G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/169
Sana26.07.2021
Hajmi1,32 Mb.
#129653
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   169
Bog'liq
qiyosiy pedagogika (1)

                                            
III  BOB.  JAHON  MAMLAKATLARIDA    TA’LIM  TARAQQIYOTINING 
AYRIM MASALALARI 
 
                        3.1.   Ta’limni isloh qilishda o’quv dasturlarining ahamiyati 
 


 
46 
    Vatanimizda 
ta‘lim 
tizimi 
keng 
qamrovli 
islohotlarni 
hamda 
texnologiyalashtirish  ishlarini  amalga  oshirishdek  murakkab  jarayonni  boshidan 
kechirmoqda. 
Ulardan 
ko‘zda  tutilgan  maqsad  –  maktab  faoliyatini 
demokratlashtirish,  uning  insonparvarlik  tamoyillarini  rivojlantirish,  shu  asosda 
o‘quv-tarbiya  ishlari  mazmunini,  uning  shakl  va  uslubini  kompleks  yangilash  va 
yanada  takomillashtirishdan  iboratdir.  Bu  vazifalarni  muvaffaqiyatli  hal  qilishning 
muhim  shartlaridan  biri  chet  el  maktabi  va  pedagogikasi  tajribalariga  munosabatni 
tubdan o‘zgartirishdan iborat ekanligini  hayotning  o‘zi taqozo qilmoqda.  
Bu  tajribalarni  sinchkovlik  va  qunt  bilan  o‘rganish  orqali  biz  ta‘limda  xato  va 
yanglishishlardan,  shubhali  xulosalardan  o‘zimizni  saqlashimizdan  tashqari, 
ta‘lim-tarbiyada  qotib  qolgan,  eskirgan,  o‘z  dolzarbligini  yo‘qotib  borayotgan  ish 
shaklli  va  uslublaridan  tezroq  xalos  bo‘lish  bilan  birga,  uni  munosib  tarzda 
yangilashda  qo‘shimcha boy manbalarga ham ega bo‘lamiz.  
Shuni  e‘tirof  etish  kerakki,  rivojlangan  mamlakatlarda  ta‘lim  sohasida  ulkan 
o‘zgarishlar  sodir  bo‘layotgan  bir  davrda,  bizda  ta‘lim  mazmunini  yangilash,  uni 
boshqarish,  innovasion  texnologiyalarni  maktab  hayotiga  tatbiq  etishda  qator 
muammolar  mavjud.  
Ta‘lim-tarbiyada  samarali  islohotlarni  amalga  oshirish  talab  etilayotgan 
hozirgi  davrda    ilmiy-texnika  taraqqiyoti,  yangi  pedagogik  texnologiyalarni  joriy 
qilish    sharoitida  muvaffaqqiyatli  faoliyat  ko‘rsata  oladigan,  jamiyat  a‘zolarini 
yetishtirib  berish,  yosh  avlodni  kasb-hunarga  yo‘naltirishda  davlat  xizmatini 
hamda  o‘rta  ta‘limning  ko‘p  variantli  uchinchi  bosqichini  joriy  etish,  ta‘lim 
mazmunini  yaxshilashda  pedagogik  vositalarni  qo‘llash,  ta‘limda  tashabbuskorlik 
va  ijodkorlikka  keng  yo‘l  ochish,  uning  muhim  tizimlarini  yaratish  kabi  chet  el 
tajribalarini  o‘rganish ayni  muddaodir.  
Rivojlangan  xorijiy  davlatlarda  ta‘limniig,  mamlakat  ichki  siyosatiga  faol 
ta‘sir  etadigan  ijtimoiy  jarayon  ekanligi,  e‘tirof  qilingan  haqiqatdir.  Shu  tufayli 
chet  mamlakatlarda  maktab  ehtiyojini  iqtisodiy  ta‘minlashga  ajratilayotgan 
mablag‘ miqdori yildan-yilga  oshib bormoqda.  
Jumladan,  yaponlarda,    ―maktab  muvaffaqiyat  va  farovonlik  timsoli‖gina 
bo‘lib  qolmay,  ―u  insonlarni  yaxshilaydi‖,  degan  fikr  –  ishonch  va  e‘tiqodga 
aylangan.   
Ta‘lim  to‘g‘risidagi  g‘amxo‘rlik  taniqli  siyosatchilarning  ham  hamisha  diqqat-
e‘tiborida  bo‘lgan.  Shuning  uchun  AQSHning  sobiq  Prezidenti  R.  Reyganni, 
Buyuk  Britaniya  Bosh  vaziri  M.  Tichcherni,  Fransiya  Prezidenti  F.  Mitteranlarni 
maktab  islohotining  tashabbuskorlari  deb,  bejiz  aytishmaydi.  F.  Mitteran  maktabni 
―Jamiyatni  harakatlantiruvchi  kuchi‖  deb hisoblagan.  
Rivojlangan  mamlakatlarda  pedagogik  tadqiqotlarni  amalga  oshiradigan  ko‘p 
sonli  ilmiy  muassasalar  ishlab  turibdi.  Germaniyada  ularning  soni  2  mingdan  ortiq. 
Fransiya,  AQSH,  Yaponiyada  ta‘lim-tarbiya  nazariyasi  muammolari  bilan  yuzlab 
davlat  va  xususiy  tashkilotlar,  universitet  va  pedagogik  tadqiqot  markazlari 
shug‘ullanmoqda.  Ular  faoliyatini  esa  xalqaro  ta‘lim  markazlari,  masalan, 
AQSHda  xalqaro  ta‘lim  instituti  muvofiqlashtirib  boradi.  Ko‘pchiligining  faoliyati 
o‘quv dasturini takomillashtirish  va qayta ko‘rishga qaratilgan.   


 
47 
Maktab  dasturlarini  o‘zgartirish  ikki  asosiy  yo‘nalishda:  ekstensiv  va  intensiv 
usul  bilan  amalga  oshiriladi.  Birinchi  holatda  o‘quv  muddati  uzaytiriladi,  o‘quv 
materiallari  hajmi  ko‘paytiriladi;  ikkinchi  holda  esa  mutlaqo  yangi  dastur 
yaratiladi.  Bu  o‘rinda  ikkinchi  yo‘l,  ko‘pchilik  mutaxassislarning  e‘tiroficha, 
maqbul hisoblanadi. 
 1961  yilda  ―Bosh  yangi  bazi‖»  tamoyillari  asosida  AQSH  o‘rta  maktablarini 
isloh  qilish  boshlangan  edi.  Buning  mohiyati  shundaki,  ingliz  tili  va  adabiyoti 
(to‘rt  yil),  matematika  (to‘rt  yil),  tabiiy  bilimlar  (uch  yil),  ijtimoiy  fanlar  (uch  yil), 
kompyuter  texnikasi  (yarim  yil)  kabilardan  iborat  besh  yo‘nalishdagi  majburiy 
ta‘lim  joriy  qilindi.   
Har  bir  yo‘nalish  o‘z  navbatida  bir  necha  qismga  bo‘linadi.  Masalan, 
matematika, 
algebra, 
trigonometriya, 
ish  yuritish,  kompyuter  texnikasini 
qo‘llashdan  iborat.  Barcha  majburiy  predmetlar  tarkibiga  yangi  kurslar  kiritildi. 
1985  yildan  e‘tiboran  barcha  yuqori bosqich kollejlarining 90 foizi shu besh bazisli 
tamoyil  asosidagi  dastur  bilan  ish  olib  boradi.  Natija:  majburiy  tayyorgarlik 
bo‘yicha  ta‘lim  hajmi  qisqardi,  shu  bilan  bir  qatorda  dastur  chuqurlashtirilib 
o‘rganiladigan  kurslar hisobiga tig‘izlashdi.   
XX  asrning  80-yillarida  majburiy  ta‘lim  hajmini  qisqartirish  jarayoni  yanada 
chuqurlashtirildi.  Hatto,  ayrim  kollejlarda  bu  sohada  uch  yangi:  ingliz  tili  va 
adabiyoti,  matematika,  ijtimoiy  bilimlar  bazislari  asosida  ish  olib  borilmoqda. 
Ta‘limning  boshqa  turlari  esa  ixtisoslashtirish  davrigacha  amalga  oshiriladigan 
bo‘ldi.  
Amerikadagi  ko‘zga  ko‘ringan  ―Found  Karnegi‖  pedagogik  markazi  bu 
dasturni  XXI  asr  dasturi  deb  baholadi.  O‘quv  dasturlarini  qayta  qurish  jarayoni 
G‘arbiy  Yevropa  davlatlarida  ham  amalga  oshirildi.  Masalan,  Buyuk  Britaniyada 
ta‘lim  vazirligining  tavsiyasiga  muvofiq  o‘quv  rejasi  va  dasturini  ta‘lim 
muassasasining  o‘zi belgilaydi.   
Mazkur  tavsiyalarga  muvofiq  50  foiz  o‘quv  soatlari  o‘qitilishi  shart  bo‘lgan 
―yadro‖  predmetlar:  ingliz  tili  va  adabiyoti,  matematika,  din  darsi,  jismoniy 
tarbiyaga  ajratiladi.  O‘quv  soatlarining  boshqa  qismi  esa  o‘qitilishi  shart 
hisoblanib, 
tanlab 
olingan 
predmetlarga 
(gumanitar, 
tabiiy, 
matematik 
mazmundagi)  ajratiladi.   
XX  asrning  80-yillardan  boshlab  Buyuk  Britaniyada  ham  AQSHdagi  singari 
o‘rganilishi  majburiy  bo‘lgan  fanlar  doirasi  kengaytirildi.  Ingliz  tili  va  adabiyoti, 
matematika  va  tabiiy  fanlar  o‘quv  setkasining  yadrosini  tashkil  etadigan  bo‘ldi. 
Qolgan predmetlarni  tanlab olish o‘quvchilar va ota - onalar ixtiyoridadir.   
―Yangi  dunyo‖ning  pedagogik  g‘oyalari  Fransiya  va  Germaniya  ta‘limiga 
ham sezilarli  ta‘sir ko‘rsatdi.  
Germaniya  to‘liqsiz  o‘rta  maktablarida  asosiy  predmetlar  bilan  bir  qatorda 
tanlab  olinadigan  ximiya,  fizika,  chet  tillari  kiritilgan  o‘quv  dasturlari  ham  amalga 
oshirilyapti. Bu o‘quv dasturi tobora to‘liqsiz o‘rta maktab doirasidan chiqib, o‘rta 
maktablar  va gimnaziyalarni  ham qamrab olmoqda.  
Fransiya  boshlang‘ich  maktablarida  ta‘lim  mazmuni  ona  tili  va  adabiyoti 
hamda  matematikadan  iborat  asosiy,  tarix,  geografiya,  aholishunoslik,  tabiiy fanlar, 
mehnat  ta‘limi,  jismoniy  va estetik  tarbiya kabi yordamchi predmetlarga  bo‘linadi.  


 
48 
Yaponiya  maktablari  ikkinchi  jahon  urushidan  keyin  Amerika  ta‘limi  yo‘lidan 
bordi.  Shunga  qaramay,  bu  ikki  mamlakat  o‘quv  dasturida  bir  qator  farqli  jihatlar 
ko‘zga  tashlanadi.  Yaponiyada  o‘quv  dasturlari  jiddiy  murakkablashtirilgan,  asosiy 
fanlar  majmui  ancha  keng,  bir  qator  yangi  maxsus  va  fakultativ  kurslar  kiritilgan. 
Masalan,  umumiy  ta‘lim  maktablarining  yangi  musiqa  ta‘limi  o‘quv  dasturiga 
milliy  va  jahon  mumtoz  musiqasini  o‘rganish  ham  kiritilgan.  Yapon  xalqida 
―Hamma  narsa  unitilganda  ham  ta‘lim  esda  qoladi‖  degan  hikmatli  gap  bor. 
Bundan  ko‘rinadiki,  rivojlangan  davlatlarda  o‘quv  dasturining  rivojlanishi  mana 
shu yo‘nalish asosida qurilgan.  
Asosiy  o‘quv  dasturlariga  ma‘lum  cheklanishlarni  kiritish,  alohida 
predmetlarni  o‘rganishni  kuchaytirib,  ularni  chuqur  o‘zlashtiradi  va  o‘quvchilarni 
ortiqcha  ―yuk‖dan  xalos  qiladi.  Bu  masalani  ijobiy  hal  etishda  o‘quv  kurslari 
integratsiyasini  amalga  oshirish yordam beradi.  
Bunga  yorqin  misol:  o‘tgan  asrning  60-80  yillarida  tabiiy-ilmiy  ta‘lim  dasturi 
tarkibiga  fizika,  ximiya,  biologiya,  ba‘zi  hollarda  astronomiya,  geologiya, 
mineralogiya,  fiziologiya,  ekologiya  elementlari  kiritilib,  u  AQSH  va  Fransiyada  4 
yil,  Buyuk  Britaniyada  6  yil,  Germaniyada  2  yil  o‘qitildi.  O‘quv  predmetlarini 
integratsiyalash  jarayonida  yangi-yangi  kurslar  paydo  bo‘la  boshladi.  Fransiyada 
XX  asrning  70-80  yillarida  to‘liqsiz  o‘rta  maktablar  o‘quv  dasturidagi  tabiiy-ilmiy 
va gumanitar  siklga  eksperimental,  iqtisodiy, iqtisodiy gumanitar  kurslar  kiritildi.   
Hozirgi 
kunda 
rivojlangan 
mamlakatlar 
o‘quv 
dasturiga 
integratsiyalashtirilgan  kurslarni  kiritish  to‘la  amalga  oshirildi.  Fransiya 
maktablarida  ularga  6-10  foiz,  Buyuk  Britaniya  maktablarida  15  foiz  o‘quv soatlari 
ajratildi.   
 

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish