xizmat qiluvchi asosiy omillardan biri, bu so‘nggi yillarda yurtimizda erkin
iqtisodiy zonalar - “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi, «Angren» va
«Jizzax» erkin iqtisodiy zonalarining tashkil etilishi va Prezidentimizning
chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozorlarda yangi eksportga yo‘naltirilgan
mahsulotlarni o‘zlashtirishiga imkon berdi va investorlar faoliyatining yanada
kengayishi uchun qo‘shimcha shart-sharoit va qulayliklar yaratdi. Asosan, bular
elektrotexnika sanoati hamda boshqa yuqori texnologik sanoat ishlab chiqarish
bo‘lgan xom-ashyo va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish eksportga
mo‘ljallangan mahsulotlar ko‘lamini oshirishga, zamonaviy sanoat ishlab chiqarish
quvvatlarining tashkil etilishi yangi ish o‘rinlari barpo etilishiga, bandlik
darajasining yuqori bo‘lishiga va pirovordida aholi farovonligining oshishiga olib
67
Bunday iqtisodiy zonalarni tashkil etish natijasida hudud iqtisodiyotining
rivojlanishiga katta yordam bermoqda. Yildan – yilga hududlarda jahon brendidagi
turli xil mahsulotlarning ishlab chiqarilayotganini aytishmiz mumkin. Hozirgi
kunda Navoiy erkin iqtisodiy zonasida hududida yangi korxonalar tashkil
etilmoqda, natijada har bir korxona 250 ta yosh kadrni ish bilan ta’minlash maqsad
qilinmoqda. Bundan tashqari Jizzax erkin iqtisodiy zonasi hududida Fransiyaning
“Pejo Sitroen” va “O’zavtosanoat” AK o’rtasida yengil tijorat avtomobillarini
ishlab chiqariladi. Zavod “Peugeot” va “Sitroen” brendlari ostida yo’lovchi va yuk
tashishga mo’ljallangan yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishga
ixtisoslashtiriladi.
Dunyoda nom qozongan bunday kompaniyalar bilan olib borayotgan
hamkorligimiz
qisqa
vaqt
ichida
iqtisodiyotimiz
tarmoqlarini
tubdan
modernizatsiya qilish, mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish va uning turini
ko‘paytirish, jahon bozorlariga raqobatdosh yangi mahsulotlar bilan chiqish
imkonini bermoqda.“Navoiy”, “Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy zonalarini
tashkil etish hisobidan chet ellik investorlar bilan yo‘lga qo‘ygan hamkorligimiz
o‘zining yuksak samarasini ko‘rsatmoqda.
Eng muhimi, O‘zbekistonda mahalliy va chet ellik investorlar nafaqat
mablag‘ sarflab, daromad olmoqda, balki korxonalarni birgalikda boshqarmoqda,
xorijlik muassislar qo‘shma korxonaga, avvalo, ilg‘or texnologiyalarni olib
kirmoqda, ishlab chiqarishni zamonaviy asosda tashkil etish va boshqarishni joriy
qilmoqda.
Bu boradagi tajriba hamkorlikning aynan mana shu shakli eng ko‘p samara
berayotgani va eng yaxshi istiqbolga ega ekanini ko‘rsatmoqda.