G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/169
Sana26.07.2021
Hajmi1,32 Mb.
#129653
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   169
Bog'liq
qiyosiy pedagogika (1)

4.4.  Italiya ta’lim tizimi   
       Italiya Evropaning  janubida,  iliq  O`rta  dengiz  sohillarida,  Appenin  yarim  oroli 
hamda  unga  yondosh  Sitsiliya,  Sardiniya  va  boshqa  orollarda  joylashgan.  Alp 
tog`lari  Italiyani  shimoliy  shamollardan  to`sib  turadi.  Mamlakatning  ko`p  qismida 
qish  yumshoq  keladi,  yozda  esa  jazirama  issiq  bo`lmaydi.  Janubda  qishda  ham 
unchalik  sovuq  emas.  Aholisi  57820000  kishi.  Maydoni  301200  km². 
Italiya  Fransiya,  Shvetsariya,  Avstriya,  Sloveniya  kabi  yirik  mamlakatlar  bilan 
chegaradosh. Italiyada  2 ta mustaqil  davlat  Vatikan  va San Marino joylashgan. 
Eng  yirik  va  ko`hna  shahri,  mamlakat  poytaxti  – Rim.  Bu  yerda  milodgacha 
qurilgan  binolar  saqlanib  qolgan.  Mamlakat    aholisi  58  mln.  kishini  tashkil  etadi.  
Mamlakat  rasmiy  tili  –  italiyan  tili,  94%  aholisi  italyanlar.  Shuningdek,  Italiyada 
bir  qancha  boshqa  xalqlar  ham  istiqomat  qiladi: nemis - 0, 5% , albanlar - 0, 17%, 
slovenlar -  0,  12%,  katta  bo`lmagan  guruhda  yunonlar  -  0,  03%    va  fransuzcha 
so`zlashdiganlar   aholining  - 0, 03% ni tashkil  etadi.  
Hozirgi  Italiya  hududida  miloddan  avvalgi  quldorlik  davlati  –  Rim 
imperiyasi  mavjud 
bo`lgan. 

inqirozga 
yuz 
tutgach,  ko`plab  mayda 
davlatlar  vujudga  kelgan,  ularning  bir  qismini  qo`shni  mamlakatlar  egallab  olgan. 
Faqatgina  1870-yilda  Italiya  birlashdi.  Mamlakatning  yagona  davlat  bo`lib 
birlashishida  J.Garibaldi  katta rol o`ynadi.  
Italiya  rivojlangan  sanoat  markazi.  Uning  zavodlarida  avtomobil,  kema,  turli 
elektrotexnika 
va 
kimyoviy 
mahsulotlar 
ishlab 
chiqariladi. 
Italiyada 
simob,  oltingugurt,  marmar  konlari  bor, ko`mir va temir  rudasi konlari  kam. 
Italiyada  dehqonchilik  taraqqiy  qilgan.  Dehqonlar  bug`doy,  makkajo`xori, 
sholi, qand lavlagi,  uzum, limon,  apelsin, zaytun mevasi  yetishtirishadi. 
  
Italiyaning  noyob  me`moriy  yodgorliklari  va  san`at  xazinalariga  ega  bo`lgan 
ajoyib  qadimiy  shaharlari  olamga  mashhur.  Appenin  yarim  orolining  sharqiy 
sohilida Venetsiya port  shahri  bor.  Bu  shahar  118  orolda  joylashgan.  Shaharda 


 
79 
kanallar  ko`cha  vazifasini  bajaradi.  Maktab,  do`konga  qayiqda  suzib  borishga 
to`g`ri 
keladi. 
Arno 
daryosi 
sohillarida 
mamlakatning 
qadimiy 
va 
go`zal  shaharlaridan  biri  –  Florensiya  joylashgan.  Shu  shaharda  Italiyaning  shon-
shuhratini oshirgan  astronom  G.Galiley,  shoir Dante, olim va rassom Leonardo do 
Vinchi,  rassom Mikelanjelo  kabilar  yashab ijod qilgan. 
Neapol  ko`rfazining  yoy  shaklidagi  qo`ltig`i  sohilida  go`zal  Neapol  porti  o`z 
chiroyini  ko`z-ko`z  qilib  turibdi.  Ko`p  mamlakatlar  bilan  bo`ladigan  savdo 
aloqalari  shu  port  orqali  amalga  oshiriladi.  Harakatdagi  Vezuviy  vulqoni 
shaharning  hamma  tomonidan  ko`rinadi.  Neapol  ko`rfazining  o`zidagi  kichkina 
Kapri orolida qurilgan  shifoxonalar  dunyoga mashhur. 
Italiya  Evropaning  janubida  joylashgan,  markazda  O`rta  yer  dengizi  tufayli 
o`zining  geografik joylashuvi  orqali  ko`plab  asrlar  davomida  boshqa  qit`alardagi 
mamlakatlar  o‘rtasida  ko`prik  bo‘lib  xizmat  qilgan.  Turli  madaniyatlar  bilan 
sivilizatsiyalarni  birlashtirgan.   
Sardiniya va  Sitsiliya  orollari  mashhur.  Hamda  boshqa  mayda  orollarchalar 
mavjud.  Italiyaning  aksariyat  dunyoga  dong  taratgan  madaniy  va  tabiiy  merosi, 
tarixiy  obidalari  YUNESKO  ro`yxatiga  kiritilgan,  bugungi  kunda  dunyo 
sayyohlarni  o‘ziga mahliyo  qilib  kelmoqda.   
Italiyada  zamonaviy  xalq  ta‘lim  tizimi  XIX  asrning  ikkinchi  yarmida  tarkib 
topa  boshlagan.  Dastlab  1859-yilda  bolalarning  majburiy  ta‘lim  olishi  to`g`risidagi 
qonun  qabul  qilingan  bo`lib,  6-14  yoshdagi  bolalar  uchun  majburiy  8  yillik  ta‘lim 
joriy  etilgan.   
Italiyada  mavjud  majburiy  o`rta  ta`lim    14  yil.  O`qishni  boshlang`ich 
maktablarda  boshlab,  universietlarda  tugatadilar.  Xususiy  maktablar  5%  ni  tashkil 
etadi.  Mamlakatda  bugungi  kunda    davlat  mamlakatlari  bilan  bir  qatorda  diniy 
ta‘lim  muassasalari  va xususiy maktablari  ham faoliyat  olib boradi. 
Italiyada  umumiy  o`rta ta’lim quyidagi  bosqichlarni o`z ichiga oladi:                                                                                      
- boshlang`ich ta‘lim  – 5 yil                                                                  
 - birinchi  davr o`rta ta‘lim  – 3 yil 
- ikkinchi  davr o`rta ta‘lim  – 5 yil 
Xorijiy  o`quvchilar  Italiyada  o`rta  ta‘limni  faqat  xalqaro  maktablarda  yoki 
xususiy  maktab  pansionlarida  olishlari  mumkin.  Italiyada  bolalar  6  yoshdan 
maktabga  qabul  qilinadi.    Hamma  uchun  ta‘limning  1-  2-  bosqichlari  majburiy  va 
bepul.  Barcha  uchun  umumta‘lim  fanlardan  o`qish, yozish, rasm solish, arifmetika, 
musiqa majburiy  hisoblanadi. Faqat din xohishga ko`ra o`rgatiladi. 
1985  –  yilda  mamlakat  Ta‘lim  vazirligi  tomonidan  yangi  o`quv  rejasi 
tasdiqlandi.  Unga  muvofiq,  o`qitiladigan  fanlar,  xususan  italyan  tili,  chet  tili, 
matematika,  tarix,  geografiya  jamiyatshunoslik,  san‘at,  musiqa,  jismoniy  tarbiya 
asosiy  predmetlar  hisoblanadi.  Dinshunoslik  esa  qo`shimcha  fan  bo`lib,  uni  dars 
jadvaliga  qo`yish  yoki  qo`ymaslikni  ota  –  onalar  hal  qiladi.  Har  bir  fan  uchun 
maxsus  jadval  mavjud  bo`lib,  unda  fanning  mundarijasi,  maqsadi,  erishish  kerak 
bo`lgan  natijasi,  dars  berish  usuli,  boshqa  fanlar  bilan  bog`liqlik  jihatlariga  alohid a 
ahamiyat  beriladi. 


 
80 
Birinchi  ikki  yil  ichida  o`qituvchilar  o`quvchilardan  qat‘iy  intizomni  talab 
qilishadi.  Jadvalda  ko`rsatilgan  darsliklarning  maqsadlarini  o`qituvchilar  oldindan 
bashorat  qila  olishlari,  qaysi  usul  bilan  o`tilgan  amaliy  mashg`ulotlar  ko `proq 
natija  berishini  bilishi  lozimligi  talab  etiladi.  Shuningdek,  o`qituvchilarning 
kundalik  rejasining  ko`p  qismi  darslarni  o`zlashtira  olmaydigan  o`quvchilarga 
mavzuni  tushuntirish  bilan  o`tadi. 
So`nggi  paytlarda  baholash  jarayoni  Italiyada  ham  turlicha  kechmoqda. 
Avvaliga  baholash  tizimi  0  dan  10  gacha  bo`lgan  raqamlar  orqali  baholanar  edi. 
Keyinchalik  esa  ball  tizimi,  A,  V,  S,  D,  Y  harflari  bilan  belgilangan  bo`lsa, 
bugungi  kunda 4 daraja orqali  baholanadi.  Ya‘ni bu: 
-A‘lo  
-Yaxshi   
    -Qoniqarli  
 -Qoniqarsiz  

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish