Shotlandiya ta’lim tizimi.
Shotlandiya – Buyuk Britaniyaning bir qismi. Huquqiy jihatdan mustaqil
davlat. Bu mamlakatda davlatga qarashli bo‘lgan 2 313 ta boshlang‘ich, 403 ta
o‘rta maktab, shuningdek, taxminan 73-75 ta xususiy maktablar mavjud. Xususiy
maktablarda 5 % bola o‘qishadi. Bundan tashqari, 30 ga yaqin maktab-
pansionatlari mavjud.
Britaniyaning xususiy maktablari (shuningdek, Shotlandiyaning ham) ushbu
jihatlari bilan ajralib turadiki, ularda dasturlar ko‘proq yakka tartibda va rang-
barangdir, bolaning qobiliyati, qiziqishlarini rivojlantiradigan tarzda tuzilgan.
xorijliklar va xususiy maktablar uchun ingliz tilidan qo‘shimcha mashg‘ulotlar
tashkil qilinadi.
Yirik birlashgan xususiy maktab bu Shotlandiyaning Mustaqil maktab
Kengash (SCIS) bo‘lib, u maktablar to‘g‘risida va unga qabul to‘g‘risidagi
axborotlarni tarqatish bilan shug‘ullanadi. Bunda maktabning an‘anaviy ta‘lim
tizimi va ajratilgan (Shotlandiyada 12 ta qizlar maktabi va 6 ta o‘g‘il bolalar
maktabi mavjud) tipini tanlash mumkin. Shotlandiyada qo‘shma ta‘limning
ko‘plab tarafdorlari mavjud. Masalan, Avliyo Monarx kolleji mashhur qizlar
maktabi o‘rnida faoliyat yuritadi va endilikda qizlar bilan o‘g‘il bolalar birgalikda
o‘qishadi. Shuningdek, Edenburg qizlar akademiyasi ham oxirgi sinflarda o‘g‘il
bolalar bilan birlashishi mumkin.
Barcha xususiy maktablar ro‘yxatga olinishi uchun Ta‘lim va industriya
Davlat departamenti (SOEID) ga borishi shart. Mazkur tashkilotning nazoratchilari
muntazam ravishda o‘quv sifatini va shartlarini nazorat qilib turishadi. Xususiy
maktablarning ko‘pchiligida maxsus mukofot sifatida stipendiya beriladi. Bu esa,
bolalarning badiiy va sportga bo‘lgan qobiliyatlarining oshishiga olib keladi.
Shotlandiyalik bolalar maktabga 5 yoshdan 16 yoshgacha borishga majbur.
Shu bilan birga, ko‘plab bolalarga bilim berish to‘rt yoshdan boshlanadi, ya‘ni
77
ularni o‘z ota - onalari tayyorlov sinflariga (rre-school) topshirishadi. Unda rasm
chizish, raqs, matematika asoslari, o‘qish va yozish o‘rgatiladi. Har yili bunday
sinflarda 50 mingga yaqin shotlandilik bolalar o‘qishadi.
Shuningdek, 5 yoshdan 12 yoshgacha bolalar boshlang‘ich maktab (primary
school) ga qatnashadi. Unda o‘qish asoslari, yozish, matematika, informatika,
tabiiy fanlar, san‘at, din, axloq kabilar o‘rgatiladi. 15 yoshida esa maktab
o‘quvchilari ta‘lim haqidagi sertifikat Scottish Certificate of Education (SCE
Standard Gopade) uchun imtihon topshirishadi. Bu sertifikat esa Shotlandiyaning
Oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish huquqini beradi. Shunday qilib,
shotlandiyaliklar maktabni tugatib, o‘qishga topshirish 16-17 yoshida oliy o‘quv
yurti talabasi bo‘lish huquqiga ega.
Shotlandiyada kasbiy ta’lim va akademik ta’lim mavjud bo‘lib, uni
majburiy o‘rta maktabning to‘rtinchi sinfini tugatgach, egallash mumkin.
Mamlakatda 46 ta kollej faoliyat yuritadi. Ularda mexmonxona ishi, turistik biznes,
hisobchilik ishi, moliya, axborot texnologiyasi, marketing, til, dramaturgiya,
dizayn va shu singari badiiy mutaxassisliklar o‘qitiladi.
Shotlandiyada bolalarning majburiy ta‘limi 1496 yildan boshlangan.
Mamlakatda 23 ta Oliy o‘quv yurti mavjud bo‘lib, ularning eng qadimiysi Sent-
Endryus (Universitety of Andrews) hisoblanadi (1410 yilda Oksford va Kembrij
universitetlaridan keyin ochilgan).
Shotlandiya‘ning ko‘plab kollejlar talabalarining 14 ta universitetdan
birortasiga ikkinchi yoki uchinchi kurslarga o‘tkazish (o‘xshash bo‘limlarga)
to‘g‘risida kelishuvga egalar.
Statistika ma‘lumotlarga qaraganda, oliy o‘quv yurtlariga 50%
shotlandiyaliklar topshirishadi.
Mamlakatda xorijiy mamlakatlardan kelganlar va ko‘plab inglizlar (25 %
talabalar) oliy o‘quv yurtlarida tahsil oladilar.
Oliy o‘quv yurtlarining alohida guruhlarini maxsuslashtirilgan oliy
maktablar tashkil etadi. Masalan, Glazgo universitetida musiqa, Galashildz
universitetida engil sanoat kolleji mavjud.
Shuningdek, Britaniya oliy o‘quv yurti (Oren Universuty)da masofaviy
ta‘lim olish mavjud bo‘lib, unda ko‘plab rang - barang dasturlar o‘rin olgan. Unda
dunyoning turli mamlakatlaridan 12 mingga yaqin talaba o‘qiydi.
Ta‘lim olish pullik bo‘lib (oliy ta‘lim), bir-biridan farq qiladi. Uni oddiy
qilib ikkiga bo‘lish mumkin: kurslar, laboratoriyada ishlari (laboratory besed
curses) va boshqalar (non - laboratory besed curses).
Masalan, Straydklayd universitetida o‘quv kursi birinchi tip uchun 10 880
funt, ikkinchi tip uchun esa, 6290 funt qilib (yiliga) belgilangan.
Oliy o‘quv yurtlarida ta‘lim olish – 4 yil. Oliy o‘quv yurtiga topshirish
uchun arizalar sentabrdan dekabr oyigacha, ta‘lim 37-38 hafta, oktabr oyidan
iyunning o‘rtalarigacha davom etadi.
Ko‘plab oliy o‘quv yurtlarida biznes maktablari mavjud. Ayrim oliy o‘quv
yurtlari 4 yillik (ta‘lim va ishlab chiqarish amaliyotini aralashtirgan) maxsus
dasturlarni taklif qilishadi. Misol uchun, Glazgo universiteti allaqachon oliy
ma‘lumotga ega bo‘lganlar uchun dastur ishlab chiqqan. U ikki moduldan iborat:
78
universitetda o‘qish (20 hafta) va mahalliy kompaniyalarda amaliyot (stajyorlar
uchun 28 hafta). Shuningdek, ilmiy izlanishlarga ham katta e‘tibor berilgan.
Masalan, Edinburg universitetining yillik daromadi – 100 mln. funtni tashkil etsa,
250 mln. funtni yuqoridagi maqsadga sarf qiladi.
Shotlandiya universitetlarining muhim jihatlaridan biri talabalarga ish
topishda yordam berishlaridir. Buning uchun esa har bir oliy o‘quv yurtida Carers
Servise xizmati mavjud bo‘lib, u xuddi shu masala bilan shug‘ullanadi. Masalan,
Roberd Gordan universiteti rahbariyati ish bilan band bo‘lishning yaxshi
ko‘rsatkichi sifatida har bir bitiruvchining bitirishdan olti oy oldin ishga
joylashishlarini ta‘kidlashgan.
Mamlakatimiz ta‘lim sohasida ham shunday xizmat turi (ya‘ni oliy o‘quv
yurti bitiruvchilarini ishga joylashtirish) tashkil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |