maktablar 
o`quvchilarning    o`z  fikrini  shakllantirish  va  erkin  ayta  olish,  savodxonlik,  tabiiy 
fanlarni  o`rganishda  fundamental  imkoniyatlarni  yaratish  bu  borada  ta‘limda  ilmiy 
metodlarni  qo`llash,  shuningdek,  kommunikativ  uslublar  orqali  tarbiyalashga 
alohida  e‘tibor qaratadi. 
Italiyada  maktablar  2 turga bo`linadi:   
1)  scuoleparitarie   
2)   scuole private autorizzate  
 Bulardan  birinchisi  scuoleparitarie  maktablari  bo`lib,  ular  2000  –  yildan  buyon 
davlat ta‘lim  muassasasi sifatida bitiruvchilarga  guvohnoma berib kelmoqda.  
Ikkinchi  turi  esa,  scuole  private  autorizzate  maktablaridir.  Bunday 
maktablarning  o`ziga  xosligi  shundaki,  ularni  ma‘lumotga  ega  bo`lmagan, 
shuningdek,  yuridik  shaxs  bo`lmagan  o`rta maktabni bitirgan fuqarolar boshqaradi. 
Bunday maktablar  bitiruvchilarga  sertifikat  berish huquqiga ega emas. 
Shuningdek,  Italiya  ta‘lim  tizimida  anchagina  nom  qozongan  xususiy  ta‘lim 
muassasalari  mavjud.  Bular  Steynarian    maktablaridir.  2000  –  yil  11  –  sentabrda 
Italiya  ta‘lim  vazirligi  qabul  qilgan  shartnomaga  ko`ra,  bu  maktablarga  faqat 
boshlang`ich  sinflarni  tashkil  etish  uchun  ruxsat  berilgan  bo`lib,  ularda  Montessori 
metodi  bo`yicha  dars  o`tiladi  shu  bois,  bunday  sinf  rahbarlaridan    maxsus 
Montessori didaktikasi  differensial  diplomiga  ega bo`lish talab etiladi. 
Italiya  maktablarida  ko`p  miqdorda  o`qituvchilar  uchun  alohida  darsliklar  va 
yordamchi  materiallar  mavjud.  Biroq  o`qituvchilar  o`zlari  istagan  boshqa 
darsliklardan  foydalanishlari  mumkin.  Bu  esa,  natijalarning  samarali  bo`lishini 
ta‘minlaydi.    Italiya    maktabi  ta‘lim  tizimininig  boshqa  davlatlar  ta‘lim  tizimidan 
o`ziga  xos  farqli  jihatlaridan  biri  shundaki,    Italiya  maktablarida  multi  sinflar 
mavjud.    Bunday  sinflar  o`quvchilarini  turli  yoshda  bo`lgan  bolalar  tashkil  etadi. 
Ularning  soni  6  dan  12  nafargacha  bo`ladi.  Multi  sinf  o`quvchilari  birgina 
o`qituvchi  nazoratiga  topshiriladi.  Lekin  bunday  sinflar  barcha  maktablarda  
mavjud  emas.  Ular  faqatgina  tog`li  jorlarda,  aholi  juda  kam  joylashgan 
hududlardagi  maktablarda  tashkil  etiladi.  Bu  sinfda  ota  –  onalar  bolalari  bilan 
shug`ullanish  imkoniyati  bo`lmagani  yoki  boshqa  sabablarga  ko`ra  band  oilalar 


 
82 
farzandlari  tahsil  olishadi.  Maktabda  o`quv  jarayonini  tashkillashtirish  maktabning 
hududiy    joylashuvi  hisobga  olingan  holda  olib  boriladi.  O`quv yili 1  – sentabrdan 
boshlanib,  yozgi  ta‘til  30  –  iyundan  boshlanadi.  Maktab  bitiruvchilari  bitiruv 
imtihonlarini  iyul  oyida topshiradilar. 
Boshlang`ich  maktablarda  darslar  haftasiga  27  –  30  soatni  tashkil  qilsa, 
shundan  3  soati  chet  tilini  o`rganishga  ajratiladi.  Dars  jadvalini  rejalashtirish 
jarayonida  asosiy e‘tibor fanlarni  bir xil  taqsimlashga  qaratiladi. 
Umumiy  modul  tizimidagi  maktablarda  (haftada  27  soat)  haftada  5  kun 
o`qitiladi.  O`quv  jarayoni  40  soatni  tashkil  etadigan  maktablar  ham  haftasiga  5 
yoki  6  kun  ishlaydi.  Soatning  ko`pligiga  qarab  darslar  umumta‘lim  maktablar 
uchun  8:30 dan 16:00 gacha olib boriladi. O`rtadagi tanaffus uchun 30 daqiqa vaqt 
ajratiladi.  5  -  sinf  yakunida  o`quvchilar  esame  di  licenza  elementare,  ya‘ni  
boshlang`ich  ta‘limning  yakunlanishi  imtihonini  topshirishdi.  Shundan  so`ng,  

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish