G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/169
Sana26.07.2021
Hajmi1,32 Mb.
#129653
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   169
Bog'liq
qiyosiy pedagogika (1)

Litseylar 
  Umumiy  litsey.  Bu  litseyni  bitiruv  imtihonlaridan  keyin  oliy  ta‘limga  hujjat 
topshirish huquqi beriladi. 
  Texnologik  litsey.  Bu  litseyni  bitirayotgan  o‘quvchilar  texnologik 
universitetlarda  o‘z mutaxassisligi  bo‘yicha o‘qish uchun imtihon topshiradi. 
   Har ikkalasida  o‘qish 3 yil davom etadi. 
  Kasbiy  litseylar.  Bu  litseylarda  o‘qish  2  yil  davom  etadi.O‘qish  oxirida 
kasbiy  tayyorgarligi  haqida  guvohnoma  va  kasbiy  layoqati  haqida  sertifikat 
beriladi. 
O‘rta  ta‘lim  ikki  bosqichda  beriladi.  Birinchi  bosqich  (11  yoshdan  15 
yoshgacha)  4  yil  bo‘lib,  eng  kichik  sinf  6-sinf,  5,  4  o‘rta,  3-sinf  esa  katta  sinf 
hisoblanadi. Demak,  sinflarni  raqamlash yuqoridan pastga qarab amalga  oshiriladi.   
Birinchi  bosqichda  quyidagi  predmetlar  o‘rgatidi:  fransuz  tili  va  adabiyoti, 
chet  tili  (ingliz,  nemis,  ispan,  italyan  tillari),  tarix,  Fransiya  geografiyasi, 
matematika,  tabiiy  fanlar.   
Shunday  qilib,  6-5-sinflar  umumiy  o‘rta  ta‘lim  beradi:  4-3-sinflarda 
o‘quvchilarga qobiliyati  va moyilligiga  qarab bilim  beriladi.   
Birinchi  bosqich  yakunlangach,  o‘quvchilar  kasbiy  yo‘nalishlari  bo‘yicha 
guvohnoma oladilar.   
Bundan  keyin  o‘quvning  ikkinchi  bosqichi  boshlanadi.  Bu  bosqichda 
o‘quvchilar  15  yoshdan  18  yoshgacha  ta‘lim  oladilar.  O‘qish  3  yil  davom  etib  2-
sinf kichik,  1-sinf o‘rta va yakunlovchi  sinflarga  bo‘linadi.   
O‘quvchilar  umumiy  ta‘lim  va  texnik  litseylarni  tugatganlaridan  so‘ng 
bakalavr  unvoni  va  diplomi  uchun  imtihon  topshiradilar.  Ana  shunday  diplomga 
ega bo‘lganlargina  oliy  o‘quv yurtlariga  kirish  huquqini  qo‘lga kiritadilar.   


 
72 
Umumiy  ta‘lim  yo‘nalishidagi  uch  yillik  ta‘lim  litseylarida  quyidagi  fanlar 
o‘qitiladi:  adabiyot  tarixi,  ona  tili  va  adabiyoti,  lotin  tili,  chet  tili  (ingliz,  nemis, 
ispan, italyan  tillari  bo‘lishi mumkin),  tarix, geografiya,  Fransiya ekonomikasi.   
Xuddi  shu  3  yillik  bosqichli  texnik  litseylarda  uning  yo‘nalishlariga  qarab 
matematika,  fizika,  ximiya  hamda  boshqa  tabiiy  fanlar  o‘qitiladi.  Shunisi  diqqatga 
sazovorki,  o‘quvchining  bu  bosqichda  chet  tillarni  o‘rganishiga  katta  e‘tibor 
beriladi.  Talab,  o‘qishni  tugatgach,  o‘quvchilar  kamida  2  ta  chet  tilini  mukammal 
bilishlari  shart.  
O‘quvning  bu  bosqichini  guvohnoma  bilan  tugallagan  o‘quvchilar  oliy 
maktab  sanalmish  institutlar  va  universitetlarga  imtihonsiz  kirish  imkoniyatiga  ega 
bo‘ladilar.  
Lekin  hamma  oliygohlarga  ham  imtihonsiz  kirib  bo‘lmaydi.  Talabalar  oliy 
pedagogika  instituti,  politexnika  instituti,  oliy  ma‘muriy  maktablarga  kirish 
imtihonlari  bilan  qabul  qilinadilar,  ularning  shu  kasbga  moyilligi  ham  alohida 
sinab ko‘riladi.   
Oliy  ta‘limga  faqatgina   bakalavriat  litseyini  tugatgan  talabalar  qabul qilinadi 
Fransiyadagi  oliy  ta‘lim  2 turga ajratiladi:   
 
─ universitet; 
 
─ oliy  maktab. 
Davlatdagi  79  ta  universitetning  asosiy  qismi  ko‘p  yo‘nalishli,  ammo  ba‘zilari  bir 
yoki ikki  mutaxassislik  bo‘yicha  o‘qitadi. (Parij II: huquq va iqtisodiyot) 
Fransuz ta‘lim  tizimi  davom etishiga  ko‘ra:  
•  Qisqa  muddatli  ─    2  yil  davom  etadi.  Bunday  o‘qishlarga  dose  bo‘yicha 
qabul  qilinadi,  chunki ish joylari kam, xohlovchilar esa ko‘p. Qisqa muddatli 
ta‘limning  maqsadi  ─  oz  vaqt  oralig‘ida  kasbiy  bilimlarga  ega  bo‘lish  va 
ishga joylashishdir.   
•  Uzoq  muddatli  ─  bakalavrlarning  yarmi  universitetlarda  o‘qiydi,  ammo 
40%i bir yil  ichida u yerni  tark etadi. U 3 bosqichdan iborat: 
•  1.  2  yil  davom  etib,  umumiy  ta‘lim  bo‘yicha  universitet  diplomi  qo‘lga 
kiritiladi. 
•  2.  1  yil  davom  etib,  litsenziya  olinadi.  Shuningdek,  metris  (ixtisoslashish) 
yana, 1 yil. 
•  3.  O‘z ichiga ta‘lim  hamda amaliyotni  oladi va 1 yil  davom etadi.  

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish