G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


Tinchlik korpusining uch maqsadi



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/169
Sana26.07.2021
Hajmi1,32 Mb.
#129653
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   169
Bog'liq
qiyosiy pedagogika (1)

Tinchlik korpusining uch maqsadi:  
1.  Muhtoj  mamlakatlar  va  ularning  fuqarolariga  yuqori  malakali  mutaxassislar 
bilan  yordam berish;  
2.  Jahondagi  boshqa  mamlakatlar  va  odamlarning  AQSH  va  uning  odamlarini 
yaxshiroq tushunib olishiga  ko‘maklashish;   
3.  Amerikaliklarga  ba‘zi  mamlakatlar  va  uning  kishilarini  yaqindan 
tanishtirish.  Shu  asosda  insonlarning  bir-biriga  yaqinlashuvini  ta‘minlashdan 
iboratdir.  
             Tinchlik korpusining ish faoliyati.  
Chet  ellarda  ko‘ngillilarni  qo‘llab-quvvatlash  maqsadida  ofislar  tuzilib,  unga 
vakolatli  rahbar  tayinlanadi.  Ko‘ngillilarga  shaxsiy  yordam,  nazoratchi,  rahbarning 
bir  nechta  texnik  jihatdan  assistentlari  xizmat  qiladi,  o‘sha  hududda  profilaktik  va 
tibbiy yordam ko‘rsatiladi.  
Ko‘p  mamlakatlarda  Tinchlik  Korpusi  ikki  tomonlama  bitim  asosida  ishlaydi. 
Bitimning  asosiy  punktlari  huquqiy  holatga  tegishli  ko‘ngillilarni,  Amerika 
Qo‘shma  Shtatlari  xodimini,  shuningdek,  faoliyat  ko‘rsatayotgan  mamlakat 
munosabatlarini  qamrab oladi.  
Qabul  qilayotgan  mamlakatning  rasmiy  shaxslar  bilan  muzokaralari, 
kutilayotgan  dasturlar,  ko‘ngillilarni  taqsimlash,  uy-joy  va  boshqa  narsalar  bilan 
ta‘minlashga  oid  masalalar  Tinchlik  Korpusi  dasturining  bajarilishiga  yordam 
beradi.  
1992  yilning  4  noyabrida  Toshkent  shahrida  O‘zbekiston  Respublikasi  va 
Qo‘shma  shtatlar  Tinchlik  Korpusi  davlatlararo shartnomasiga imzo chekdilar. Shu 
yili  respublikamiz  hukumati  Tinchlik  Korpusi  ko‘ngillilarni  oliy  va  o‘rta  o‘quv-
yurtlarida  ingliz  tilidan  dars  berishga,  shuningdek,  kichik  biznesni  rivojlantirishda 
yordam berishga taklif  qildi.   
1992  yilning  20  dekabrida  Toshkentga  boshlang‘ich  uch  oylik  o‘qish  uchun 
54  nafar  ko‘ngilli  xizmatchilar  kelishdi.  Bu  davr    mobaynida  ular  rus  va  o‘zbek 
tillarini,  o‘zbek  madaniyati,  o‘z  sohasi  dasturini  o‘rganishdi.  Umumiy  tabbiy 
tayyorgarlik  bo‘yicha  mashg‘ulotlarga  qatnashishdi.  Tayyorgarlikni  muvaffa- 
qiyatli  o‘tagach, 1993 yil  mart oyida viloyatlardagi  ish joylariga  kelishdi.   


 
45 
Tinchlik  Korpusining  bapcha  ko‘ngillilari  oliy  ma‘lumotlidir.  Ko‘pchiligi  boy 
ish  tajribasiga  ega,  asosiy  maqsadi  —  o‘zbek  xalqiga  yordam  ko‘rsatishdir. 
Ko‘ngillilarni  qabul  qilgan  tashkilot  va  muassasalar  har  bir  xizmatchini  uy-joy,  ish 
va  ijtimoiy  va  kasbiy  qulayliklar  bilan  ta‘minlaydi.  Ular  shu  mamlakatdagi 
hamkasblari  bilan  turli  masalalar  ustida  birgalikda  ish  olib  borishadi.  Ko‘ngillilar 
mazkur  mamlakat  pulida  maosh  olishadi.  Bu  maosh  oziq-ovqat,  transport  va 
boshqa  zarur  xarajatlarga  sarflanadi.  Nafaqa  miqdori  mahalliy  hamkasblarining 
maoshiga teng bo‘ladi. 
 Tinchlik  Korpusi  O‘zbekistonda  ikkita  dasturni  amalga  oshira  boshladi. 
Bular:  kichik  biznes  va  metodik  manbalar  asosida  ingliz  tilini  o’qitishni 
takomillashtirishdir.  Kichik  biznesni  rivojlantirish  dasturining  asosiy  vazifasi  erkin 
bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  sharoitida  mamlakat  ish  kuchlarini  qo‘llab-
quvvatlashdan  iborat.  Bu  soha  maslahatchilari  marketing,  bozor  tahlili,  moliyaviy 
rejalashtirish,  byudjet,  buxgalteriya  hisobi,  bank  va  axborot  tizimlari  bo‘yicha  ish 
tarjibalariga  egalar.  Tuzilgan  shartnomaga  muvofiq,  maslahatchilar  bepul  xizmat 
ko‘rsatishadi.  Bu  dastur  ikkita  sohada  —  xususiylashtirish  va  xotin-qizlarni 
biznesda jalb  etishdan iborat.  
 Metodik  manbalar  asosida  ingliz  tilini  o‘qitish  dasturining  asosiy  maqsadi 
esa quyidagicha: 
 Birinchidan,  zamonaviy  usul  bo‘yicha  tayyorgarlikni  o‘tagan  amerikalik 
o‘qituvchining  maktab  o‘qituvchilari  va  oliy  o‘quv  yurti  talabalariga  yuqori 
saviyada dars berishiga erishish; 
 Ikkinchidan,  ingliz  tili  o‘qituvchilarining  nutq  va  texnik  malakasini  oshirish, 
pedagogik  materiallarni  puxta  egallashda  oliy  va  o‘rta  maxsus  ta‘lim  hamda  xalq 
ta‘limi  vazirliklariga  yordam berish; 
 Uchinchidan,  ko‘ngilli  ingliz  tili  o‘qituvchilari  o‘z  mahalliy  hamkasblariga 
kasb bo‘yicha axborot almashish birlashmasini  tashkil  etishga qaror qildilar.   
 

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish